Asosiy mavzular
6 noyabr 2016

Abdulla Oripovning janozasi amerikada o‘qildi

Shanba ertalab joni uzilgan Abdulla Oripovning janozasi o‘sha kuniing o‘zidayoq Xyuston shahridagi masjidda o‘qilgan. Eltuz.com manbasiga ko‘ra AQShdagi O‘zbekiston elchixonasi xodimlari janozada ishtirok etmagan. AQSh dagi O‘zbekiston elchixonasi xodimlarining dushanba kuni Oripovning yaqinlari bilan uchrashuvi haqida ma'lumotlar bor.

AQSh da vafot etgan O‘zbekiston qahramonining jasadi seshanba kuni O‘zbekistonga olib ketilishini ham Eltuz.com manbalari tasdiqladi. Manbalarga ko‘ra¸ shanba va yakshanba kunlari o‘lik jo‘natishga mutasaddi tashkilotlarning ishlamasligi mayitning O‘zbekistonga yuborilishini paysalga solgan.

O‘zbekiston rasmiy matbuoti va teleradiokanallarida shoirning o‘limi yuzasidan ta'ziya shanba va yakshanba kunlari bildirilmagan. Ba'zi yarim rasmiy internet saytlarini hisobga olmaganda o‘zbek matbuoti shoirning o‘limi haqida ikki kundan beri sukutda.

Ayni paytda shoirning Do‘rmondagi hovlisini Toshkent shahri bilan bog‘lovchi yo‘lda obodonchilik ishlari ketmoqda. Yo‘l asfalt qilinib atroflarga gullar ekilgan.

Eltuz.com manbasiga ko‘ra Oriopvning Toshkentdagi uyiga muvaqqat prezident Shavkat Mirziyoev kelish ehtimoli bois bu ishlar qilinmoqda.

Ayni manbaning aytishicha¸ muvaqqat prezident dohil o‘zbek rasmiylari imzo chekkan rasmiy ta'ziya dushanba kuni televideniya orqali eshittiriladi.

O‘zbekiston qahramoni Abdulla Oripov Toshkentdagi chig‘atoy qabristoniga dafn qilinishi haqida ma'lumotlar bor.

O‘zbekiston Xalq shoiri, O‘zbekiston qahramoni Abdulla Oripov 5 noyabr kuni ertalab AQShning Xyuston shahrida 75 yoshida vafot etgan edi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, vazirlik marhumning oilasi va yaqinlariga samimiy hamdardlik izhor etgan.

“Marhumning jasadini O‘zbekistonga olib kelishga va o‘z vatanida dafn qilishga qaror qilgan Abdulla Oripovning oila a'zolariga yordam berish uchun O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi Elchixonasiga konsullik va boshqa masalalarni zudlik bilan hal qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘rish to‘g‘risida ko‘rsatma berildi”, deyiladi xabarda.

Ammo boshqa davlat saytlari xamon jim.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 oktyabr 2020
Korruptsiya va nepotizm botqog‘iga botganlar, yetim haqini yeganlar, o‘g‘ri va firibgar mulozimlar, eshiting, revizor kelmoqda! U sizni fosh qiladi. ...
8 aprel 2015
Toshkentla “Style.uz” san'at haftaligi o‘tmoqda – prezident to‘ng‘ich qizining dabdabali ermagi, ayni paytda esa paxta dalalarida bolalar o‘lmoqda, deya ...
1 iyul 2022
Qullik zehniyati nima degani, bilasizmi? Birgina qorni uchun ajnabiyga tobe bo‘lgan xalqda qullik zehniyati bor. Misol uchun, «Mustaqillik bizga ...
26 oktyabr 2020
Ijtimoiy tarmoqlarda populistlar tomonidan Frantsiya mahsulotlariga boykot e'lon qilish haqida chaqiriqlar paydo bo‘lmoqda. Kelinglar, bu tadbirdan kimga qanaqa zarar ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...