Asosiy mavzular
15 iyun 2017

Alisher Taksanov: «Tashqi ishlar vazirligidan ochiq muloqotni kutmang»

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning dipmissiya xodimlari va raxbarlari bilan birgalikda rejalagan xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti kutilmoqda. Vazirlik saytida muloqotning 5 iyul kuni videokonferentsiya shaklida 14.00 dan 16.00 ga qadar bo‘lishi bildirilgan.

Kutilayotgan muloqot yuzasidan Eltuz nashri O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi (TIV) sobiq mulozimi, bugungi kunda Shveytsariyada yashayotgan siyosiy publitsist Alisher Taksanovdan intervyu oldi.

Alisher Taksanov va marhum prezident Islom Karimovning o‘g‘li Pyotr Karimov. 2000 yil, Moskva

Sizningcha, Abdulaziz Komilovning xalq bilan muloqoti nimani anglatadi?

Men Komilov rejalagan muloqot – O‘zbekistonda yangi oshkoralik va «qayta qurish» davrining boshlanishi bo‘ladi, deb aytmagan bo‘lardim.

Chunki, Tashqi ishlar vazirligi (TIV) idorasining o‘zi shaffoflikdan mutlaqo yiroq. U odamlarning huquqlarini, himoya darajasini cheklaish, ayni paytda chet elda ayg‘oqchilik, muxolifatga qarshi faoliyatni ko‘zlovchi idoradir. Shuni unutmaslik joiz, diplomatlarning 30% dan ortig‘i — MXX xodimlaridir.

Ularning maqsadi josuslik va rezidenturani boshqarish, shu yo‘lda diaspora bilan ish olib borishdir.

Bundan tashqari, so‘nggi yillarda bu idora bir qator korruptsioner amaldorlarning diplomatik himoyasini ta'minlab, ularning nolegal mablag‘larini chegaradan o‘tkazish, aktivlarini g‘arb banklariga yashirish bilan shug‘ullanib keldi.

Albatta, TIV bu ishlarni yakka o‘zi emas, boshqa vazirlik, bank va moliya idoralari amaldorlari bilan birgalikda amalga oshirdi. Boshqacha ta'bir bilan, Komilov diplomatik himoyadan foydalanib «qora» missiya bilan shug‘ullandi va buning uddasidan chiqdi.

Umuman, siz eski karimov davri kadrlari o‘zgaradi deb o‘ylaysizmi?

Tashqi ishlar vazirligi, Islom Karimov andazasi bo‘yicha shakllangan idora. Bu andaza o‘zgarmas ekan, uning kadrlari ham o‘zgarmaydi. Bu kadrlarni tanlashdan tortib, ularning, jumladan horijiy vakolatxonalarning ish yo‘riqnomalarini belgilashni o‘z ichiga oladi.

Komilov masalan hech qachon, nima uchun Islom Karimovning to‘ng‘ichi Gulnora – O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi va BMTning Jenevadagi vakili bo‘laturib tijorat bilan shug‘ullangani va diplomat turmush tarzidan ko‘ra ancha nokamtar hayot kechirgani, uning 18 mln. frank turadigan villasi, Shveytsariya banklarida muzlatilgan 900 mln. frank mablag‘lari haqida izoh bermadi.

Shuningdek, Karimovning kenjasi Lola Tillaevaning YuNYeSKOdagi O‘zbekiston elchisi bo‘laroq Frantsiyada ishlashiga qaramay, 90 foiz ish vaqtini AQShda o‘tkazishi haqida ham izoh bergani yo‘q.

Komilovning o‘zidan o‘zgarishlarni, shuningdek, uning horijdagi mulklari haqidagi javobni ham kutish behuda.

Masalan, nima uchun u, O‘zbekiston vatandoshi va vaziri bo‘laroq, Moskva propiskasiga ega, Rossiyaga tashrifi chog‘ida esa u o‘zining Tversko-Yamskiy 7-dagi kvartirasida emas, balki qimmatbaho mehmonxonalarda to‘xtaydi?

Nima uchun uning o‘g‘li boshqa davlat vatandoshi, buning ustiga O‘zbekistondan tijorat manfaatini ko‘zlagan Gazprom tizilmasidagi lavozimni egallaydi?

Bu yerda uning erkatoyi orqali biror g‘arazli maqsad ko‘zlanmaganmi?

U holda, Komilovning ochiq muloqotni rejalashiga sabab nimada?

Men bu muloqotda ochiqlik bo‘ladi deya hisoblamayman.

Komilovning stoliga kelib tushadigan barcha savollar filtrlanadi. U yerda keskin va noqulay savollarni kutmang, ular ovozlantirilmaydi.

Vazir shunchaki ochiqlik va liberalizmga o‘ynab beradi, biroq aslida u na mamlakatda va na o‘z idorasida demokratik islohotlar qilishni istaydigan odam emas.

O‘zingiz o‘ylang, diplomatik xizmatni u boshqargan yillar davomida qo‘shnilar bilan taranglik yumshagani yo‘q, aksincha murakkabliklar ortganidan ortdi.

Biz atrofimizda amalda ishonchsizlik va begonalik zonasini yaratdik. Ikkiyuzlamachilik, passivlik, maydakashlik va g‘irromlik – mana Komilovning qanday yaqqol alomatlari bor.

TIV idorasi MXX qoshidagi tizilmaga aylandi, garchi razvedka va diplomatiyaning vazifalari va ish uslublari bir xil emas.

Vazir masalan, nima uchun shved ilmiy jurnaliga meni emas, balki o‘ziga qarashli o‘quv yurti – UMED rektori akkreditatsiya qilgani haqidagi savolga javob bermadi.

Bir necha oylar muqaddam berganim, Gulnoraning professor unvoniga oid savolimga ham vazir javob bergani yo‘q.

O‘n yil davomida O‘zbekiston xorijiy matbuot uchun yopiq mamlakatga aylantirildi.

Mustaqillik arafasida ochilgan ko‘plab korpunktlar mamlakatda ortiq faoliyat ko‘rsata olmadi.

Ehtimol bunday savollar ko‘pdir? Biroq, aslida, Komilov qaysi savollarga javob berganini ham biz bilmaymiz

Shaxsan Abdulaziz Komilov haqida yana nimalarni aytgan bo‘lardingiz?

Abdulaziz Komilov — bu korruptsion sxemalar bo‘yicha, nepotizm, aymoqchilik, qasd olish, yopiq harakatlanishga o‘rgangan «eski gvardiya»ning odami.

Odamlardagi asosiy sifat alomati ular uchun professionalizmda emas, yirik amaldorlarga va moliyaviy aktivlarga yaqinlikda bo‘lib kelgan.

Uning akasi, darvoqe, TIVda ishlagan, buning ustiga horijdagi qora ishlari bilan tanilgan shaxs edi.

Komilovning kriminal avtoritetlar Salimboy va G‘afurlar bilan ham aloqalari qayd etilgan, bu esa uning to‘g‘ri odam ekanini savol ostiga qo‘yadi.

Komilov TIVni «ari uyasi»ga aylantirdi, u yerda chaqimchilik va tuhmatlar oddiy hol bo‘lib qoldi.

Tabiiyki, u tanlagan kadrlar horijda yashayotgan va ishlayotgan yurtdoshlarimiz bilan ishlay olmasdi.

Ular odamlarning muammosini yechish va yordam berishni emas, ular bilan aloqaga chiqishdan qochishga, ya'ni tayinlangan mamlakatda o‘z vaqtlarini murakkablashtirmasdan o‘tkazishga harakat qilishdi.

Sizningcha o‘tadigan muloqotdan nimalarni kutish mumkin?

Nimaniyam kutardik? Ochiq «Virtual qabulxona» – bu xalq bilan real muloqot o‘rnatish istagidan emas, balki majburiylikdan, xo‘jako‘rsin uchun ko‘rilgan bir tadbir.

O‘n yil davomida Rossiyadagi o‘zbek gastarbayterlarining muammolari ancha yig‘ilib qoldi — ularni elchixona yechdimi? TIV ularga nima yordam berdi?

Birgina pasportlar almashuvining o‘zi diplomatik xizmatning passiv va inertligini namoyish qildi, garchi bu vatanlaridan yiroqda yashayotgan millionlab hamyurtlarni shokka soldi.

Elchixonaga yoki konsullikka tashrif nima bilan yakun topishi haqida, Internetda o‘qish mumkin, va bu ishi yo‘riqnoma tarqatish va tegishli buyruqlarni berish bo‘lgan tashqi siyosiy idora raxbariga sirayam sharaf keltirmaydi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
19 dekabr 2022
Amerikada o‘zbek zo‘ravon, 38 yashar Akmal Narziqulov 20 yilga qamaldi. Soxta prava yasash, prava imtihonini soxtalashtirish, odam o‘g‘irlash va ...
9 avgust 2023
Bir xil alkashlar aroqqa to‘ygach, hovlidagi so‘ri yoki ayvonda kelini, qizi ko‘zi o‘ngida bitta yupqa ishtoncha – trusida uxlaydi, ...
29 noyabr 2021
Tarmoqlarda yalang‘och videosi tarqalgani ortidan Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani hokimligi binosida 3 dekabr kuni bo‘ladigan yig‘ilishda 43 yoshli deputat ...
6 avgust 2024
Xizbullox Isroilga raketalar bilan hujum qildi. Britaniyada migrantlarga qarshi namoyishlar avj oldi. Rossiyada 11 yashar qizchani zo‘rlamoqchi bo‘lgan o‘zbek qo‘lga ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...