Asosiy mavzular
19 dekabr 2017

Andijonda yig‘ilishlarga video yoki ovoz yozish uskunasi kiritish taqiqlandi

Andijon viloyati hokimligida ishlovchi manbaning «Eltuz» nashriga 18 dekabr kuni bergan ma'lumotlariga ko‘ra, endi hokimlikda bo‘lib o‘tadigan har qanday yig‘ilishdan oldin qatnashchilarning telefon, kamera, diktofon kabi ovoz yozib oluvchi qurilmalari olib qo‘yiladi.

Kuni-kecha viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishdan oldin qo‘riqlash xizmati xodimlari har bir qatnashchini birma-bir tekshiruvdan o‘tkazgan.

Dastlab Andijon shahri hokimligiga yozish vositalari bilan kirish taqiqlangandi

«Postda turgan militsiya xodimlari har bir fuqaroni maxsus apparat bilan tekshirib, hatto ayollarning kosmetika vositalarini ham sinchiklab tekshirib, so‘ng ichkariga qo‘yyapti.

Faqat daftar bilan ruchkaga indamayati, xolos. Menimcha, bu rahbarlarning gap-so‘zlari internetga chiqib ketmasligining oldini olish uchun bo‘lsa kerak», – deydi manba.

Shu yilning 16 oktyabr kuni shahar hokimi, xalq deputatlari Andijon shahri kengashi raisi Dilmurod Rahmatullaev yig‘ilishda shahardagi qator ta'lim muassasalarining rahbarlarini nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilganligi haqidagi audioyozuv internet tarmoqlariga tarqalgandi.

«Kun.o‘z» saytiga bu audioyozuvni jo‘natgan shaxs majlisda bevosita ishtirok etgan hamda telefon yoki diktofon orqali hokimning ovozini yozib olgan.

Shu voqeadan so‘ng shahar hokimi Dilmurod Rahmatullaevga nisbatan prokuratura ish ochganligi ma'lum qilingandi.

«Kechagi kungi yig‘ilishda viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov shahar hokimi Rahmatullaevning yonini oldi», – deydi bizga ma'lumot bergan manba.

U o‘z gaplarida “Rahmatullaev ishlayotgan edi, senlar hech biring ishlamayapsan, qotib o‘tiribsan, u ishlayapti. Endi bunday bemazagarchiliklarga (audioyozuvni nazarda tutgan) yo‘l qo‘yilmaydi”, deb aytdi. Afsuski, uning ovozini yozib olish uchun yonimizda hech qanday vosita yo‘q edi.

Yig‘ilishlarda tez-tez ishtirok etuvchi tashkilot rahbarlaridan birining so‘zlariga qaraganda, ular hokimlardan haqorat, so‘kish eshitaverib o‘rganib qolganlar.

“Bunday haqoratlarni ko‘tara olmaganlar yo infarkt bo‘ladi, yo ishdan bo‘shaydi. Rahbar bo‘lib ishlashga rozi bo‘lgan odam har qanday holatga tayyor turishi, hayotini sug‘urta qildirib olishi kerak!”, – deydi u.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 oktyabr kuni viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishdan so‘ng Ulug‘nor tumani hokimi Asilbek Yusupov to‘satdan vafot etgan edi.

Shifokorlarning ma'lumotlariga ko‘ra, tuman hokimi infarktni boshidan o‘tkazgan.

O‘shanda yig‘ilishda qanday gap-so‘zlar bo‘lganligi ommaga hanuzgacha noma'lum bo‘lib qolmoqda.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, viloyat hokimligi yig‘ilishlari har safar tushdan so‘ng boshlanib, tungi 23-24 larga qadar davom etadi. Majlislarda viloyat rahbari hatto ayollarni ham ayab o‘tirmasligi, nafsoniyatiga tegadigan gaplar bilan hammaning oldida izza qilishi odatiy holga aylanib qolganligi aytilmoqda.

«Endi bu gaplarning hammasi devorning ortida qolib ketadi, hech kim hech narsani isbot qila olmaydi, hokimlar o‘zlarini ihotalashni uddasidan chiqishdi», – deydi manba.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
21 may 2017
Turkiyaning Istanbul shahri Fotih tumani Qumqopi mahallasida 35 yashar O‘zbekiston vatandoshi Dildora Inomovani o‘ldirib jasadini musorga tashlagan muhtamal qotil ...
12 oktyabr 2024
Bosh vazir Abdulla Aripovning Toshkentdagi «Do‘stlik» bog‘ini shubhali chastnik tijoratchilarga sovg‘a qilgani haqida shikoyat keldi. Shikoyat rus tilida bo‘lib, ...
28 sentyabr 2017
Andijon shahrida, mahalla faollari gaz ballon berish va'dasi bilan odamlarni paxta terimiga jalb qilishmoqda. «Eltuz» muxbiriga ko‘ra, Andijon shahridagi ...
18 dekabr 2018
Sizga omad tilayman, azizim. Oddiygina omad. Ko‘chada ketyapsiz, sizni moshina bosib ketmadi. Tasodifan o‘rmonda murdani ko‘rib qolib politsiyaga xabar ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...