Samarqand Karimov janozasiga tayyorlanmoqda
Miyasiga qon quyulgani aytilgan Islom Karimovning tug‘ilgan uyidan 100 metr naridagi Chorraxa masjidi bo‘ladigan muhim tadbir – dafn marosimi uchun hozirlanmoqda.
Shaharning Siyob qismi o‘rab olingan. Marmar va boshqa qurilish maxsulotlari tashiyotgan mashinalarni kuzatish mumkin. Registonga odam kiritilmayapti. Shahar favqulloda holatga keltirilgan.
Barcha ishlarga Bosh vazir Shavkat Mirziyoev boshchilik qilayotgani aytildi.
Ozarbayjon soati portali esa prezidentning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga tayanib Islom Karimovning 1 sentyabr kuni o‘lganligini bildirdi.
Yana “Eltuz” ma'lumotlariga ko‘ra¸ O‘zbekistondagi yuzlab mulozimlar payshanba kuni Samarqandga kelgan.
Toshkentdagi militsiya xodimlari Samarqandga safarbar qilingan.
Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, Karimov shanba 3 sentyabr kuni dafn qilinadi. Feysbukdagi Zdorovya Karimovu guruhida yozilishicha Karimov raasman o‘lgan. Ma'lum bo‘lishicha, Karimov qon aylanishini ta'minlovchi mashinadan 1 sentyabr kuni ajratilgan. Bundan Oldin Eltuz Karimovning o‘lgani haqida ma'lumot bergan edi
Hukumat manbalari hamon sukut saqlamoqda
28 avgust kuni, o‘zbek hukumati ilk bor prezident Karimov sog‘lig‘ining yomonlashgani haqida xabar tarqatdi.
«Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, to‘liq tibbiy ko‘rik va davolanish jarayoni uchun muayyan vaqt talab etiladi» deyilgan edi bildirishda.
Biroq, insultning beshinchi kuni ham prezident atrofidagilari uning ahvoli haqida biror rasmiy axborot berishgani yo‘q.
Islom Karimov mamlakatga 1989 yil Kreml tomonidan tayinlangan kundan buyon hukmronlik qilib keladi. Karimov davrida mamlakatda so‘z erkinligi cheklandi, inson huquqlari buzildi, muxolifat qatag‘on qilindi.
Eltuz.com