Talaba o‘limida aybdorlarga jazo so‘ralgan petitsiyaga 15 ming imzo to‘plandi
Shafqatsiz kaltak jarohatlaridan vafot etgan Toshkent tibbiyot kolleji talabasi o‘limi aybdorlariga jazo so‘ralgan petitsiyaga 15 mingdan ziyod imzo to‘plandi.
Xabarlarga ko‘ra, 17 yoshli Jasurbek Ibragimov 3 may kuni o‘z kursdoshlari tomonidan shafqatsiz kaltaklangan.
Og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan talaba 5 ta jarrohlik amaliyotini kechirgan va 1 iyun kuni joni uzilgan edi.
Voqea yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda norozilik aktsiyalari shiddat bilan davom etdi.
Noxush fojea tafsilotlari minglab yuzerlar tomonidan Telegram, Feysbuk, Odnoklasniki, Vkontakte ijtimoiy tarmoqlari bo‘ylab tarqatildi.
Jumladan Mariya Legler nomidan change.org tarmog‘ida 3 iyunda e'lon qilingan, o‘n besh ming imzo ko‘zlangan petitsiyani qo‘llovchilar soni hamon o‘sishda davom etmoqda.
Eltuz ushbu maqolani nashr qilayotgan vaqtda ushbu aktsiya ishtirokchilari soni 15 405 nafarga yetdi.
Bu o‘zbek segmentida qisqa muddat ichida eng ko‘p imzo to‘plangan elektron petitsiyadir.
Eltuz.com