Asosiy mavzular
8 mart 2020

Rustam Inoyatov yana bir lavozimidan ayrildi

Milliy xavfsizlik xizmati (hozirgi Davlat xavfsizlik xizmati)ning sobiq raisi Rustam Inoyatov O‘zbekiston tennis federatsiyasi rahbari lavozimidan iste'foga chiqdi. Bu haqda Podrobno.uz sayti xabar bermoqda.

Mazkur iste'fo haqida federatsiyaning 5 mart kuni bo‘lib o‘tgan favqulodda hisobot-saylov konferentsiyasi jarayonida ma'lum bo‘ldi. 

Anjumanda federatsiyaning yangi prezidenti lavozimiga Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki boshqaruvi raisi Alisher Mirsoatov nomzodi ko‘rsatildi. 

Konferentsiya ishtirokchilari ushbu nomzodni bir ovozdan ma'qulladilar hamda Alisher Mirsoatov O‘zbekiston Tennis federatsiyasining rahbari deb e'lon qilindi. 

«Men yangi rahbaringizdagi boy tajriba bilan tennisda yuksak natijalarga erishishingizga ishonaman. Shu bilan birga, federatsiyani uzoq yillar davomida boshqarib kelgan Rustam Inoyatovga ham alohida minnatdorlik bildirmoqchiman. 

Uning rahbarligi ostida Tennis federatsiyasida ish professional tarzda yo‘lga qo‘yildi. Ijozatingiz bilan Rustam Rasulevichni federatsiyaning faxriy prezidenti etib saylash taklifini kiritaman», dedi Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonov. 

Konferentsiya ishtirokchilari ushbu taklifni ma'qullashdi va Rustam Inoyatov O‘zbekiston Tennis federatsiyasining faxriy prezidenti bo‘ldi. 

«Tennis mening sevimli sport turlarimdan biri. E'tirof etish kerak, sobiq rahbar bu sohada professional ish olib bordi va men ham yanada ko‘proq ishlashim kerak. 

Biz jamoa bilan birga tennisni rivojlantirishga astoydil harakat qilamiz va yangi maqsadlarni amalga oshirishga va'da beraman. Har doim O‘zbekiston bayrog‘i xalqaro maydonda baland ko‘tarilganda men bag‘oyat g‘ururlanaman. 

Bundan buyon mana shunday g‘alabalarimiz tennis bilan yanada ko‘payishiga harakat qilamiz», dedi Alisher Mirsoatov.

46 yoshli Alisher Mirsoatov 2017 yil 30 noyabrdan beri Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelmoqda.

Sobiq rahbar Rustam Inoyatov esa O‘zbekiston tennis federatsiyasini 1999 yildan shu kungacha boshqargan.

1976-81 yillarda KGBning Afg‘onistondagi diplomatik agenti bo‘lgan Rustam Inoyatov 1995 yildan to 2018 yilgacha O‘zbekiston Milliy havfsizlik xizmatini (MXX) boshqargan.

2018 yilning boshida MXX idorasining nomi DXXga o‘zgartirilishi ortidan prezident Mirziyoev Rustam Inoyatovni lavozimidan bo‘shatgan, biroq uni o‘ziga maslahatchi etib tayinlagan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
11 oktyabr 2016
Toshkentlik general Jo‘rabek tarafidan 1897 yilda qurilgan, o‘tgan yilgi yong‘in natijasida yaroqsiz holga kelgan «Jo‘rabek» masjidi «Marhum Yurtboshining kenja ...
29 aprel 2016
O‘zbek hukumati tepasidagilarga tramvayning aslo keragi yo‘q, o‘zbek mulozimining tramvay yoki velosiped minishi – uni ko‘chaga chiqazib sazoyi qilish ...
28 noyabr 2023
SSSRni alqashga qaratilgan, kommunistik ruhda suratga olingan kinolar O‘zbekfilm arxivida juda ko‘p. Go‘yoki Rossiya bosib olmaganda O‘rta Osiyo qoloqligicha ...
7 oktyabr 2020
Korruptsiya va nepotizm botqog‘iga botganlar, yetim haqini yeganlar, o‘g‘ri va firibgar mulozimlar, eshiting, revizor kelmoqda! U sizni fosh qiladi. ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...