Asosiy mavzular
14 aprel 2024

Paralimpiya qo‘mitasi davlat pulini o‘marmoqda

2016 yili Rioda, 2020 yil Tokioda bo‘lib o‘tgan Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi Nozimaxon Kayumova Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi tomonidan disfilifikatsiya qilindi.

Chunki u 2016 yil Dubayda bo‘lgan Xalqaro Gran prida doktordan o‘ta olmagan. Keyin Toshkentda pasporti Nozima Qayumovadan Nozimaxon Kayumovaga o‘zgartirilib, bosh murabbiy (Sardor Abduhalikov boshchiligida) Xitoyda bo‘lgan Gran prida shifokor ko‘rigidan o‘tib ketgan. 2016 yil Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan. 2021 yil klassifikatorlar Toshkenga chaqirtirilib, hamma soxta sportchilar qatori Nozima ham shifokordan o‘tgan. Keyin esa Tokio Paralimpiadasi g‘olibiga aylangan.

Endi esa Milliy Paralimpiya qo‘mitasi obro‘sini yo‘qotmaslik maqsadida Nozimaxon Kayumova homilador, u sportni tashladi deb hammaga ma'lum qilyapti. Murabbiyi har doimgidek o‘sha Sardor Abduhalikov. Ismi sir qolishini istagan mulozimlardan biri bosh murabbiy S.Abduhalikov Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Toshxodjaev o‘rniga davogarlik qilayotgan bo‘lishi, shuning uchun u hamma sirlarni oshkor etib, rais ishdan ketsa, o‘rniga o‘tirishni rejalashtirgan bo‘lishi mumkin, deya aytdi.

Tez orada IPC Xalqaro paralimpiya qo‘mitasida bu soxta sportchi va uning murabbiyi haqida maqola chiqaradi. Paralimpiya qo‘mitasi 2019 yil davlatning 200 ming dollar pulini o‘margan Sardor Abduhalikovga hech narsa qila olmagan. Chunki u ishni sobiq rais Umid Ahmadjanovga to‘nkab vaziyatdan silliq chiqib ketdi. Sportchiga 2 ta olimpiadada mashina, uy, har bir medal uchun 200 ming AQSh dollari, murabbiyi uchun 40 ming AQSh dollari berilgan. Bundan tashqari, o‘quv mashg‘ulotlariga yaxshigina oylik yozilgan. Ma'lumot o‘rinda aytib o‘tish joiz, oltin medal uchun sportchilar har oy 15-20 million oylik olishadi. Davlatni besabab ketgan mablag‘lariga javob berishdan qochib uni boshqa bir oddiyroq murabbiyga yuklamoqchi. Tez bir chora ko‘rilmasa, davlatning pullari mana shunday o‘marilaveradi.

Tag‘in o‘qing
3 iyul 2020
Hafta aylanib yana sizlar bilan yuzlashganimdan mamnunman. Suhbati chor – anda mazza bor, deyishadi. Sizlar esa yuz minglarsiz. Shuncha ...
2 sentyabr 2016
Konstitutsiya chekloviga qaramasdan 27 yil prezidentlik lavozimida o‘tirgan Islom Karimov dafn qilinar ekan, undan keyin kim bo‘ladi degan savol ...
22 iyun 2020
Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida 15 iyun kuni ochilgan “Oq kema” bolalar oromgohi O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi byudjeti, ya'ni ishchi-xizmatchilar kasaba ...
6 may 2016
Umida Ahmedova o‘zining bir qator dolzarb fotosuratlari va o‘zbek ayollarining bugungi muammolarini aks ettirgan «Bokiralik yuki» filmi muallifi sifatida ...
Bloglar
28 may 2024
Men millatchi emasman! Lekin qaytadan ta'mirlatilgan va Toshkent shahrining sobiq hokimi J. Ortiqxo‘jaev tomonidan Pasxaga ...
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...