Asosiy mavzular
3 oktyabr 2017

A'zam Farmonov qamoqdan ozod etildi

3 oktyabr kuni, o‘n yildan ortiq hibsda saqlangan sobiq inson huquqlari faoli 38 yashar A'zam Farmonov qamoqdan ozod etildi.

Sobiq mahkumning umr yo‘ldoshi Ozoda Yoqubova bilan soat 14:15 da gaplashgan «Eltuz» muxbiri, A'zam Farmonovning huquq himoyachisi Abdurahmon Tashanov hamrohligida uyiga qaytayotganini bildi.

«Quloqlarimga ishonmayman, sabrsizlik bilan kutib o‘tiribman» dedi erini o‘n yildan ortiq kutgan Ozoda Yoqubova.

O‘zbek kontslageri deb nom chiqargan “Jasliq” qamog‘ining sobiq mahkumi A'zam Farmonov 2006 yilning 29 aprelida hibsga olingan edi.

O‘zbekiston inson haqlari jamiyatining Sirdaryo viloyat bo‘limi raisi bo‘lgan A'zam Farmonov, o‘z hamkasblari fikriga ko‘ra, qaynatasi Tolib Yoqubovning ijtimoiy faoliyati sabab qamalgani aytiladi.

Rasman esa u 300 dollarga yaqin miqdordagi “ta'magirlik”da ayblanib, 9 yil ozodlikdan mahrum etilgan edi.

2015 yil aprelida uning muddatiga tag‘in besh yil qo‘shib berilgan, Xalqaro Amnistiya tashkiloti A'zam Farmonovni vijdon mahkumi deb e'tirof etgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 aprel 2017
18 aprel kuni Qirg‘iziston prezidenti Almaz Atambaevning 20 yashar kenja qizi Aliya Shagievaga tegishli «Feysbuk» va «Instagram» ijtimoiy tarmoqlaridagi ...
23 avgust 2017
Muhammad Solih shoir va siyosatchi. 1949 yil 20 dekabrda Xorazmning Urganch tumanida dunyoga kelgan. Toshkent Davlat Universitetining jurnalistika fakulteti ...
21 may 2023
Maktabning tashkilotchilari to‘g‘risida ma'lumot: Mulla Bekjon Raxmon o‘g‘li 1887-yilda Xivada ma'rifatli oilada tavallud topdi. Uning otasi Rahmonbergan mahram Xiva ...
Bloglar
9 may 2025
Xitoy, Turkmaniston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Belarus, Mongoliya, O‘zbekiston, Vetnam, Laos, Misr rahbarlari Moskvadagi “G‘ALABAFURUSh” paradida imperiyachi ...
30 aprel 2025
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
8 aprel 2025
Boshqirdistonning Ay Yola musiqa guruhi yaratgan Homay qo‘shig‘i turkiy xalqlar superxitiga aylandi va Shazam reytingi ...