Kundalik
30 avgust 2016

Karimov davri, o‘limining rasmiy tasdig‘i yo‘qligiga qaramay tugadi

Kecha, 29 avgust kuni, qator internet nashrlari, O‘zbekiston prezidentining o‘limi haqidagi xabarni chop qildi, jumladan biz ham. Hozirga qadar mamlakat prezidenti o‘limi haqidagi xabarning na tasdig‘i, na rasmiy raddiyasi bildirilgani yo‘q.

Rossiyaning RIA Axborot agentligi “prezident mahkamasi”dagi nomsiz manbadan iqtibos ketirib, Karimov “ilgarigidek shifoxonada qolayotgani, uning o‘limi haqidagi xabar haqiqatga muvofiq emas»ligini bildiradi.

Karimov salomatligining ahvoli haqida rasmiy ma'lumotning yo‘qligiga qaramay, ko‘p sonli ekspertlar, uning siyosiy o‘lik ekani va har qanday sharoitda mamlakat ustidan hokimiyatni saqlab qola olmasligini aytishmoqda.

“Karimov tirik yoki o‘lgani, allaqachon hech bir ahamiyatga ega emas. Siyosiy ma'noda u allaqachon murda, chunki o‘zining qartaygan yoshida va insultdan so‘ng o‘z prezidentlik vakolatlariga, yaqin kelajakda ham, uzoq istiqbolda ham qayta olmaydi. Bu degani, kecha allaqachon, shifokorlar tashxisidan so‘ng, Konstitutsiyaning 96-moddasi harakatga keltirilishi lozimligini anglatadi. Nima uchun bu ish qilinmadi? Nima uchun Oliy Majlis Senati chaqirilmadi? U allaqachon tanaffussiz rejimda muzokara olib borishi lozim edi.

Agar 96-modda harakatga keltirilmagan bo‘lsa, buni aksil-konstitutsion qadam deya atash mumkin xolos. Ha, muayyan vaziyatlarda harakatsizlik ham qonunga qarshi jinoyat sifatida ko‘riladi. Agar Senatning o‘z vakolatini bajarishiga to‘sqinlik qilingan yoki unga prezidentning ahvoli haqida yetarli darajada xabar berilmagan bo‘lsa, u holda bu mavjud qonunga qarshilik, ya'ni jinoyat deya hisoblanadi.

Boshqa so‘z bilan aytganda, ko‘pchilik hozir, prezident o‘likmi yoki tirikmi degan gap bilan ovora bo‘lib qoldi, aslida ular mamlakatning uch kundirki konstitutsion-huquqiy vakuumda qolayotgani va davlatning legal raxbari yo‘qligiga diqqat qilishlari lozim edi”, – deya yozdi Sharq tadqiqotlari maktabi va afrikanistika London universiteti ilmiy xodimi Alisher Ilhomov.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
5 mart 2019
O‘zbekiston TV kanallaridan «Abdulhamid» serialining olib tashlanishi turk seriallariga qarshi qatlamni tag‘in qo‘zg‘adi. Bu safar ular serialning olib tashlanishidan ...
13 mart 2020
Hafta aylanib, yana sizlar bilan yuzma-yuz bo‘lganimdan mamnunman, azizlar. Hafta ichida kim qadri uchun, yana kimdir qorni uchun yig‘ladi. Kimdir ...
2 mart 2021
“Qizlarim qaerdaligini bilmayman. Xotinim esa kechalari bilan uxlay olmaydi. Men g‘amga botdim”. O‘n minglab odam qatori Xitoyning “qayta tarbiyalash ...
21 mart 2019
Sharqning ko‘pgina mamlakatlarida Navro‘z bayrami sifatida nishonlanadigan 21 mart yilning kun va tun teng keluvchi sanasi hamdir. Bu kun ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...