Asosiy mavzular
12 iyul 2017

Jazirama slogani: O‘z termometringga ishon!

Andijonda havo harorati ko‘tarilgan sayin odamlar favvoralar yoni va suv bo‘ylariga o‘zini urmoqda, ob havo darajasi haqidagi rasmiy ma'lumotlarga ishonishmayapti. Foto: feysbukdagi uzmdk sahifasidan

Ayrim shaharliklarning aytishicha, uylardagi termometr ko‘rsatkichi havo haroratini +52 daraja ko‘rsatgan.

«Keyingi 3 kun nihoyatda issiq bo‘ldi. Nafas olish juda qiyinlashib ketdi. Hatto tunda ham ventilyator yoqib yotishga majbur bo‘lyapmiz. Bugun ertalab shamollaganimdan ovozim bo‘g‘ilib qolibdi», deydi shahar markazidagi uylardan birida yashovchi Shahnoza.

Issiq urib kasal bo‘lganlar ko‘paydi

Jazirama ob-havo sharoiti odamlarni ancha qiynab qo‘ygani kuzatildi.

Yuqori haroratdan ayniqsa yoshi kattalar, qon bosimi yuqori bo‘lgan bemorlar va nafas qisishidan aziyat chekuvchilar qiynalishmoqda.

Shifokorlarning aytishlaricha, jazirama ob-havo aholi orasida o‘tkir ichak kasalliklari, shuningdek shamollash-tumov, yo‘tal, angina kasalliklarini keng tarqalishiga ham olib kelmoqda.

«Hozir deyarli har bir xonadonda bemor bor, Har yili yoz mavsumida deyareya, dezinteriya kabi o‘tkir ichak kasalliklari ko‘p kuzatilsa, bu yil ular qatoriga o‘tkir respirator kasalliklari ham kelib qo‘shildi. Odamlar buni gripp deb atashyapti. Aslida gripp emas, shamollash bilan bog‘liq kasalliklar. Havo o‘ta isib ketganidan terlab turib muzdek ichimlik ichish, terlagan holda sovitgichni yoqib o‘tirish bilan odamlar shamollayapti» deydi deydi shifokor D.N.

Toyloqovdan qolgan idora yolg‘on aytmoqda

O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati respublikadagi uch kunlik ob-havoni bashorat qilar ekan, 6 iyuldan 9 iyulga qadar ayrim joylarda havo harorati +45 darajagacha ko‘tarilishini e'lon qilgandi.

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida ishlovchi manbaning aytishicha, ularga bunday ob-havo 15 iyulgacha saqlanib turishi haqida ma'lumot kelgan. Ayniqsa 11-12 iyul kunlari harorat yanada oshishi mumkin.

«Televizorda +45 daraja deb beryapti, ammo bu real ko‘rsatkich emas, Kuni kecha Koreyada ishlovchi o‘g‘lim qo‘ng‘iroq qilgandi. Koreya OAV lari O‘zbekistondagi havo haroratini +58-60 daraja atrofida deb berayotgan emish. Shunga o‘g‘lim bizdan juda xavotirlanibdi» deydi yana bir vatandosh.

U qon bosimi yuqori bo‘lgani uchun xotinini toqqa, sihatgohga jo‘natib yuborganini aytadi.

Vazirlikdan SMS

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi har bir fuqaroning qo‘l telefoniga kunning o‘ta isib ketishi haqida ogohlantirib maxsus SMS-xabar jo‘natmoqda.

Shuningdek, mahalliy OAV larida issiqdan qanday qilib saqlanish borasida chiqishlar qilinyapti.

Biroq aholining e'tiroz bildirishicha, mamlakat vatandoshlari ob-havo borasidagi haqiqiy raqamlarni bilishga haqli. Yuqori haroratni pasaytirib ko‘rsatish bilan Gidrometereologiya markazi el ishonchini yo‘qotmoqda.

«Havo harorati yuqori bo‘lgan vaziyatda davlat tashkilotlarida ishlayotgan ishchi xodimlarga imtiyozlar ajratilishi kerak bo‘ladi. Bepul sut mahsulotlari, toza ichimlik suvi, qisqartirilgan ish kuni va xokazo. Shu sababli bizda yuqori haroratni pasaytirib ko‘rsatish xolatlari bor» , deydi FV boshqarmasida ishlovchi manba.

Termometr savdosi avjida

Ayni kunlarda bozordagi maxsus hududda sotiluvchi termometr (havo haroratini o‘lchovchi asbob) ancha taqchillashgan. Ko‘pchilik shahardagi yo‘lchiroqlar ustiga o‘rnatilgan termometrlarga ishonmayotgani sababli, bunday asbob o‘z ro‘zg‘orida bo‘lishini istamoqda.

Yoshi ulug‘ bir otaxonning aytishicha issiq ham sovuq ham 3 kun. Ya'ni o‘ta issiq kunlardan so‘ng havo salqinlashib yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Shohida Saidova
Andijonlik muallif tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
24 noyabr 2023
– Mana xafta zuvv etib aylanib yana siz bilan yuzma yuzman. MS: Ovong og‘o, bugun beshlanjiy gun. Gurungni sizdan ishitamiz. ...
3 yanvar 2020
Yozuvchi Nabijon Boqiy oshkoralik siyosati sharofati bilan 80 yillarda O‘zbekistondagi KGB arxivlariga kirishga muvaffaq bo‘lgan edi. Ayni hujjatlar asosida ...
11 aprel 2017
Stokgolm hujumchisi samarqandlik Raxmat Aqilov telefonidan chiqqan so‘nggi SMSlar odamni junbushga soladi. «Yomon, bir nechtasinigina bosdim xolos. Mashina boshqa ...
8 mart 2018
1910 yili nemis kommunisti Klara Tsetkina 8 martni ayollar kuni sifatida nishonlashni taklif qildi. Ya'ni bu kun ayollar va ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...