Asosiy mavzular
25 yanvar 2017

Farg‘ona. Bir haftada to‘rtta bosqinchilik

Farg‘ona viloyatining tuman IIB idoralaridan birida ishlovchi Eltuz manbasiga ko‘ra, ba'zida guruh bo‘lib, ba'zida yakka tartibda uylarga kirayotgan o‘g‘ri va bosqinchilarni topish oson kechmayapti.

«Bir haftada to‘rt marta o‘g‘irlik haqida ma'lumot oldik, – dedi tuman IIBlaridan birida ishlovchi manba.

Uning bildirishicha, kollej direktorining uyidan 6 million so‘m o‘quvchilardan kitobga deb yig‘ilgan pul va tilla taqinchoqlar yo‘qolgan.

Yana bir savdogar ayolning uyidan ham qimmatbaho buyumlar olib chiqib ketilgan, bir holatda o‘g‘ri hech narsa olmasdan chiqib ketgan, uy egasi vaqtida qo‘shnilarini chaqirishga ulgurgan.

«Toshkentning “Abu Saxiy” bozorida do‘koni bor ayolning kelini va uch nafar nabirasini talonchilar bog‘lab qo‘yib, uyidagi tilla buyumlarni olib chiqib ketgan. Bosqinchilik va talonchilik qilganlar yetti kishi ekan, olib borilgan tezkor qidiruv ishlaridan keyin ular topildi», – dedi boshqa bir IIB xodimi.

Ammo ko‘p hollarda bosqinchilik va o‘g‘irlik jinoyatlari ochilmay qolayapti. Eltuz bilan suhbatlashgan manba, buning hammasiga ishsizlik va ish haqining ozligi sababligini aytadi.

«Yosh yigitlar ishsiz. Bor ishlarda esa oylik qoniqarli emas. Ba'zilar esa Rossiya va boshqa davlatlardan deportatsiya bo‘lganlar. Ular chetga chiqib ketolmaydi, bu yerdagi oylikka esa ularning ishlagisi kelmaydi. Shuning uchun o‘g‘irlik va bosqinchilik, talonchilik ko‘paymoqda», – deya so‘zlarini yakunladi IIB xodimi.

Nasima Davron qizi
O‘zbekistonlik muallif tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 iyun 2018
Xalq ta'limi vazirligi saytida eng ko‘p o‘qilgan maqola O‘zbekistonda umumiy o‘rta ta'lim maktablarida o‘quvchilarning yagona formasi joriy etilishi haqidadir. ...
22 iyun 2023
Ëz qanday soz. Mana azizlar kamina Rassom Tuz sizlar bilan yana ko‘rishib yuzlashib, betma bet turibman. Men sizning eng ...
19 may 2016
Turkiyaning Mersin shahar mahkamasi o‘z farzandini kaltaklagan Gulchehra Isoqulova ustidan ochilgan jinoyat ishini 17 may kuni ko‘rishga boshladi. Mahkamada ...
8 may 2015
Siz ayta olasizmi “O‘zbek-nemis inson huquqlari forumi” (Uzbek-German Forum – UGF)ga raxbarligingiz haqida? – 2008 yili men O‘zbekistonda to‘rt ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...