Asosiy mavzular
6 noyabr 2016

Abdulla Oripovning janozasi amerikada o‘qildi

Shanba ertalab joni uzilgan Abdulla Oripovning janozasi o‘sha kuniing o‘zidayoq Xyuston shahridagi masjidda o‘qilgan. Eltuz.com manbasiga ko‘ra AQShdagi O‘zbekiston elchixonasi xodimlari janozada ishtirok etmagan. AQSh dagi O‘zbekiston elchixonasi xodimlarining dushanba kuni Oripovning yaqinlari bilan uchrashuvi haqida ma'lumotlar bor.

AQSh da vafot etgan O‘zbekiston qahramonining jasadi seshanba kuni O‘zbekistonga olib ketilishini ham Eltuz.com manbalari tasdiqladi. Manbalarga ko‘ra¸ shanba va yakshanba kunlari o‘lik jo‘natishga mutasaddi tashkilotlarning ishlamasligi mayitning O‘zbekistonga yuborilishini paysalga solgan.

O‘zbekiston rasmiy matbuoti va teleradiokanallarida shoirning o‘limi yuzasidan ta'ziya shanba va yakshanba kunlari bildirilmagan. Ba'zi yarim rasmiy internet saytlarini hisobga olmaganda o‘zbek matbuoti shoirning o‘limi haqida ikki kundan beri sukutda.

Ayni paytda shoirning Do‘rmondagi hovlisini Toshkent shahri bilan bog‘lovchi yo‘lda obodonchilik ishlari ketmoqda. Yo‘l asfalt qilinib atroflarga gullar ekilgan.

Eltuz.com manbasiga ko‘ra Oriopvning Toshkentdagi uyiga muvaqqat prezident Shavkat Mirziyoev kelish ehtimoli bois bu ishlar qilinmoqda.

Ayni manbaning aytishicha¸ muvaqqat prezident dohil o‘zbek rasmiylari imzo chekkan rasmiy ta'ziya dushanba kuni televideniya orqali eshittiriladi.

O‘zbekiston qahramoni Abdulla Oripov Toshkentdagi chig‘atoy qabristoniga dafn qilinishi haqida ma'lumotlar bor.

O‘zbekiston Xalq shoiri, O‘zbekiston qahramoni Abdulla Oripov 5 noyabr kuni ertalab AQShning Xyuston shahrida 75 yoshida vafot etgan edi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, vazirlik marhumning oilasi va yaqinlariga samimiy hamdardlik izhor etgan.

“Marhumning jasadini O‘zbekistonga olib kelishga va o‘z vatanida dafn qilishga qaror qilgan Abdulla Oripovning oila a'zolariga yordam berish uchun O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi Elchixonasiga konsullik va boshqa masalalarni zudlik bilan hal qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘rish to‘g‘risida ko‘rsatma berildi”, deyiladi xabarda.

Ammo boshqa davlat saytlari xamon jim.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 iyun 2017
Karimov o‘limidan so‘ng, mahalliy amaldorlar ustidan shikoyatlar rag‘batlantirildi. Qaysidir mulozimning ishdan ketgani yoki yurak hurujidan o‘lgani haqida tez-tez xabarlar ...
23 noyabr 2017
1 noyabrdan boshlab poytaxt bozorlarida aholining birlamchi ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan ayrim turdagi mahsulotlarning eng yuqori narxlari o‘rnatildi. Toshkent ...
21 oktyabr 2023
Qadrli muxlislar, bugungi mavzuimiz men uchun aytish noqulay, ammo ehtimol ko‘pchilik uchun qiziq bo‘lgan Turkiyaga kiritilmasligim mavzuyiga bag‘ishlanadi. Shu ...
11 dekabr 2018
O‘zbekistonda dori-darmon savdosi eng daromadli sohalar qatorida qolayotgan bir paytda davlatga qarashli “Dori-darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi qarz botqog‘iga botib bormoqda. ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...