Qadimiy asarlarni o‘g‘irlagan o‘zbek ayol Turkiyada qo‘lga olindi
13 iyul kuni Izmirning Dikili tumanida qadimiy Rim davriga oid tarixiy asarlarni o‘g‘irlab ketayotganlikda ayblangan O‘zbekiston vatandoshi bo‘lgan N. A ismli ayol qo‘lga olindi.
Hurriyet gazetasiga ko‘ra, mahalliy politsiya Dikilining Jondorli mahallasida O‘zbekiston vatandoshi bo‘lgan ayolning tarixiy yodgorliklarni o‘g‘irlab mamlakatdan olib chiqib ketmoqchi bo‘lgani haqidagi xabar ortidan qo‘lga olish harakatini boshlagan.
Ayol qo‘lga olinganida uning yonidan 20 ta qadimiy tanga, uzuk va qirol boshi shaklida yasalgan qadimiy haykalchalar topilgan.
Qadim Rim davriga oid bu asarlar Bergama Muzeyiga qaytarildi.
O‘zbekistonlik ayol tergov paytida tarixiy asarlarni merdinlik bir kishidan olganligini iddao qilmoqda.
Ayol tarixiy asarlarni o‘g‘irlashda gumon qilinib sudgacha hibsga olingan.
Eltuz.com