Kundalik
26 yanvar 2016

Diniy idora Karimov kitobini Navoiydan ustun qo‘ydi

O‘zbek rasmiy ruxoniylarini tamsil qilgan nashr har bir fuqaro o‘qishi kerak bo‘lgan kitoblar ro‘yhatini belgiladi.

“Har bir o‘zbek o‘qishi kerak bo‘lgan 100 kitob” ijtimoiy tarmoqlardagi so‘rovnomalar asosida aniqlangani aytilsada, uning mualliflari tadqiqotning qachon va qaysi tarmoqda o‘tkazigani haqida hech narsa bildirishmaydi.

Internetdan foydalanuvchilar o‘rtasida o‘tkazilib, info.islom.uz saytida e'lon qilingan bu so‘rovnoma reprezentativ bo‘lmasada, aholi orasida diniy adabiyotlarga e'tibor yuqori ekanini anglatadi.

Ehtimol so‘rov ishtirokchilari ayni sayt o‘quvchilari bo‘lishgani uchun ham diniy kitoblarni tanlashgandir, biroq, ushbu “tadqiqot”ning e'tiborga loyiq tomoni, ham diniy, ham dunyoviy adabiyotlarning aralash javonga joylashishidadir.

Masalan Rabg‘uziyning “Anbiyolar qissasi” 22-nchi, Rasul Hamzatning “Mening Dog‘istonim” asari 23-nchi raqamda kelgan.

Shuningdek ro‘yhatda dunyo klassikasi namunalari bo‘lgan Gabriel Markesning “Yuz yil tanholikda” asari, Frants Kafkaning “Jarayoni”, Paulo Koeloning “Kimyogari”, Ekzyuperining “Kichik shaxzodasi” kiritilgan.

Qur'on va Islom Karimov…

So‘rovnoma “natijalari”ning yanada ajablanarli tomoni, ro‘yhatning boshida Qur'oni Karim, va hadislardan so‘ng, dastlabki o‘ringa o‘zbek davlatchiligi va shaxsan Prezidentga oid (!) asarlarining chiqarilishidadir.

Ro‘yhatda to‘rtinchi o‘rinda, Islom Karimov asarlaridan bir tish pastga Hazrati Alisher Navoiy asarlari va boshqa mumtoz kitoblar joylashtirilgan.

Saytning fahriy javoni shu bilan tugaydi. Karimovdan boshqa o‘zbek siyosiy arboblarining kitoblarini ro‘yhatning “Shuningdek quyidagi kitoblar ham tavsiya etildi” deb nomlangan qismida ham ortiq uchratmaymiz.

Shuningdek quyidagi kitoblar…

Islom Karimov va Alisher Navoiydan keyin, O‘zbek kitobxoni Imom Buxoriy, Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, Ahmad Maqsudiy, Rahmatulloh Obidov asarlarini, undan ham so‘ng Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlari” va Sog‘uniyning “Turkiston qayg‘usi”ni o‘qirkan.

Diniy sayt kitobdorining diniy-dunyoviy aralash tartibi Bobur, Lev Tolstoy, Pirimqul Qodirov, Firdavsiy bo‘lib davom etarkan, tag‘in juda ko‘p tanish va notanish mualliflarga ko‘zimiz tushadi.

Shuningdek u, “Kalila va Dimna”, “Ming bir kecha”, “Shaytanat” kitoblari qatorida, “Xulofai Roshidiyn”, “Oisha roziallohu anho” va Imomi Zahabiyning “Gunohi kabiralar” kabi diniy kitoblarni o‘qishi lozim.

Kitoblar O‘zbekistonda qanchalik xatarsiz?

Diniy adabiyotlardan tag‘in, O‘zbekiston ichida faoliyat yurgizayotgan Islomiy sayt Termiziy, Huzariy, Abu Hanifa, Tahoviy, Imom G‘azzoliy, So‘fi Olloyor, Ahmad Yassaviylarning mashhur kitoblarini keltiradi.

Biroq, O‘zbekistonda diniy kitoblarning qanchalik xatarsiz ekanini izohlamaydi. Ayni paytda Jizzaxda islomiy ekstremizmda ayblanayotgan armani va uning sheriklariga qarshi O‘zbekiston rasmiy nashriyoti chop qilgan diniy kitoblar asosiy dalil sifatida qo‘llanilmoqda.

Negadir, o‘zbek kitobxoni Daniel Defo, Dyuma, Drayzer, Dostoevskiy, Bulgakov asarlari qatorida Hurshid Do‘stmuhammad, G‘afur G‘ulom, Abdulla Oripov, O‘tkir Xoshimov, Mannop Egamberdiev asarlarini o‘qirkan, Muhammad Solih va Rauf Parfi asarlarini nazardan qochiradi. Yoki bu mualliflarning asarlari o‘zbeklar o‘qishi kerak bo‘lgan yuz kitobga kirmagan.

Qudrat Bobojon
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 avgust 2016
«Toshkent oqshomi» gazetasida (23.08.2016) O‘zA muxbirining ichki ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari bilan suhbati bosildi. Vazir o‘rinbosarining aytishicha, ichki ishlar ...
27 fevral 2024
O‘zbekistonda keyingi kunlarda mansabidan foydalanib tovlamachilik qilish, ta'magirlik, reyderlik, odamlarni aldab pulini olib qaytarmaslik, qo‘rqitib jinoyatlariga sherik qilish xolatlari ...
14 sentyabr 2023
O‘zbekistondan Rossiyaga uchib kelgan 22 yashar Hasanboy Muhammadjonov bir kunda ikkita odamnining kallasini olishga ulgurdi. 12 sentyabr kuni u Moskvada hibsga olindi. Biroq ...
27 mart 2019
27 mart kuni o‘zbekistonlik aralash janglar ustasi Murod Xonto‘raev uchinchi bor pichoqlandi. Sportchining jarohati jiddiy emasligi bildirildi. Xonto‘raev dastlab ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...