Asosiy mavzular
25 aprel 2019

Siyosiy mahkum Humoyun Rahmonov turmadan videomurojaat yo‘lladi

Ciyosiy mahkum, buxorolik 35 yashar huquq faoli Humoyun Rahmonovning xalqaro jamoatchilikka yo‘llagan videomurojaati 23 aprel kuni tarmoqda e'lon qilindi.

Rahmonov o‘z videosida fermerlar huquqini talab qilib, prezident Islom Karimovga murojaat etgani uchun 2010 yilning 12 avgustida hibsga olinganini aytadi.

Uni MXXning Buxorodagi yerto‘lasida 6 oy saqlashadi. Keyin sud uni hech bir dalil isbotsiz «konstitutsion tuzumga tajovuz» va «taqiqlangan tashkilot tuzish yoki ishtirok etish»da ayblab 6 yilga ozodlikdan mahrum etadi.

Qamoq muddati tugaganiga qaramay, 2016 yilning 12 avgustida Humoyun Rahmonovga «turma rejimini buzdi» degan ayblov bilan yana uch yil qo‘shib beriladi.

Hozirda mahkumning bir ko‘zi jarrohlik amaliyotlaridan keyin ko‘rmay qolgan. Glaukomaning og‘ir shakli bilan xastalangan.

Rahmonov o‘z videomurojaatida yaqinlariga va o‘ziga bosimlar to‘xtamayotganini bildiradi va xalqaro jamoatchilikdan yordam so‘raydi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 oktyabr 2015
Xazorasp tuman xokimi Qurbonov O‘ktamboy Qo‘chqorovich respublikaning butunligiga shak keltirib va fuqarolarning harakatlanish erkinligini bir tuman miqyosida to‘xtatib qo‘ygan. ...
17 iyun 2022
Biz nima uchun o‘zbek jamiyatida «ayollar huquqi» deb gapiramiz va bu ko‘pchilikka yoqmaydi?Buning sabablarini bilish uchun qiz bola bo‘lib ...
2 noyabr 2023
Hukumatdagi Eltuz manbalarga ko‘ra, sobiq AKT vaziri Shuhrat Sodiqov Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri etib tayinlanishi kutilmoqda. Shuhrat ...
18 yanvar 2019
Turk yozuvchisi Aziz Nesin va rus yozuvchisi Anton Chexovga taqlidan va bo‘lgan voqeaga asoslanib yozilgan «hikoya» Bu hikoya yana ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...