Asosiy mavzular
23 yanvar 2017

Turkiyada ikki o‘zbek ayoli foxishalikda ayblanib ushlandi

O‘zbekiston vatandoshi 35 yashar Gulsanam Y. va 28 yoshdagi Hakima K. Fatxiya tumanidagi avtoparkda bir kecha uchun 200 lira ($68) evaziga jinsiy xizmat ko‘rsatayotgan paytida politsiya tarafidan qo‘lga olindi.

Turk matbuotiga ko‘ra, o‘tgan xafta Fatxiyada yashirin foxishaxona ochgan Mahmat ismli qizfurushning maskaniga reyd uyushtirilgan paytda o‘zbekistonlik va qirgizistonlik qizlar qo‘lga olingan. Qizlar politsiya bo‘limiga olib ketilgan va ularga jarima solinib o‘z yurtiga deportatsiya qilinishi kutilmoqda. Noqonuniy foxishaxona egasi prostitutsiyani targ‘ib qilganlik, qo‘shmachilik va jinsiy zo‘rovonlikda ayblanmoqda.

Foxishalik bilan shug‘ullangan o‘zbek ayollarning Turkiyadan deportatsiya qilinishi deyarli har xafta yuz bermoqda. Joriy xafta Turkiyaning Ko‘nya shahrida 27 yashar Muqaddas. G. Ismli o‘zbek vatandoshi ham pul evaziga jinsiy xizmat ko‘rsatyotgan paytida xibs qilingan edi.

O‘zbekistondan farqli tarzda Turkiyada davlat ruxsati bilan islovotxona ochish mumkin. Islovotxonada jinsiy xizmat ko‘rsatadigan ayollarning ishlash va uzoq muddatda yashashga ruxsati bo‘lishi kerak. Qonuniy foxishaxonada ishlayotgan qizlar muntazam ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tib turishlari ham kerak.

Turkiya politsiyasi ushlangan o‘zbek qizlar odatda nolegal foxishabozlik tarmog‘ida ishlayotgan bo‘ladi.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston foxishabozlik va odam savdosiga qarshi kurash dasturi doirasida yosh ayollarning chet elga chiqishini cheklashga urinadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
11 yanvar 2018
1 yanvardan Toshkent shahrining davlat byudjetidan mablag‘ bilan ta'minlanadigan bolalar bog‘chalarida to‘lov narxlari 24,3 foizgacha qimmatladi. Davlat byudjetidagi maktabgacha ...
30 noyabr 2016
26 minut davom etgan BBS o‘zbek xizmati muxbiri Ibrat Cafo bilan suhbati chog‘ida kichik Islom Karimov shuningdek onasi Gulnora ...
11 mart 2020
Ota o‘g‘liga telefonda: «Damasga pulim yetmadi, bolam. Yana o‘n million yubor». Rassom Kirpi
8 fevral 2019
Burgut tog‘ning tepasidagi cho‘qqida qimirlamay o‘tirardi. Quyon bo‘lsa pastdagi adiru tepaliklarda yugurgani yugurgan edi. Bir kuni quyon burgutga qarab: ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...