Men Vatanga qayta olmayman
Shoir Yusuf Rasul 1971 yil Tojikistonning Panjikent tumanida tug‘ilgan. 1993 yilda ToshDuning jurnalistika fakultetini tamomlagan. O‘zbek vaqtli matbuotidab Bi-Bi-Si, «Amerika ovozi». «Urush va tinchlikni yoritish» institutlarida ishlagan. «Ko‘ngildagi masofa» she'rlar to‘plami muallifi. Ayni paytda Shvetsiyada yashaydi.
Men Vatanga qayta olmayman,“Qaytaylik” der o‘g‘lim o‘ksinib.
“Qaytaylik” der ko‘nglim xo‘rsinib…
Men Vatanga qayta olmayman.
O‘z o‘zimni kunlar aldayman,
O‘z o‘zimni tunlar avrayman:
“Bir kun kelar senga yarayman”.
Men Vatanga qayta olmayman…
Tushlarimda o‘lgan bolalar,
Ko‘z o‘ngimda mazlum onalar,
Andijonni tutgan nolalar,
Men Vatanga qayta olmayman.
Muhojirman, harif afkom yo‘q,
Qaytmoqlikka biror imkon yo‘q,
Qolar bo‘lsam dilda bir kom yo‘q,
Men Vatanga qayta olmayman.
Video: https://youtu.be/g4Qq66Su1KI
Yusuf Rasul
Ozodlik oxanglari
Eltuz.com