Asosiy mavzular
9 sentyabr 2018

Imom Fazliddin Parpiev tezisdan chiqqani uchun ishdan olindi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi «Omina» jome masjidi imom-xatibi Fazliddin Pardaev ishdan olindi. O‘zbekiston musulmonlar idorasining «Eltuz»da mavjud bo‘lgan 675-buyrug‘iga ko‘ra, 8 sentyabr kuni imom vazifasidan bo‘shatilgan. Hujjatga ko‘ra, imom «Odob komissiyasi»ning yig‘ilish majlisi qaroriga asosan bo‘shatilgan.

Rasmiy buyruqda imomni ishdan olishga asos qilib, Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismi to‘rtinchi bandi, ya'ni «xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi yoki sog‘lig‘i holatiga ko‘ra bajarayotgan ishiga noloyiq bo‘lib qolishi» qayd etilgan.

32 yashar imom-xatib 7  sentyabr juma kuni soqol va hijob masalasida cheklovlarni qoralab, mulozimlarni prezident qarorlarini izchil bajarishga chaqirgan edi.

Buning arafasida O‘zbekistonda diniy mavzuda targ‘ibot yuritadigan o‘nga yaqin bloger qamoqqa olingandi. Lekin imom o‘zining juma va'zida blogerlarning qamoqqa olish mavzusiga aynan to‘xtalmagan. Bu chiqishidan keyin imom DXX va diniy idora mulozimlari bilan suhbatdan o‘tkazilgan edi. Juma va'zidan bir kun oldin imom Parpiev o‘z yaqinlariga va jurnalistlarga O‘zbekistondagi din bilan bog‘liq mavjud siyosatni tanqid qilish rejasi borligini bildirgan edi.

9 sentyabr kuni bir soatlik so‘nggi layf chiqishida Parpiev otasiga bosimlar bo‘lgani, «oilasi beqaror bo‘lgan»iga ishora qilib, oldingi chiqishlaridagi mavzuda boshqa gapirmasligini bildirdi.

«Bu mavzuda mendan boshqa biror layfvideo yoki hech bir boshqa fikr kutmanglar. Agar men bundan keyingi hodisalarga munosabat bildirmasam, menga malomat qilmanglar. Bundan buyog‘iga bo‘ladigan gaplarga meni aralashtirmanglar. Men bu vazifadan ozod etildim», dedi Parpiev.

«Omina» masjidi imomi Parpiev 7 sentyabr kungi videomurojaati hukumatning yagona maktab formasini joriy etishi va hijobga qo‘yilgan cheklovlarga noroziliklar kuchaygan paytga to‘g‘ri keldi.

Uning Toshkentdagi “Omina” jome masjidiga imom etib tayinlanganiga bir oy bo‘lgan edi.

Fazliddin Parpiev 2011 yilgacha Madina shahridagi Islom universtitetida o‘qigan, 2016 yili esa Toshkentdagi Imom Buxoriy Islom institutini tugatgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
6 noyabr 2019
O‘zbekistonlik inson haqlari faoli A'zam Turg‘unov 31 oktyabr kuni Pragada o‘tgan taqdimotda People in Need xalqaro tashkilotining «Jasorat» mukofotiga ...
7 mart 2020
“Straus House” muassisi tuyaqush olib  beraman deb odamlardan aldab olgan pulini timsoh sotib olish uchun sarflabdi. Ammo na timsohdan va ...
13 may 2019
Negadir keyingi paytlarda Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) haqida gap ketganida beixtiyor yodimga Buyuk Britaniya bosh vaziri Uinston Cherchillning mazmunan ...
6 aprel 2018
Toshkent shahri bosh imom-xatibi 60 yoshli Anvar Tursunov xalq orasida 16-gorbolnitsa deb aytiladigan Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish respublika ilmiy ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...