Asosiy mavzular
28 sentyabr 2018

Andijonlik shifokorlardan «ixtiyoriy paxtaga chiqish» talab qilindi

Andijon viloyati shoshilinch tez tibbiy yordam xizmati shifokori A.ning «Eltuz»ga bildirishicha, bundan 5-6 kun oldin viloyat hokimligi vakili (A. uning familiyasini aytib bera olmadi) shifokorlarga yig‘ilish davomida “hammang o‘z ixtiyoring bilan tilxat yozib paxtaga chiqasan. Butun kasalxona 3 guruhga bo‘linib, 15 kundan paxtaga boradi. Bormaganlar o‘z arizasiga ko‘ra ishdan ketadi”, degan.

Shifokor A.ning tag‘in bildirishicha u hokimlik vakiliga, “O‘lsam ham bormayman, hozir ingliz tili o‘rganyapman, haydasa haydavorsin, ketishdan oldin oq xalatimni hokimning betiga otib, Dubayga ketaman ishlagani. Hamma xujjatlarim tayyor”, deb aytgan.

Lekin barcha tibbiyot xodimlari ham «yuqori»ning buyrug‘iga qarshi chiqishayotgani yo‘q.

Xususan, o‘tgan hafta o‘simliklar karantini davlat inspektsiyasi Marhamat tumani bo‘limida ishlovchi xodimlar Ulug‘nor tumaniga paxtaga yuborilgan edi.

Ulardan ayrimlari majburan yuborilganligi xaqida shikoyat qilganidan so‘ng ortga qaytarilgan.

Ammo negadir hech qancha o‘tmay yana paxtaga jo‘nab ketishgan.

«Rahbariyat ulardan “ixtiyoriy” niqobi ostida rozilik xati yozdirib olibdi», deydi «Eltuz» muxbiriga andijonlik shifokor.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 may 2015
Shuhrat Bobojon Eltuz.com Bu partiya men orzu qilgan ikki maqsadni ko‘zlagan edi. Birinchisi Sovet Ittifoqidan butkul ajralib chiqib erkin ...
5 sentyabr 2017
Samarqandlik ikki aka-uka haqida eshitgandim. Hujra ko‘rgan, islomiy da'vosi kuchli yigitlar edi. Taqdir taqozosi bilan ular Suriyadagi jangarilar safiga ...
6 noyabr 2016
Shanba ertalab joni uzilgan Abdulla Oripovning janozasi o‘sha kuniing o‘zidayoq Xyuston shahridagi masjidda o‘qilgan. Eltuz.com manbasiga ko‘ra AQShdagi O‘zbekiston ...
11 yanvar 2019
10 yanvar kungi selektor yig‘ilishida prezident Mirziyoev IIV ishini qoniqarsiz deb topdi. Vazirlikning o‘nlab rahbar xodimlari ishdan olindi. O‘tgan ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...