Asosiy mavzular
10 yanvar 2020

Huquq faollari sudya Ilgizar Sobirovdan qiynoqlarni surishtirishni talab qildi

2020 yil 8 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahri Chilonzor tumani sudida kollej o‘quvchilari Maqsud Qosimov va Azizbek Dadaboev ishi bo‘yicha sud jarayoni boshlandi.

Bu ikki yigit avtomobildardan pul o‘g‘irlaganlikda ayblanmoqda. 

Sudda ishtirok etgan huquq faoli Yelena Urlaeva sudya Ilgizar Sobirovdan tergov paytida sudlanuvchilarga nisbatan qiynoq qo‘llanilganini surishtirishni talab qildi. 

Sudyaning qiynoqqa oid savoliga sudlanuvchi Maqsud Qosimov javob berib, tergov davomida Chilonzor tumani ichki ishlar boshqarmasi (IIB) xodimlari uning qo‘llariga kishan solib, ustiga chiqib sakrashgani va uni “Spark” rusumli avtomobildan pul o‘g‘irlash aybiga iqror qilish uchun kaltaklashganini aytdi.

Chilonzor tuman IIBning jabrlanuvchi shikoyati yuzasidan rasmiy javobi

Sud majlisida ma'lum bo‘lishicha, Chilonzor tumani IIB tergovchisi Sardor Maqsutullaev ayblanuvchi Maqsudning onasi Gulnora Qosimovaga o‘g‘irlangan 2100 AQSh dollari va 2,5 million so‘m miqdoridagi pulni to‘lagan taqdirda o‘g‘lini ozod etishga va'da bergan.

Pul to‘landi, jabrlanuvchilar pulni olganliklari haqida tilxat yozishdi, ammo ayblanuvchilar qo‘yib yuborilmadi.

Yelena Urlaevaning yozishicha, butun sud jarayonida prokuror Hasanboev saqich chaynab o‘tirgan, keyin esa sudyadan boshqa ishlari borligini aytib, unga javob berishlarini so‘ragan. Ammo sudya Sobirov sud jarayoni tugaguniga qadar prokuror sud zalida bo‘lishini talab qilgan. Keyingi sud majlisiga tergovchi, guvohlar va jabrlanuvchilarning guvohlik berishga chaqirilishi kutilmoqda. 

Keyingi sud majlisi 17 yanvar soat 15.00 ga belgilangan. 

Huquq faollari Chilonzor tumani IIBda hibsga olinganlarga nisbatan qiynoqlar qo‘llanilgani haqida bir necha bor xabar berishgan. 

2017 yilning dekabrida Chilonzor tumani ichki ishlar boshqarmasida shifokor Timur Yusupovni o‘ldirganlik aybiga iqror qilish uchun Mustafo Temirovga shafqatsiz qiynoq qo‘llanilgan. Temirovning sochlari yulingan, boshi yorilgan. 

Hibsga olingan boshqa bir yigitning onasi Dilbar Toshmuhammedovaning yozishicha, uning o‘g‘li 2017 yil 5 dekabr kuni Chilonzor TIIB xodimlaridan iborat 8 nafar shaxs tomonidan o‘g‘irlab ketilgan. 

“Chilonzor tumani IIB xodimlari Abdumalik Hasanov, Aziz, Oybek, Dilshod, Umid va boshqalar o‘g‘lim Sarvarni shafqatsizlarcha, hushidan ketguncha kaltaklashdi, barcha zobitlar Umidning (IBB xodimi) tug‘ilgan kunini nishonlashgani uchun o‘sha kuni mast bo‘lishgan”. 

Huquq faollarining xabar berishicha, 2016 yilda Chilonzor IIBda Saidakmal Xolmatovni qiynoqqa solishgan,  uning tirnoqlari ostiga igna sanchishgan va shafqatsiz kaltaklashgan. 

So‘nggi 20 yil ichida qiynoqlar qo‘llash va aybga iqrorlik ko‘rgazmasi O‘zbekiston tergov idoralarida fuqarolarning aybdorligini isbotlovchi asosiy usulga aylandi. Qoidaga ko‘ra, ayblanuvchining aybiga iqror bo‘lishi aybdorlikning yagona isboti edi va tergovchilar har qanday usul bilan ayblanuvchilardan “ixtiyoriy ravish”da aybni tan olishni talab qilishardi. Sudlar ayblanuvchilarning qiynoqqa oid shikoyatlariga e'tibor qilishmagan va shu tariqa vijdonsiz tergovchilarning qiynoqlarni davom ettirishlariga yo‘l ochib berishgan. 

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
22 sentyabr 2024
Vokal va vizual undan oldingi jiguli qo‘shig‘ining siyqa takrori xolos. Qo‘shiq melodiyasi kavkaz diskotekalridagi «Shiki shiki madam shiki va ...
19 aprel 2020
Bahodir Sodiqov 1959 yilning 19 aprelida Xorazm viloyatining Shovot tumanida tug‘ildi. Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) jurnalistika fakultetida o‘qib ...
29 avgust 2018
26 avgust kuni efirga ketgan «Munosabat» ko‘rsatuvi ishtirok etgan Politexnika universiteti o‘qituvchisi Abdullaeva Anjelika hech kimga so‘z bermay «ma'naviyat» ...
8 noyabr 2018
Bu yilgi paxta mavsumida Farg‘ona vodiysida ZAGSdan o‘tmoqchi bo‘lgan yosh kelin-kuyovlardan paxta terib berish talab qilinmoqda. Dang‘aralik yosh kelin-kuyovlardan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...