Asosiy mavzular
25 sentyabr 2018

Rauf Parfining Oybek muzeyidagi yubileyini «kontora» taqiqladimi?

Shunday qilib… bugun men Oybek uy muzeyiga, shoir va vatanparvar Rauf Parfining 75 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy kechaga bordim.

Frantsiya elchixonasi taklif qilgan, o‘zbek tilini o‘rgangan, o‘zbeklarga o‘zbek shoirlari haqida hikoya qilmoqchi bo‘lgan frantsuz adibining so‘zlarini eshitish ishtiyoqida.

Yopiq eshik oldida uzoq turdim, hech kim yo‘q. Parishonxotirlik qilib, kunni chalkashtirdim, deb o‘yladim. Aniqlash uchun qo‘ng‘iroq qildim. Menga tadbir bo‘lmadi, bekor qilishdi, deb aytishdi.

«Nimaga?» deb so‘rayman. Ruxsat berishmadi. Kim? Nima uchun? «Kontora»dagilar. Qanaqa kontora? Jimlik. Gap tamom.
Nimayam derdik. Gap yo‘q, kuchimiz ham yo‘q. Garchi mening uyim yonida bugun navbatdagi gamburger – do‘narxona ochildi.

Sershovqin musiqa, pufaklar, raqs, kabob hidi butun ko‘chani tutgan.
Odamlar xursand, qorni to‘q. Boshqa narsa bilan ishi yo‘q. Tirikchilik. Ajab bo‘libdi. U holda sira gapirmasa ham bo‘ladi. Men endi Rauf Parfi she'rlarining ma'nosini tushundim.

Ey sen, ona xalqim, loylarga botdim,
Pilla halovatning g‘ilofidan chiq.
Tiriklar yondirmang eski ma'voni,
Suvlarga bostirmang,
tiriklik bitar.
Havoni qizg‘onmang, ozod havoni,
Mendan rozi bo‘ling, tiriklar,
Do‘st-yor, bir chimdim mehringiz
olib ketarman.

Umida Haqnazar
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
3 iyul 2020
Hafta aylanib yana sizlar bilan yuzlashganimdan mamnunman. Suhbati chor – anda mazza bor, deyishadi. Sizlar esa yuz minglarsiz. Shuncha ...
4 yanvar 2016
Qudrat Bobojon Eltuz.com Eltuz manbalariga ko‘ra janozada ortiqcha gap so‘z bo‘lmasligini MXX zobitlari maxsus nazorat qilgan. O‘z TV diktori ...
7 iyun 2016
O‘zbekiston telekanallarida mamlakat iqtisodiyotining «qudrati», «imkoniyatlari», dunyoda salkam eng rivojlangan ekani to‘g‘risida eshitsangiz ajablanmang. Chunki 20 yildan oshdiki, faqat ...
11 yanvar 2021
Surxondaryoda hayvonot bog‘i xodimlari kiyik go‘shtini Yangi yil dasturxoniga tortmoqchi bo‘lishgani borasidagi ayblovlarni Termiz shahri prokuraturasi o‘rganmoqda.  Prokuratura “Eltuz” ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...