Farg‘onadagi ikkita kollej o‘quvchilari bufetdagi ovqatdan zaharlanishdi
21-22 sentyabr kunlari Buvayda tumanidagi shifoxonaga birin ketin tumanning ikkita kollej bufetidagi pishiriqlarda zaxarlangani iddao qilingan o‘quvchilar keltirilgan.
Tuman tibbiyot birlashmasidagi Yeltuz.com nashrining manbasi, kollej o‘qituvchilari va ota onalarning tasdig‘icha, qizlardan besh nafarining ahvoli og‘ir holda shifoxonaga yotqizilgan, boshqalarga esa yengil zaharlangani bois uylariga javob berilgan.
Pedagogika kollejidagi ayni hodisa 21 sentyabr kuni ro‘y bergan bo‘lsa, xuddi shu tumandagi Tibbiyot kollejida ham 22 sentyabr kuni 20 dan ziyod o‘quvchilar zaharlanib tibbiyot birlashmasining tez yordam bo‘limiga keltirilgan.
«Qizimning organizmi juda baquvvat edi, uncha-buncha narsaga kasal bo‘lmasdi. Otravleniya bo‘lib qoldi. Kollej bufetida «xotdog» yegan ekan. Ketchupi eskirib qolgan ekan, – deydi bu haqda Eltuz.som nashriga xabar bergan o‘quvchi qizning onasi.
«Kollej bufetida faqat pechene va vafli qoldi xolos»,- deydi Tibbiyot kolleji o‘qituvchilaridan biri.
Uning bildirishicha, hamma mahsulotni o‘sha kuniyoq SES (Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat bo‘limi) yig‘ishtirib ketgan.
Ota onalar, va tuman kollej o‘quvchilari bufetlaridagi ovqatlar sifatsizligidan shikoyat qilishmoqda.
«Ko‘pchilik asalli tortdan, yana boshqalar xot dogning ketchupidan zaharlanishgan», deydi tibbiyot kolleji o‘qituvchisi.
Eltuz.com nashri manbalari, shuningdek, ayni paytda uylariga qo‘yib yuborilgan kollej talabalari ham ba'zan xushdan ketib, tag‘in betob bo‘lib qolishayotganini aytishmoqda.
Eltuz.com