Asosiy mavzular
18 sentyabr 2017

Xorazm. O‘qituvchi va shifokorlar asosiy terimchilarga aylanishdi

Xorazm viloyatida ommaviy paxta terimi 10 sentyabrdan boshlab yuborilgan. Viloyatdagi “Najot” Inson huquqlari tashkiloti tarqatgan xabarga ko‘ra, paxta terimiga asosan tibbiyot maskanlari va ta'lim muassasasi xodimlari, turli davlat byudjetidagi korxona va tashkilotilarning vakillari majburiy ravishda jalb qilingan.

“Ularning har biriga “Men paxta terimiga o‘z ixtiyorim bilan hasharga yordam berish maqsadida chiqayapman” degan ma'nodagi tilxat yozdirib olinmoqda”, deya yozadi “Najot” tashkiloti raxbari Hayitboy Yoqubov 17 sentyabrda tarqatgan xabarida.

Shuningdek u, har kuni kechasi bo‘ladigan hokimlik majlislarida, terim kampaniyasini uddalamagan rahbarlarni ishdan bo‘shatish tahdidlari yangrayotgani, ular “hammaning oldida turg‘azib qo‘yilib” izza qilinayotganini, bildiradi.

“Najot” tashkiloti, terim kampaniyasi davrida, Xiva tumanidagi “Yangiobod” shaharchasi mahalla raislari Oziq-ovqat do‘konlarini berkitib qo‘yishgani, Yangiarik, Bog‘ot, Xonqa va Xazorasp tumanlarida terimchilar 15 kunlik pullarini olisholmayotgani, 8-10 km uzoqlikdagi dalaga terimchilar piyoda qatnashayotgani, sifatsiz ichimlik suvi bilan bog‘liq shikoyatlar kelib tushganini qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati Vazirlar Mahkamasining shu yil 8 avgust qaroridan iqtibos keltirib: «2017 yilgi paxta yig‘im-terimiga voyaga yetmagan yoshlar, shu jumladan, tashkilotlar, sog‘liqni saqlash va maorif tizimi xodimlarini jalb qilish mutlaq taqiqlanadi» deya bayonot bergan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
29 may 2018
Favqulodda vaziyatlar va sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiylari tuz bo‘ronidan jabrlangan Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatiga uchib kelishdi. 29 may kuni ...
7 aprel 2022
Apparell Insider nashri uchun maxsus yozilgan ushbu maqolada O‘zbekiston inson huquqlari forumi vakili Lin Shvaysfurt O‘zbekiston paxtachiligida tizimli majburiy mehnat tugatilishi muhim voqea bo‘lsa-da, inson huquqlari bilan ...
13 iyul 2016
Turli nashrlar va ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbeknavo raxbari Farhod Jo‘raevning xonandaga sahnaga chiqish emas, ruhshunosga uchrash tavsiyasini bergani haqidagi xabar ...
6 noyabr 2024
Calom qadrli eltuz kanali kuzatuvchilari. Bugun sizga yetkazmoqchi bo‘lgan murojaatlarimiz: mikroqarz uchun hokim yordamchisidan tafsiya ololmayotgan, itboqar qo‘shni ayol dastidan, ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...