Asosiy mavzular
14 sentyabr 2023

Moskvada 22 yashar o‘zbek ikki odamning kallasini oldi

O‘zbekistondan Rossiyaga uchib kelgan 22 yashar Hasanboy Muhammadjonov bir kunda ikkita odamnining kallasini olishga ulgurdi. 12 sentyabr kuni u Moskvada hibsga olindi. Biroq baribir nima uchun bunday qabih jinoyatga qo‘l urgani sababini aytmadi.

«Moskovskiy komsomolets» gazetasining yozishicha, u Priorov nomidagi Travmatologiya va ortopediya tibbiyot markazining taniqli shifokori va Qirg‘izistonlik migrantning kallasini kesib dahshatli qotillikka qo‘l urganlikda ayblanmoqda.

Qotillik Moskvaning shimolida yuz bergan. Tergovda Muhammadjonov o‘z qurbonlari bilan messenjerda yozishib, tanishganini bildirgan, biroq jinoyatidan bir kun oldin Moskvaga kelgan mehmon bu kabi shafqatsiz qotillik sababini izohlashga qiynalgan.

Rus matbuotiga ko‘ra, fojiadan sal avval 56 yoshli jarroh Dorjo Ayusheev Telegram guruhida Xasanboy ismli yigit bilan yozishma boshlagan. 11-sentabr kuni esa shifokor internetdagi suhbatdoshini Festivalnaya ko‘chasidagi ikkixonali yevro kvartirasiga taklif qilgan.

Ertasi kuni shifokorning 40 yoshli jiyani u bilan bog‘lana olmaganidan tashvish bildira boshlagan. Qarindoshi unga chamodonlarini yig‘ishga yordam berishi kerak edi. Ayusheev ta'tilga chiqib Ulan-Udedagi vataniga safarini rejalashtirgan va samolyot chiptalari 12 sentyabr kuni ertalab soat 9:00 ga sotib olingan edi. Ayol shifokorning uyiga kelganida, uning bo‘g‘izlangan jasadni topadi. Tergovchilar, uning oshxona pichog‘i bilan bo‘g‘izlab o‘ldirilganini  aniqlashgan

Qotil jabrlanuvchining bank kartalarini olib, keyinchalik nimalardir xarid qilishga ham ulguradi. Kvartiradan chiqqan kallakesar u yaqindagi Drujba bog‘idagi pivoxonaga boradi. U yerda, sal avval messenjerda tanishgan yana bir shaxs, Qirg‘izistondan kelgan 25 yoshli mehnat muhojiri bilan uchrashuv rejalashtirilgan edi. Ularning uchrashuvi ikkinchi shafqatsiz qotillik bilan yakunlangan. Qo‘riqchi migrantning boshsiz jasadiga duch kelgan.

Tergov harakatlari davomida ma'lum bo‘lishicha, uy muyulishidagi videokameralar shifokorning mash'um erkakni uyiga boshlab kelayotgani tasvirini yozib olgan. Tez orada jinoiy qidiruv xodimlari uning – 22 yoshli Xasanboy Maxamadjonov ekanini aniqlagan. U Zelenograddagi qarindoshlari oldiga borishi kerak edi.

Mahmudjonov Moskva viloyatida mardikor bo‘lib ishlagan. 10-sentabr kuni u O‘zbekistondan Rossiyadagi qarindoshlarinikiga kelgan edi. «Moskovskaya komsomolets» nashriga ko‘ra bu o‘zbek yetim o‘sgan bo‘lib, uni bir paytlar zo‘rlab qo‘ygan amakisi tarbiyalagan. Hibsga olingan shaxs jinoyat sabablarini aytmagan, u ruhiy ekspertiza hulosasi olishga jo‘natildi.

Tag‘in o‘qing
10 oktyabr 2015
G‘allaorol tuman hokimi Azim To‘labov buyrug‘iga ko‘ra, paxta normasini bajara olmagani uchun ikki kunga qamalgan tuman bosh vrachi Yusuf ...
15 aprel 2018
Negadir bugun ishongim keldi shu odamning gaplariga. Ayniqsa, ko‘cha tozalayotib yuk mashinasi ostida o‘lgan o‘qituvchi Diana haqida «Xuddi meni ...
10 iyun 2022
Minutlar soatlarni, soatlar esa sutkalarni quvalay quvalay bir xafta o‘tdi. Mana juma keldi. Yana «Rassom Tuz nima deydi ekan?» ...
18 fevral 2020
Joriy yilning 17 fevral kuni prezident Mirziyoev rossiyalik xokkeychilar Valeriy Kamenskiy, Aleksandr Yakushev, Vitaliy Proxorov va Aleksey Jamnovga Toshkent ...
Bloglar
28 noyabr 2023
SSSRni alqashga qaratilgan, kommunistik ruhda suratga olingan kinolar O‘zbekfilm arxivida juda ko‘p. Go‘yoki Rossiya bosib ...
23 noyabr 2023
Yangi O‘zbekistonda jamiyat ikkiga bo‘lingan: Bir biri ustidan yozadiganlar va pul berib, birovning ustidan yozdiradiganlarga. ...
15 noyabr 2023
Tarmoq, ya'ni sotsial media o‘zbek segmentida kuzatishlarimga ko‘ra xotin-qizlar orasida ashaddiy diniy fanatizmga moyillik kuchli. ...