Ilk hususiy bank «Rustam bank» asoschisi qamoqdan chiqdi
13 fevral kuni jazoni o‘tash muddati tugagani ortidan 69 yoshli Rustam Usmonov qamoqdan chiqarildi.
Millioner Rustam Usmonov 1998 yili hibsga olingan va uni iqtisodiy jinoyatlarda ayblab 14 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.
2012 yili uning muddati turma qoidasini buzdi degan o‘zboshimchalik bilan uydirilgan ayblovga ko‘ra tag‘in besh yilga uzaytirilgan edi.
Usmonov o‘z rafiqasi va to‘ng‘ich o‘g‘li bilan egalik qilgan Rustambank Nizomiy qapitali, 1995 yili 1,2 mln AQSh dollarini tashkil etdi.
Eltuz o‘tgan yili Rustam Usmonov «Qoldirilgan parvoz» kitobidan parchalar e'lon qilgan edi.
Jumladan, 1995 yili yozgan ushbu kitobida shunday deydi:
«men, bizning zamonamizda, ishlash va pul topa bilishning kamlik qilishini tushinib yetdim. Tag‘in o‘z ishlab topganingni mansabdorlar bilan baham ko‘rishga ham o‘rganish lozim ekan. Biroq men bunday qilishni bilmas va istamasdim. Men soddalik qilib, o‘z ulushimning ulkan bir qismini soliq sifatida davlatga berarkanman, demak hukumat meni qolgan barcha o‘lponlardan himoya qilishi lozim deya o‘ylardim. Vijdonan yashash, xalol pul topish mumkin, ayni paytda shunchaki hayot kechirishmas, millioner bo‘lish mumkin deb o‘ylardim. Men bu maqsadga yetdim. Biroq bu juda, juda qiyin kechdi».
Eltuz.com