Kundalik
11 fevral 2017

XMT: O‘zbekistonda majburiy mehnat yo‘q, chunki biz bunga ishonamiz

Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) 2016 yilgi paxta yig‘im-terimi mavsumida bolalar mehnati va majburiy mehnat monitoringi yakunlariga oid hisobotini e'lon qildi. Mazkur hisobot Jahon banki buyurtmasiga asosan o‘tkazilgan go‘yoki «Uchinchi tomon monitoringi» natijalari hisoblanadi. Monitoringning maqsadi bankning moliyaviy ko‘magidagi loyihalar amalga oshirilayotgan qishloq xo‘jaligi tumanlarida majburiy mehnatdan foydalanilyaptimi yoki yo‘qmi ekanini aniqlashdir. Jahon bankini bunday buyurtma berishga O‘zbekistondagi paxtachilikda majburiy mehnat muammosini dalillar bilan ko‘rsatib bergan huquqni himoya qilish tashkilotlari tomonidan uning nomiga aytilgan tanqidlar undadi.

Dastlab bu monitoringni mustaqil tashkilot amalga oshirishi kerak edi. «Uchinchi (ya'ni manfaatdor bo‘lmagan) tomon» tushunchasi shundan kelib chiqqan. Aksariyat hollarda bunday «uchinchi tomon» sifatida xalqaro konsalting yoki tadqiqot firmalari tanlanadi. Odatda bunday firmalar halol tadqiqotchi sifatidagi o‘z obro‘si to‘g‘risida shunchalik qayg‘uradiki, mustaqil tekshiruv o‘tkazishni kafolatmay olmasa, loyihalarni bajarishga rozi bo‘lmaydi. Mazkur holatda ham shunday bo‘ldi. Natijada «mustaqil tomon» rolini o‘ynashni o‘z obro‘sini saqlashga unchalik ham qayg‘urmaydigan ko‘rinadigan Xalqaro mehnat tashkiloti zimmasiga oldi.

Umuman olganda, Jahon bankiga o‘ziga bildirilayotgan tanqidlarga chap berish zarur edi. 1 fevralda Jahon banki quyidagi bayonotini e'lon qildi: «O‘zbekiston mehnat munosabatlari sohasida islohotlar o‘tkazishda muvaffaqiyatlarga erishdi, tashkillashtiriladigan majburiy mehnat amaliyotiga chek qo‘yildi. Jahon banki tomonidan ko‘mak ko‘rsatilayotgan agrar va suv sektoridagi, shuningdek, ta'lim sohasidagi loyihalar doirasida bolalar mehnati va majburiy mehnat holatlari uchramadi». Ko‘rinishidan Jahon banki o‘z obro‘si borasida unchalik qayg‘arayotgani yo‘q!

Birorta dalil yo‘qmi?!

Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) hisobotidan kelib chiqadigan asosiy xulosalar shuki, tashkillashtiriladigan majburiy bolalar mehnatiga chek qo‘yilgan, chunki go‘yoki «bolalar mehnatiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi jamiyatning barcha qatlamlari tomonidan tan olinadi». Kattalarning majburiy mehnati muammosi esa, XMT ekspertlari fikricha, terimchilar umumiy sonining ozgina qismigagina taalluqlidir. Bu xulosalar ko‘plab kuzatishlar va hujjatlashtirilgan faktlar, xususan, O‘zbekiston-Germaniya inson huquqlari forumi huquqni himoya qilish tashkiloti o‘zbekistonlik faollar bilan hamkorlikda 2016 yilning kuzida o‘tkazgan monitoring natijalaridan keskin farq qiladi.

«Uchinchi tomon monitoringi» haqida nimani bilish zarur?

XMT tekshiruvlari va uning natijalaridan kelib chiqadigan asosiy savol shuki, uni haqiqatan ham mustaqil desa bo‘ladimi? Agar XMT ekspertlarining birinchi qo‘ldan intervyu olish va ma'lumot to‘plash uchun joylarga borishi «xira pashsha» rolini o‘ynaydigan hokimiyat organlari vakillari ishtirokisiz amalga oshirilganda tadqiqotlar mustaqil o‘tkazilishi haqiqatan ham kafolatlangan bo‘lishi mumkin edi. Bu vakillarga davlatning to‘la nazoratida bo‘lgan kasaba uyushmalari xodimlari ham kiradi. Shunga qaramay, XMT respondentlarning ismini sir saqlash va xavfsizligini kafolatlash imkoniyati bo‘lmagan shart-sharoitlarda monitoring o‘tkazishga rozilik berdi.

Foto: Aholini paxtaga safarbar etish haqida Toshkent shahar hokimi qarori

Buning ustiga, (hukumat amaldorlari bilan) hamkorlikdagi monitoring xulosalari ob'ektiv, deya taqdim etilmoqda. Uning mazmuni esa ko‘p jihatdan paxta sektoridagi majburiy mehnat vaziyati haqida O‘zbekiston hukumati tomonidan e'lon qilinadigan tashviqot hisobotlarini eslatadi.

XMT hisobotida so‘nggi yillarda yig‘ilgan, paxta terimiga majburiy safarbarlik ommaviy ko‘rinishga egaligi va O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi ko‘rsatmasi bo‘yicha amalga oshirilishini aniq ko‘rsatib beradigan ko‘p sonli guvohliklar va hujjatlar e'tiborga olinmagan. Kishilarni paxta dalasiga jo‘natish mahalliy hokimliklar tomonidan tashkil etiladi, byudjet tashkilotlarining yuz minglab xodimlari esa ishdan bo‘shatilish tahdidi ostida paxta terimiga jo‘natiladi. 2016 yilgi paxta mavsumi ham ommaviy majburlash amaliyotidan xoli bo‘lmadi.

Aholini paxta yig‘im-terimiga safarbar etish to‘g‘risidagi rasmiy ma'lumotlar bilan bu yerda tanishish mumkin: http://harvestreport2015.uzbekgermanforum.org/

Hammasi ajoyib, go‘zal markiza

Xalqaro mehnat tashkiloti va O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining (O‘KUF) hamkorlikdagi monitoringida yetti nafar xalqaro ekspert ishtirok etdi. Ular UKUF xodimlarining doimiy hamrohligida jami 6 hafta davomida mamlakatni kezib chiqdi. Bevosita paxta yig‘im-terimi mavsumida safarlar 14 sentyabrdan 28 oktyabrgacha amalga oshirildi. Holbuki, paxta terimi bundan bir hafta oldin boshlangan va noyabr o‘rtalariga qadar davom etgandi.

Hisobotda ta'kidlanishicha, xalqaro ekspertlar boriladigan joyni o‘zlari tanlagan. Ammo maxfiylik saqlanmagan va juda gapdon respondentlarga nisbatan tegishlicha tazyiq o‘tkazilishi mumkinligi sharoitida bunday imtiyoz monitoringning o‘z-o‘zidan mustaqil bo‘lib qolishini ta'minlamaydi.

Paxta terimi mavsumda XMT vakillari 800 dan ortiq aholi punktida bo‘lib, davlat va davla

Foto: Toshkent aholisini safarbar etish haqidagi hujjat, 2015 yil sentyabr

tga bo‘ysunuvchi tashkilotlar ishchi-xizmatchilari, fermerlar, talabalar va maktab o‘quvchilari bilan 1700 dan ortiq intervyu o‘tkazdi. XMT ekspertlarining muassasalar va paxta dalalariga kirishining ta'minlanishi a'lo darajada edi, deb ta'kidlanadi hisobotda.

O‘zbekiston fuqarolari bilan gaplashishda XMTning imtiyozli holatda bo‘lgani sababi shuki, XMT O‘zbekistonda mustaqil kasaba uyushmalari mavjudligini tan olishga rozilik berdi. Bu esa mavjud dalillarga ziddir. Hisobotda paxta dalalarida odamlar bilan davlat nazoratidan tashqari gaplashishga uringan faollar va jurnalistlarning hibsga olinishi va kaltaklanishi holatlari keltirilmagan. XMT ekspertlari O‘zbekiston hukumati nega mamlakatni boshqa xalqaro tashkilotlar uchun yopib qo‘ygani va paxta dalalarida intervyu olishga uringan xorijiy jurnalistlarni deportatsiya qilgani masalasiga to‘xtalib ham o‘tirmagan.

“Istar-istamas ishlayotganlar” yoki salgina homiladorlar

Hisobotda keltirilgan ma'lumotlarga ko‘ra, paxta terimida taxminan 1,8 million terimchi ishtirok etadi (XMTning 2015 yilgi tadqiqotlari ma'lumotlari). XMT terimchilarni uch toifaga bo‘ladi: (1) ko‘ngilli terimchilar, (2) “istar-istamas ishlovchilar”, ya'ni go‘yoki jamoatchilik bosimi ostida paxta terayotganlar, aslida yaxshi sharoitlar bo‘lsa, bu ishni bajarishga rozilar hamda (3) o‘zlarining bevosita boshliqlari tomonidan majburiy ravishda dalaga jo‘natilgan, jami terimchilarning ozgina qismini tashkil etadigan majburan safarbar qilinganlar.

Bunday “istar-istamas” ishlovchilar, XMT talqinicha, jami terimchilar sonining uchdan bir qismini tashkil etishi mumkin. Agar ayni paytda bu kishilar mehnat sharoitlaridan va to‘lanadigan haqdan norozi bo‘lsa, nima sababdan o‘z oilalarini tashlab, paxta terimiga jo‘nab ketdi, degan savolga hisobotda oydinlik kiritilmagan. Keyinchalik ular haqiqiy ko‘ngilli terimchi bo‘lishi mumkinligi, ammo ayni paytda esa qandaydir muallaq holatda turgani XMTga ularni erksiz terimchilar safiga qo‘shmaslik uchun yetarli asos hisoblanadi.

Aslida esa kishilarni paxta terimiga jo‘nashga undaydigan yoki paxtadan ozod bo‘lish uchun pul to‘lashga rozilik berishiga olib keladigan jamoatchilik bosimi mavjud emas. Biz mahalla qo‘mitalari, qishloq kengashlari, har turli nodavlat tashkilotlarni jamoatchilik vakillari deb hisoblamaymiz-ku. Bu tuzilmalarning barchasi faqat davlat organlari amri bilan harakat qiladi.

O‘zbekiston sharoitida faqat ishdan ayrilish yoki o‘qishdan haydalishning real tahdidi mavjud. Jamoatchilik fikri emas, rahbarlar oldidagi qo‘rquv majburiy safarbarlikning bosh omili hisoblanadi. Byudjet tashkilotlari xodimlari paxtadan terimidan ozod etilishni sotib olish uchun o‘z oylik maoshining yarmini beradi. Ishdan haydalish bilan jazolanishdan qo‘rquv ularni o‘zining o‘rniga ishlaydigan terimchilarni yollashga majbur etadi. Bu esa paxta terimi ishlari ular uchun majburiy ekaniga aniq dalildir.

“Qayta aloqa mexanizmi” yoki “Onangni qozi zo‘rlasa, kimga shikoyat qilasan”

Hisobotda aholining bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmasligiga oid xabardorligini oshirish uchun tashkil etilgan axborot kampaniyasi, shuningdek, majburiy ravishda jalb etilgan terimchilarning O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasiga shikoyat qilish imkoniyatini beradigan “qayta aloqa mexanizmi” juda ajoyib, deb baholanadi. “Butun mamlakat bo‘ylab 836 ta banner, 44 500 ta plakat, 100 mingta buklet ilib chiqildi, axborotlar OAVda va SMS xabarlar orqali tarqatildi”, deyiladi hisobotda.

XMT “bolalar mehnatiga yo‘l qo‘yilmasligi fikri go‘yoki jamiyatning barcha qatlamlari ongiga singib ketdi”, deya dadil xulosa chiqaradi. Bu xulosa juda bahslidir. Chunki o‘zbekistonlik faollar tomonidan yashirincha o‘tkazilgan intervyularda paxtaga safarbar etilgan terimchilar bolalar yo‘qligi sababli paxta terimi kattalar uchun yanada og‘ir jabru jafoga aylanganidan afsus bildirdi. O‘zbekistonda bolalar mehnatining odatiy tusga kirgan, rahbarlardan qo‘rquv shunchalik chuqur ildiz otganki, ota-onalar o‘z bolalarini himoya qila olmaydigan holatda edi. Bolalar ommaviy ravishda paxta terimiga safarbar etilgan avvalgi yillarda o‘z farzandlarini paxta terishga jo‘natishdan bosh tortgan ota-onalarning birorta sezilarli norozilik sa'y-harakatlari ko‘zga tashlangani yo‘q. Buning ustiga, ko‘pincha ota-onalar mehnat insonni ulug‘laydi, biz ham bolaligimizda paxta terganmiz, buning hech qanday yomon jihati yo‘q, deb bolalar mehnatini oqlardi.

Paxta yig‘im-terimi mavsumi davrida ikki muassasa – O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi va Mehnat vazirligi shikoyatlar uchun telefon aloqalarini yo‘lga qo‘ydi va, hisobotda aytilganidek, xalqaro ishlanmalarning eng yaxshilarini o‘zida jamladi.

2016 yilgi paxta terimi mavsumi davomida O‘KUFga bevosita paxta terimi bilan bog‘liq 85 ta shikoyat kelib tushdi. Ulardan bolalar mehnatiga oid go‘yoki 6 ta holat va “majburiy mehnat xatari”ga oid 2 ta (!) holat tasdiqlangan. Mehnat vazirligi olgan shikoyatlar orasidan esa bolalar mehnatiga oid 5 ta va majburiy mehnatga oid 9 ta holat tasdig‘ini topgan.

Bo‘shliqda bo‘lish

Hayron qoldiradigani shuki, XMT uning monitoring bo‘yicha hamkorlari bo‘lmish O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Kamolot” yoshlar harakati nafaqat davlatga to‘la qaram tashkilotlar hisoblanishi, balki davlatga aholini paxta terimga safarbar etishda tashviqot ko‘magi ko‘rsatishini muammo deb hisoblamaydi. XMTning O‘zbekistondagi umumiy siyosiy muhitni hisobga olmayotgani taajjublanarli. Mamlakatda fuqarolarning birorta erkinligi ta'minlanmagan, erkin OAVlar yo‘q, mustaqil sud tizimi mavjud emas, qamoqxonalar esa siyosiy mahkumlar bilan to‘la. Siyosiy muxolifat yo‘q qilingan, hech qachon erkin saylovlar o‘tkazilmagan, odamlar qo‘rquv va umidsizlik holatiga ko‘nikib yashayotgan mamlakat ekaniga qaramay, XMT fikricha, O‘zbekistonda mustaqil kasaba uyushmalari mavjud bo‘lishi mumkin.

Xalqaro mehnat tashkiloti yuqorida nomi zikr etilgan va ro‘yxatdan o‘tgan boshqa muassasalar o‘zlarining kelajakda «nazoratning samarali qo‘shimcha vositasi» bo‘lishi mumkin bo‘lgan milliy monitoringini o‘tkazayotganini e'tirof etadi. Bilmadim, bunday safsatani o‘qib, kulish kerakmi yoki yig‘lash!

So‘z va uyushmalar erkinligi qanday ahvolda ekani O‘zbekistonda 2016 yil 4 dekabrda bo‘lib o‘tgan prezident saylovini kuzatish bo‘yicha YeXHT missiyasining dastlabki hisobotida tavsiflangan.

«Qonun asoslari me'yoridan ortiq taqiqlovlar va o‘zboshimchalik bilan ijro etish orqali fuqarolarning asosiy erkinliklarini cheklab qo‘ygan. Jamoat yig‘ilishlarini o‘tkazish uchun bir oy avval ruxsat olish talabi mavjudligi, shuningdek qoidalarni buzgan ishtirokchilarga nisbatan choralar ko‘rish, jumladan, jarimaga tortish va uch yil muddatga qamoq jazosining berilish ehtimoli buning yaqqol isbotidir. Jamiyat birlashmalari chekloviga siyosiy partiyalar va nodavlat notijorat tashkilot (NNT)larni ro‘yxatga olishga doir og‘ir talablar, ro‘yxatga olishni rad etish va ro‘yxatdan chiqarib tashlash borasidagi vakolatlar, ularning faoliyati yo‘lidagi huquqiy va ma'muriy to‘siqlar kabilar kiradi. 2016 yil NNTlarni chet eldan mablag‘ bilan ta'minlashga doir shunday mushkul qoidalar yanada murakkablashtirildi. So‘z erkinligi ko‘plab jinoiy va ma'muriy huquqbuzarlik qoidalari bilan cheklangan».

Xatar guruhi: talabalar, o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlari

XMTning bildirishicha, aholining majburiy mehnatga jalb etilishi tahdidiga moyil guruhiga maktablar, litseylar, tibbiyot muassasalari, 18 yoshdan oshgan talabalar, byudjet muassasalari va xususiy tashkilotlar xodimlari kiradi.

XMT ekspertlari (O‘KUF xodimlari hamrohligida) 190 ta bolalar bog‘chasi, 40 ta kollej va litsey, shuningdek, 50 ta tibbiyot muassasasida bo‘lib, ularning aksariyat qismi «odatdagi tartibda ishlayotgani»ni bildirdi. Ammo bu e'tirof faollar tomonidan hujjatlashtirilgan dalillarga ziddir.

XMT hisobotiga ishonilsa, maktablar va bolalar bog‘chalari xodimlari o‘z ixtiyoriga qarshi ravishda paxta terimiga jo‘natilgan bo‘lishi mumkin, biroq buning oldini olish uchun mamlakatda samarali axborot kampaniyasi, amaldorlar uchun treninglar o‘tkazilyapti, shuningdek, shikoyatlar uchun «qayta aloqa mexanizmi» mavjud. Bu ikkiyuzlamachilikka o‘xshaydi: hukumat bir tomondan odamlarni paxta dalalariga jo‘natadi, boshqa tomondan mehnatga majburlash yomon ekani to‘g‘risida seminarlar o‘tkazadi. Bu qo‘shstandartni esa XMT ekspertlari payqamadi. Ko‘rinishidan, payqashni istamadi!

Umuman, asosiy muammo aholining o‘z huquqlaridan bexabarligida ekaniga ishonch xalqaro ekspertlarning miyasiga qattiq o‘rnashib qolgan. Chunki aynan shu narsa paxta terimiga majburiy safarbar etish muammosining yechimida asosiy masala sifatida taqdim etilmoqda. «Hamma paxtaga!» buyrug‘i Toshkentdagi eng yuqori idoralardan kelayotgan bo‘lishi mumkinligi esa umuman e'tiborga olinayotgani yo‘q.

Talabalar o‘z xohishi bilan ishlamoqda, chunki ular bu haqda tilxat bergan

XMT hisobotida aytilishicha, XMT ekspertlari tashrif buyurgan 26 ta oliy o‘quv yurti to‘laligicha odatdagi tartibda ishlamagan, chunki talabalar «bir oy davomida paxta tergan». Go‘yoki XMT xuddi shu o‘rinda dalillarni tan olganday ko‘rinadi. Ammo bu yerda ham noaniqliklar mavjud.

Aslida talabalar uchun paxta terimi 1,5-2 oy davom etdi. Samarqand davlat universiteti talabalari tushgan avtobuslar kolonnasi 2016 yil 16 noyabrda qaytib keldi.

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, talabalar paxta terimida ko‘ngilli ravishda ishtirok etgan, buning tasdig‘i sifatida XMTga talabalarning o‘zi paxtaga borish istagini bildirgan tilxatlar taqdim etilgan. Garchi XVT bu ko‘ngillilikning boshqa dalillari taqdim etilmaganini tan olsa-da, shunga qaramay, o‘zbekistonlik amaldorlar so‘ziga ishonsa bo‘ladi, deb hisoblagan. Buning oqibatida kamida 200 ming talaba, XMT fikricha, majburan safarbar etilgan terimchi hisoblanmaydi.

Aslida talabalar paxta terimi mavsumida aholining eng zaif va ko‘p ekspluatatsiya qilinadigan qatlami sanaladi. O‘zbekistonda oliy ta'lim OO‘Yularga kirishga ariza topshirgan yoshlarning taxminan 10 foizigagina nasib etishi sababli qattiq tanlovdan o‘tgan talabalar ma'muriyatga bo‘ysunmaslikka jur'at eta olmaydi. Ular o‘zlariga berilgan «ixtiyoriy ishtirok etish to‘g‘risidagi tilxat»ni imzolab, jimgina paxta dalalariga yo‘l oladi. Ta'kidlash kerakki, talabalarning uchdan ikki qismi OO‘Yuda o‘qish uchun yiliga 1000 dollardan 1500 dollargacha to‘laydi. Talaba bir oy davomida paxta terimida ishtirok etib, kuniga 80 kilogrammdan paxta tergan taqdirda ham ish haqining bir qismini ovqatlanishga bersa, u oyiga 40 dollardan kamroq pul topishi mumkin. Talabalar armiyasi uchun paxta terimidan hech qanday moliyaviy manfaatdorlik yo‘q.

Oldini olish choralari yoki o‘likka qo‘yilgan surma

«Jahon banki investitsiyalaridan foyda oladigan fermer xo‘jaliklarida majburiy mehnat xatarini kamaytirish» uchun XMT oddiy yo‘lni taklif etadi. Masalan, hisobotda aytilganidek, fermerlar Suvdan foydalanuvchilar uyushmasi bilan shartnomaga qo‘shimcha moddani imzolar ekan, bolalar mehnati va majburiy mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va XMT konventsiyalarini buzmaslik majburiyatini oladi. Mazkur oldini olish mexanizmi to‘la ishlashi uchun, deb hisoblaydi XMT, fermerlarga mana konventsiyalar bo‘yicha… treninglar o‘tkazish lozim. Fermerlarning iqtisodiy erkinligi haqida gapirish o‘rniga ularning ongini oshirish taklif etilmoqda. Bu Kafka romanlarini yodga soladi. Ha, XMTning paxta qulligi muammolarni yechish «uslublari» va yondashuvlarining barchasi Kafka dunyosidan olingan.

XMT konventsiyalariga rioya qilinishi uchun javobgarlikni fermerlar zimmasiga yuklash go‘llik, ahmoqlik va oddiy axloqsizlikdir. O‘zbekistonda fermerlar majburiy mehnat tashkilotchilari emas. Ularning byudjet tashkilotlariga ta'sir o‘tkazish vositalari, universitetlar rektorlari, maktab direktorlari va shifoxonalar rahbarlaridan o‘z xodimlarini paxta terimiga jo‘natishni talab qilish imkoniyati yo‘q. Fermerlar majburlangan terimchilarni o‘z dalasida qabul qiladi, ular uchun joy va ovqat tashkil etadi. Ammo ular boshqa terimchilar singari bor-yo‘g‘i Toshkentdagi xo‘jayinlari oldida hisobot beradigan mahalliy hokimlar irodasini bajaruvchilar, xolos. Ularning o‘zi mazkur tizimning qurbonlari hisoblanadi. XMT esa bu haqiqatni tan olishni istamaydi.

Bundan savol kelib chiqadi: Bu xalqaro tashkilot missiyasi nimadan iborat? Boshini qumga tiqib, o‘z hisobotlari bilan chalg‘itishdanmi?

Agar mazkur tashkilot hali ham sog‘lom aql asosida muammolarni muhokama qila oladigan holatda bo‘lsa, o‘zimizning tanqidiy mulohazalarimizga aniq va tushunarli javoblar olishni xohlar edik.

Umida Niyazova
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbek-German forumi (UGF)direktori
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. Shu payt mening orqamdan ...
31 mart 2021
Shu o‘rinda Qo‘ylining gapini bo‘lib qisqacha ma'lumot bersam. Qo‘yli asir olinib Bozorak qishlog‘iga olib kelinadi. Oldiniga 10 kun kartserda ...
13 fevral 2017
Aloqa xodimlarining aytishicha, pensionerlar bu borada pochtalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori e'lon qilingan kunning ertasigayoq murojaat eta boshlashgan. Ular ...
13 noyabr 2017
O‘zbekistonlik 1 milliondan ortiq mehnat migrantlari Sankt-Peterburgda ishlayotgani rasman tan olindi. Demak, RFning O‘zbekistonga masofa jihatdan undan-da yaqinroq poytaxti ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...