Asosiy mavzular
21 iyul 2017

Terrorchiga yordam berganlikda gumonlangan o‘zbek Daniyada qo‘lga olindi

Joriy yil boshida Turkiyadagi Reina tungi klubiga hujum qilib 39 kishini o‘ldirgan Abduqodir Masharipovga ko‘mak berganlikda gumonlangan 42 yosh, Ibrohimjon Asqarov(ba'zi nashrlarda İbrahimjon Asparov) Turkiya talabiga ko‘ra, Daniyaning Vayle (Vejle) shahrida qo‘lga olindi.

Kuzey.dk nashriga ko‘ra, O‘zbekiston hamda Daniya vatandoshi Ibrohimjon Asqarov ilk etapda 4 haftaga hibs qilingan.

Istanbuldagi Reina tungi klubini 2017 yilning ilk soatida qonga botirgan va IShID jangarisi sifatida qamoqqa olingan Abduqodir Masharipovga qurol bergan “Daniyalik Ibrohim” kod ismi bo‘lgan va terror tarmog‘i a'zosi deya gumonlangan Ibrohimjon Asqarov oldinroq Daniyada qo‘lga olinib, qo‘yib yuborilgan edi.

Ibrohimjon Asqarov Andijondan. Turkiya ekstraditsion talabida aytilishicha, Daniyada 2008 yilda boshpana olgan. Ruminiya orqali 2005 da Daniyaga kelgan qarindoshlarioga qo‘shilgan. O‘zbekiston vatandoshi. Hali Daniya pasportini olmagan.

Turk nashrlarining tergov hujjatlariga tayanib yozishicha, Ibrohimjon Asqarov terror amali yuz bergan paytda Istanbulda bo‘lgan va voqeadan so‘ng, Daniyaga qochib kelgan.

Daniya nashrlarining yozishiga ko‘ra, iyun oyida Daniya milliy xavfsizlik idorasi PET Ibrohimjon Asqarov borasida surishtiruv o‘tkazgan.

Surishtiruv asnosida, yetarli isbotlar bo‘lmagani bois Asqarov ochiqda qolgan. Ammo iyul oyiga kelib, rasmiy Anqara Asqarov borasidagi batafsil hujjatlarni Daniyaga jo‘natgani ortidan Asqarov sudga tortilgan.

Sharqiy-janubiy Yutland (Jutland) politsiyasi ayblovchisi Dorshe Moller Andersen (Dorthe Möller Andersen) mahkama jarayonida so‘z olib “Asqarov joriy yil Reina tungi klubiga qarshi uyushtirilgan terror hujumiga aloqadorlikda ayblanib, Turkiya talabiga ko‘ra qo‘lga olinganligini “ urg‘uladi.

Asqarov terror hujumida qo‘llanilgan qurol-yarog‘larni Masharipovga berganlikda ayblanmoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
14 avgust 2018
Bugun eltuz.com satirasida rassom Tuz qirg‘iz-o‘zbek chegarasidagi yashirin tunneldan o‘tishga majbur bo‘layotgan kelinlar muammosini aks ettiradi. Ota-onasini ko‘rish uchun ...
20 may 2016
O‘zbekiston prezidentining Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi farmoni butun mamlakatni «to‘lqinlantirib» yubordi. Har holda ...
16 noyabr 2017
Sal avvalroq o‘zbek matbuotida Mehnat vazirligi va Migratsiya agentligi mas'ullari Rosssiyaga safar qilib, ko‘plab uchrashuvlar o‘tkazgani, bo‘lajak migrantlar uchun ...
10 may 2019
Rassom Tuz
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...