Asosiy mavzular
6 yanvar 2017

Salim Abduvaliev Milliy Olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti bo‘ldi

Milliy olimpiya qo‘mitasining 6 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan XXX Bosh Assambleyasi yig‘ilishida Qo‘mita Vitse prezidentligiga Salim Abduvaliev saylandi.

Shuningdek qo‘mita sayti tarqatgan xabarda yig‘ilishni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Adham Ikramov olib borgani bildirilgan.

Salim Abduvaliev, prezidentlik saylovida Shavkat Mirziyoev rasmi tushurilgan futbolkani kiyib chiqdi

Salim Abduvaliev, Valeriy Tyan, Farhod Turdiev va Umid Ahmadjonov esa qo‘mita vitse prezidentlari etib saylanishgan.

Xalq orasida Salim «Boyvachcha», «Salim Choyxonasi», «Salim razbor» laqablari bilan tanilgan Salim Abduvaliev nomi Vikiliks hujjatlarida O‘zbekistondagi mafiya lideri sifatida eslanadi.

Hususan, AQShning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Jon Purnelning 2006 yil martida yo‘llagan kablogramida «Mafiya Bossi tomonidan davlat tenderlari va mansablarning taqsimlanishi» haqida batafsil yozilgan.

Vikiliks 2012 yilning fevralida e'lon qilgan hujjatlarga ko‘ra, Salim Abduvaliev muayan «kommisioni» evaziga o‘tkaziladigan tenderlarda hukumatdagi yuqori mansabdorlarning g‘alabasini ta'minlagan, shuningdek sobiq prezidentning qizi Gulnora Karimova bilan davlat mansablarini pullab kelgan.

2016 yilgi prezidentlik saylovlarida esa Salim Abduvaliev Shavkat Mirziyoev nomzodining faol targ‘ibotchisiga aylandi

Salim Abduvaliev 1950 yilning mayida Farg‘ona viloyatining Toshloq qishlog‘ida dunyoga kelgan, kurash bo‘yicha 5 karra O‘zbekiston chempioni bo‘lgan, sportdan ketgach, avvaliga zavodda ishlagan, keyin haydovchilik qilgan.

Bugungi kunda Toshkentdagi Yashnaobod tumanida istiqomat qiladi. 4 qiz hamda 2 o‘g‘ilning otasi.

Assambleya yig‘ilishida Karimov davrida telekommunikatsiya shirkatlarini litsenziyalashga oid korruptsiya ishi uchun chetlatilgan, bugungi kunda esa Bosh vazir bo‘lgan Abdulla Aripov ham ishtirok etdi.

4 yanvar kuni, O‘zbekistonda korruptsiyaga qarshi qonun imzolangan edi, biroq amalda hokimiyat tepasiga birin-ketin eski korruptsionerlarning qaytayotgani kuzatilmoqda.

So‘nggi kadrlar almashuvi fonida ikki kun burun qabul qilingan «Korruptsiyaga qarshi kurash haqidagi qonun»ning ishlashiga umid kam.

Transperens Interneshnl tashkiloti reytingiga ko‘ra O‘zbekiston korruptsiya darajasi bo‘yicha eng yomon mamlakatlar o‘nligiga kiradi.


Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 fevral 2017
«Adolat ko‘zgusi» gazetasi ancha vaqtlardan buyon pensiyasi yoki nafaqa pullari o‘zlarining roziligisiz plastik kartochkaga o‘tkazib berilayotgani, bu esa turli ...
8 noyabr 2017
Rossiyaning «Rodina» partiyasi, «Vatan yo‘lbarslari» yoshlar qanoti va «Rossiya milliy-vatanparvarlari» jamoatchilik tashkiloti faollari Moskva shahri ma'muriyatining O‘zbekistonning marhum prezidenti ...
25 avgust 2020
Diktator uchun transformer taxt. Rassom Tuz
11 noyabr 2019
Oddiygina avariya sodir etgani sabab ichki ishlar idorasiga olib borilgani ortidan ikki hafta bedarak ketgan andijonlik Abdulloh Tohirovning boshidan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...