Asosiy mavzular
13 mart 2017

Islom Karimovning hosiyatsiz xotirasi

Marxum prezident Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish qarorini izohlashni so‘rab, Eltuz nashri jamiyatshunos olim Baxodir Musaevga murojaat etdi. Bundan ilgari Farg‘onanyus caytida xalq artisti Zohid Haqnazarov, xalqaro aeroportga Islom Karimov nomi berilishiga qarshi fikr bildirgan edi.

Shunday fikr bilan O‘zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol Mirziyoevga murojaat qilgan, prezident xotirasini abadiylashtirish qarori haddan tashqari shoshqaloqlik bilan qabur qilingani, mamlakatning asosiy darvozasiga Alisher Navoiy va Amir Temur kabi ulug‘ tarixiy shaxslar nomi munosibdir, degan fikrni bildirgan edi.

Shoir Jamol Kamol, Toshkent Xalqaro aeroportiga Karimov nomi berilishiga qarshi bo‘lgan o‘zbek ziyolilarining biri

Professor Haqnazarovning fikricha, «yaqinda O‘zbekiston prezidenti tomonidan imzolangan «I.A. Karimov xotirasini abadiylashtirish haqidagi» qaror, ko‘proq Sh.M.Mirziyoevning marxum xotirasiga bo‘lgan shaxsiy munosabatini anglatadi.

Bu yuzadan boshqa bir ziyoli vakil, jamiyatshunos, filosofiya fanlari nomzodi Bahodir Musaev fikrlarini keltiramiz:

Men bastakor (Zohid Haqnazarov)ning qaysidir shaxs obrazini mamlakat miqyosida abadiylashtirishda jamoatchilik yoki uning vakillari bo‘lgan tarixchi, yozuvchi, shoir, musiqachi, arxitektor, siyosatshunos va boshqalardan iborat maxsus kengash fikrini hisobga olmaslik mumkin emas degan fikriga qo‘shilaman.

Shu bilan birga, keltirilgan xalq artistining so‘zlari haqida o‘ylarkan, uning ko‘proq qanday mamlakatdan turib aytilgani haqida eslash joiz, deya hisoblayman. Axir yopiq jamiyatda amalda ijtimoiy fikr institutining mavjudligi haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas.

Sh.M. Mirziyoevning vaqtinchalik va iqtidordagi prezident bo‘lganidan beri yarim yil o‘tdi, biroq hech qaerda va hech bir tarzda oldingi prezidentning ichki siyosatidan kechilayotgani ko‘zga tashlanmadi. Har holda o‘sha oldingi prezidentni, ko‘p hollarda katta iqtisodchi, yaratuvchi deya hisoblashgan (va hisoblashmoqda)… Afsonalar shu tarzda yaraladi. Umuman yangi prezident haqida ham allaqachon – mehnatkash, mamlakat iqtisodini yaxshi tushunadigan… va h.k. fikrlar ildiz otgan.

Yangi prezident, istasa istamasa, o‘lgan prezident haqidagi yolg‘onlarni abadiylashtirish bilan qayoqqa olib borishi mumkin? Haqiqatda, (Islom Karimov) qaysi amali bilan qahramonlarcha o‘rnak ko‘rsatdi? Qanday porloq g‘oyalar va ishlarni amalga oshirdiki, marhum haqida «tarixni yaratdi», «davr ramziga aylandi» deya aytish joiz bo‘lsin. Sizning mamlakatingizdagi bu miqyosdagi ishlar qachon va qaerda sodir bo‘ldi…?

Bu savollarga javob qidirishda ortiqcha donishmandlik qilmay, I. Karimov xotirasini abadiylashtirish, kam deganda 2005 yilning 13 mayida Andijonda begunoh o‘ldirilganlar xotirasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahqirlash bo‘ladi deb o‘ylayman.

Karimov kim bo‘lgan edi?

Foto: Jamshid Karimov ruhiy shifoxonadan chiqqanidan so‘ng

Men xalq bu haqda nima deb o‘ylashi haqida gapirmayapman. Zotan, bizda bu so‘zning ulug‘ ma'nosiga ega bo‘lgan, uyushgan, irodali, ijtimoiy, vatandoshlik va milliy onggi shakllangan, mag‘rur va xalol xalq yo‘q, balki kasal bir jamiyat bor. Biroq baribir, barcha zamonlarda va xalqlarda bo‘lgani kabi, uning eng yaxshi vakillari bor, ularga qarab xalq haqida xulosa qilish mumkin…

Mana masalan, Jamshid Karimovni, sobiq prezidentning qondosh jiyanini olaylik. Men uni, sog‘ salomat vaqtlaridan beri yaxshi eslayman, u yumor hissining kuchliligi bilan ajralib turardi. Bir vaqtlar – (2003 yoki 2004 y. Chimkentda jurnalistlar xalqaro seminarida), men bilan suhbatida, kulib, o‘zining sevimli qizalog‘i haqida gapirib qoldi. Esimdan adashmasam, u shunday dedi.

«U hali juda kichkina, biroq menga qanday yashashim va qanday ishlashim kerakligini maslahat beradi. Mana u so‘nggi bor shunday maslahat berdi, ishni shunday kelishish kerakki, menda uning tug‘ilgan kuniga velosiped sovg‘a qilishga yetadigan ish haqi bo‘lsin».

Yaqinda, men internet sayti sahifasida, uning Samarqand ruhiy shifoxonasidan chiqqanidan keyingi fotosuratini ko‘rdim, bu yerda u eng «yuqorida turgan» shaxs amriga ko‘ra majburiy «davolanishda» bo‘lgan… Fotosuratga qarab 49 yoshlik erkakning, qurib qaqshagan cholni eslatuvchi jussasi, tubsiz og‘riq aks etgan ko‘zlarini ko‘rdim…

Har bir mening yurtdoshim, agar hali uning vijdoni o‘lmagan bo‘lsa, bu ko‘zlarga qarab, mening fikrimga qo‘shilishi kerak: oliy ahloq va insoniy printsiplardan kelib chiqib I. Karimov nomi eslanishi lozim, faqat yomonlik xotirasi sifatida.

Baxodir Musaev
sotsiolog, filosofiya fanlari nomzodi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
30 noyabr 2024
Kishilik tarixi temir ixtiro qilinganiden keyin dev qadamlar bilan rivojlandi. Bugun oyoqda muhtasham turgan Britaniya va Amerika kabi davlatlarlar ...
21 aprel 2021
2021 yilning 19 mart kuni Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanidagi Yangihayot massivida namunali uylarning tomini shamol uchirib ketgan. Uylar qurilishi ...
30 sentyabr 2021
Toshkentda ish boshlagan xalqaro kinofestivalning bosh qahramoni rus pop ashulachisi Kirkorov bo‘ldi. Tashkilotchilar esa festivalga 37 davlatdan 400ga yaqin ...
4 fevral 2022
Rassom Kirpi
Bloglar
30 aprel 2025
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
8 aprel 2025
Boshqirdistonning Ay Yola musiqa guruhi yaratgan Homay qo‘shig‘i turkiy xalqlar superxitiga aylandi va Shazam reytingi ...
28 mart 2025
O‘zbek blogosferasi haqiqiy jinnixonaga aylandi. Ishsiz, pulsiz qolgan biror bekorchi yoniga o‘ziga o‘xshagan bekorchini olib, ...