Kundalik
6 oktyabr 2016

Militsiya Temur Karpov va frantsuz jurnalistlarini ushladi

6 oktyabr kuni ertalab militsiya xodimlari tomonidan ushlangan fotograf Temur Karpov bilan birga Toshkent viloyatining Bo‘ka tumani paxta dalasida, Eltuz.com manbasi tag‘in ikki nafar frantsuz jurnalisti va taniqli huquq himoyachisi Yelena Urlaeva ham bo‘lganini bildiradi.

rasm4002
«Menimcha o‘zbek militsionerligiga ismi sharifi qiyin talaffuz qilinadiganlarni olishadi. Bo‘ka shahar TIIBga ketayapmiz» deya xabar qoldirdi o‘zining FB sahifasida Timur Karpov

«Hatto bilmayman, sizlarga yana qanday kulgili gap yozishimni, mana masalan «ikkita yulduzli» Timur, Bo‘ka militsiyasi xodimi meni o‘ldirishini aytib tahdid soldi, uning gapiga ko‘ra, u tag‘in ko‘plarni o‘ldirishi mumkin ekan… Biroq telefon hozircha qo‘limda» deya bildirdi Temur Karpov 6 oktyabr kuni ertalab qoldirgan ma'lumotida.

Shundan so‘ng uni va frantsuz jurnalistlarini militsiya xodimlari turli xonalarga olib ketishgan.

Yevropa vaqti bilan soat 15.00 da Temur Karpovning otasi Oleg Karpov bilan bog‘langan Eltuz.com muxbiri, uning o‘g‘li bilan aloqasi uch soat burun uzilganicha qolganini aniqladi.

Temur Karpov, o‘zining bir qator dolzarb fotosuratlari va o‘zbek ayollarining bugungi muammolarini aks ettirgan «Bokiralik yuki» filmi muallifi sifatida tanilgan, shu yilning may oyida Human Rights Foundation (HRF) Inson huquqlari halqaro jamg‘armasining yuksak Vatslav Havel mukofotiga sazovor bo‘lgan taniqli fotograf Umida Ahmedova va kinodokumentalist Oleg Karpovning o‘g‘lidir.

Bo‘ka tuman militsiya bo‘limida qolayotgan fotograf Temur Karpov va  ikkita frantsiyalik taqdiriga oid voqealar rivojini Eltuz.com jurnalistlari uzluksiz kuzatishda davom etadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 avgust 2017
Paxta koalitsiyasi Jahon bankiga O‘zbekistonda majburiy mehnat to‘xtamayotgani borasida o‘z havotirini bildirib keladi. «Majburiy mehnatga barham berilmaguniga qadar, Jaxon ...
23 oktyabr 2017
O‘zbekiston parlamenti sputnik likobchalarini o‘zboshimcha o‘rnatishni taqiqlovchi qonun loyihasini taqdim qildi. Bu haqda 12 oktyabr kuni O‘zA agentligi xabar ...
26 noyabr 2018
Rassom Kirpi Eltuz.com
7 noyabr 2016
Shanba ertalab joni uzilgan Abdulla Oripov toshkentliklar kommunist-mozor deb aytadigan Chig‘atoy qabristoniga oldin rejalangani kabi seshanba kuni xam, keyinchalik ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...