Asosiy mavzular
17 aprel 2019

«O‘lgan buvisiga yangi kafan…»

Ommaviy axborot vositalarida turk aktyori Burak O‘zchivitning yangi tug‘ilgan chaqalog‘iga Toshkentdan uy sovg‘a qilingani haqidagi xabarlarni 17 aprel kuni Toshkentning «Bizning Uylar Development» qurilish shirkati rad etdi.

«Brendimizning reklama yuzi bo‘lgan Burak O‘zchivitning yangi tug‘ilgan chaqalog‘iga kompaniyamiz tomonidan xonadon berilganligi haqida tarqalgan mish-mishlar haqiqatga mos kelmaydi.

Burak O‘zchivit sovg‘a olish uchun hech qanday talab qo‘ymagan va kompaniyamizda bunday turdagi sovg‘a berish masalalari muhokama qilinmagan», deya bildirildi shirkat Instagram sahifasida.

Turk aktyorining bolasiga uy berilgani haqidagi xabarlar ortidan o‘zbekistonlik taniqli bloger va shoumen Nozim Safarov Toshkent rasmiylarining chet elliklarga propiska va uy sovg‘a qilish udumini hajv qilib chiqqan edi.

«O‘zbekistonga umuman aloqasi bo‘lmagan turkiyalik qaerdagi Burakning kecha tug‘ilgan bolasi daje propiskalik bo‘ldi.

Sen esa hanuz o‘z uyingda o‘zing ijarada turasan, Mamarayim. O‘l shu kuningdan, Mamarayim.

Sevara Nazarxon kuylaganidek, «Yur, Mamarayim, surdik bu yerdan», deya yozgan edi Nozim Safarov.

Turk aktyorining o‘g‘liga yangi uy berilgani haqidagi xabarni dastlab Rossiyaga tegishli Sputnik.uz nashri tarqatgan, boshqa ko‘p saytlar ko‘chirib bosishgan edi.

Bundan sal avval, 16 mart kuni prezident Mirziyoev Toshkentda mamlakat sportini rivojlantirishga hali hech bir hissa qo‘shmagan Rossiya xokkeyi va figurali uchish yulduzlariga kvartiralar hadya qilishga farmon bergan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
14 oktyabr 2019
Chiqib ketishi oldidan sudya qo‘limga ayblov xulosasi va hukmni tutqazib uzr so‘radi va xayrlashish uchun qo‘lini uzatdi. Lekin men ...
11 noyabr 2020
Prezident administratsiyasi mulozimi Obid Hakimovning matbuotga bergan intervyusidagi “Kuniga 5600 so‘m ishlab topgan odam kambag‘al emas”, degan gapi ijtimoiy ...
16 mart 2016
9 mart kuni „Paxta kampaniyasi“ (The Sotton Sampaign) faollari O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida odamlarni majburiy mehnatga jalb qilish hamon saqlanib ...
20 aprel 2019
2019 yilning 19 aprelida O‘zbekiston mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhi (O‘MHHTG) vakillari Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan 42-(sobiq №14) ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...