AQSh o‘zbek paxtasini bolalar mehnatiga oid taqiq ro‘yxatidan chiqardi
AQSh Mehnat departamenti o‘zbek paxtasini sotib olinmasligi kerak bo‘lgan tovarlar ro‘yxatidan chiqardi. Bu AQSh o‘zbek paxtasini yetishtirishda bolalar mehnati yo‘qligini e'tirof etganini anglatadi.
Olingan izohlar va axborotlarni sinchiklab o‘rgangan AQSh Mehnat departamenti O‘zbekistonda bolalar majburiy mehnatidan foydalanish sezilarli kamaygani va sanoqli holatlar darajasiga tushganini qayd etgan.
Biroq o‘zbek paxtasi AQSh Mehnat departamentining majburiy mehnat natijasida yetishtirilgan tovarlar ro‘yxatida qoladi.
Ko‘plab o‘zbek nashrlari tarqatgan, AQShning o‘zbek paxtasini xarid qilishga taqiqni bekor qilganligi haqidagi xabarlar noto‘g‘ridir.
AQSh Mehnat dempartamenti saytida O‘zbekiston hamon paxta yetishtirishda majburiy mehnat qo‘llanilayotgan mamlakatlar toifasida qolayotganini ko‘rish mumkin.
Eltuz.com