Asosiy mavzular
18 fevral 2021

Rossiya jamiyatini ikkiga bo‘lgan shaxs markaziy osiyoliklar nazdida

Liberal Rossiyaning katta qismini birlashtirishga muvaffaq bo‘lgan shaxs, Putinga muxolifat timsoli sifatida namoyon bo‘lgan Aleksey Navalniyning obro‘si aksariyat qismi Rossiyada mehnat muhojiri bo‘lib ishlab kelayotgan markaziy osiyoliklar oldida yanada ko‘proq jihatlarga ega.

Aslida ko‘pchilik uni kamsituvchi bayonotlar qilgan, na fikridan qaytgan va na uzr so‘ragan millatchi sifatida qabul qilishadi.

2010 yilda Navalniy korruptsiyani oshkor qiluvchi sifatida diqqat markaziga tushdi. 2011 yilda Rossiya siyosatida o‘z blogi, ijtimoiy tarmoqlardan unumli foydalanishi va korruptsiyaga qarshi fondini ochishi evaziga tanildi.

Uning Putinning Qora dengiz sohilida joylashgan qasri to‘g‘risida 19 yanvar kuni yutub tarmog‘iga chiqarilgan tergov-hujjatli filmi 100 milliondan ortiq tomoshabinni jalb qildi.

Uning oshkora tanqidi qimmatga tushdi: Navalniy va uning akasi bir necha bor hibsga olinib qamoqqa tashlanishdi. 2020 yili 20 avgustda u zaharlandi, biroq nemis shifohonasida davolanib, hayoti saqlab qolindi. Bellingcat tergov guruhining ma'lum qilishicha, unga bo‘lgan suiqasd ortida Rossiya maxfiy xizmatlari turadi.

Uning hayotiga tahdid bo‘lishiga va qamoqqa olinish xavfi bo‘lishiga qaramasdan, Navalniy 17 yanvarda Rossiyaga qaytib keldi. U darhol qo‘lga olindi va shundan buyon Rossiyadagi siyosiy qarshilik va demokratiya timsoliga aylandi.

23 yanvar kuni esa 1990 yillardan beri kuzatilmagan miqdorda, minglab rossiyaliklarning ko‘chalarga chiqishlariga sababchi bo‘ldi.

2 fevralda u muddatdan oldin ozodlikka chiqish shartlarini buzganlikda aybli deb topilib, yaqin uch yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Rus millatchilari bilan kuch birlashtirish

Garchand Navalniyning harakatlari uning shaxsiy jasoratini namoyish qilsa-da, uning Markaziy Osiyo va Kavkazdan kelgan muhojirlarga va Qrimning mavqeiga tegishla ochiq bayonotlari, yigirma yillik Putin hukmronligi mevasi korruptsiya holatini tahlil qilishda qo‘llanadigan – demokratiya va inson huquqlari diskursiga zid keladi.

Navalniyning bu masaladagi qarashlarini aniqlash uchun Global Voices Sankt-Peterburgdagi Yevropa universiteti professori, Markaziy Osiyo va Rossiyadagi markaziy osiyolik muhojirlar bo‘yicha yetakchi mutaxassis Sergey Abashin bilan suhbatlashdi:

  • O‘n yil burun siyosatchi har yil o‘tkaziladigan, ochiq ksenofob mazmunga ega bo‘lgan “rus marshlarida” ishtirok etar edi. 2013 yilda Moskva merligiga saylov davomida Navalniy chiqishlarining asosiy nuqtalaridan biri migratsiya bo‘lgan. U migratsiyaga qarshi kurashni taklif qilar edi va uning nutqi Markaziy Osiyo va kavkazlik muhojirlarga qarshi qaratilgan ksenofob tuhmatlarga, ularni jinoiylikda, terroristik xavfda, madaniyatining begonaligida ayblashlarga boy edi.

O‘n yildan beri Rossiyada yashab kelayotgan Rashid (xavfsizlik nuqtai nazaridan ismi o‘zgartirilgan) ismli o‘zbek muhojiri Global Voices ga bunday deydi:

  • G‘ayrioddiylik, marginallikdan liberal muomalaga – muhojirlarga va Kavkaz mintaqasiga salbiy munosabatda bo‘lishni olib chiqqan inson aynan shu (Navalniy) bo‘ladi.

Noqulay o‘tmishni tahrirlash

2016 yildan boshlab Navalniy va uning jamoasi o‘tmishdagi chiqishlari ahamiyatini kamaytirishga, Rossiyaga Markaziy Osiyo va Kavkazdan bo‘lgan migratsiya haqidagi nozik gaplarni chetlab o‘tishga intilishdi. Bunda ular bu gaplar Navalniyning ijtimoiy mavqeiga qanchalik ziyon yetkazishini anglab yetgani ehtimoldan xoli emas.

Shunga qaramay, ba'zi noqulay holatlar hali-hanuz mavjud. 2008 yilgi Rossiya-Gruziya urushi natijasida Rossiya Gruziyaning bir qismini anneksiya qilishi bilan yakunlanganini ko‘rib turgan Navalniy Moskva harakatlarini qo‘llab-quvvatladi va hattoki o‘z blogida gruzinlarga nisbatan kamsituvchi so‘zlarni qoldirdi.

2017 yil aprel oyidagi prezident saylovi arafasida Navalniy Rossiyadagi  eng katta ta'sirga ega bo‘lgan videobloger Yuriy Dudga bergan intervyusida millatchi ekanini rad etdi. https://www.youtube.com/embed/0Tn7oFir9rk?feature=oembed

Mezbon nima uchun Qozog‘iston fuqarolariga viza joriy qilib turib, Rossiya fuqarolari uchun Germaniya vizalarni bekor qilishi lozimligini so‘raganda, Navalniy bunday javob berdi: “Men markaziy osiyoliklar Rossiyaga kelayotganini ko‘rib turibman. Men bunda hech qanday qadriyat ko‘rmayabman”.

Biroq iqtisodiy va demografik ko‘rsatkichlar boshqacha ma'lumot beradi. Rossiya to‘xtovsiz o‘z aholisini yo‘qotib boryapti. Rossiyaga bo‘lgan migratsiya esa bu ko‘rsatkichlarning haddan ziyod salbiy bo‘lishining oldini olyapti.

COVID-19 pandemiyasidan oldin Rossiyada bir necha million asosan markaziy osiyolik mehnat muhojirlari bo‘lgan. 2020 yilning noyabr oyida rasmiy raqam 1.8 millionni tashkil qildi. Biroq aniq sonlar mavjud emas, chunki ko‘pchilik muhojirlar Rossiyaga vizasiz kirish ruxsat etilgan mamlakatlardan kelishadi va ko‘p hollarda hujjatlarini rasmiylashtirmay yurishadi.

Markaziy osiyolik muhojirlarning o‘rni og‘ir sanoatdan tortib qurilish va xizmat ko‘rsatish sohasigacha shu qadar muhimki, 2021 yilda Rossiya hukumati Tojikiston va O‘zbekistondan keladigan mehnat muhojirlariga o‘tkir ehtiyoj mavjudligini tasdiqladi.

Mehnat muhojirlarining muhimligi hammaga ma'lum fakt ekan, nimaga Navalniy o‘tmishda muhojirlar nafaqat muammo, balki tahdid deb ham aytadi? Professor Abashin bunday izohlaydi:

  • Navalniy populist va pragmatik siyosatchi. Mafkura u uchun asosiy tamoyil emas. U ko‘proq o‘zining rossiyalik auditoriyasi kayfiyatiga qaraydi. Agar jamiyatda migratsiyaga qarshi mavzuga ehtiyoj paydo bo‘lsa va bu mavzu Ukraina, G‘arb bilan munosabat hamda pandemiya mavzularini chetga surib qo‘ysa, Navalniy o‘z nutqidagi ksenofob qarashlariga yana qaytishi mumkin.

Rashid ham o‘xshash fikrlarni ilgari suradi:

  • Navalniy muhojirlarning Rossiya iqtisodiyoti uchun qay darajada muhimligini tushunmayotgan odamga o‘xshamaydi. Biroq u oddiy odamlarning qo‘llab-quvvatlashlariga muhtoj. U odamlarni muhojirlarga ishlarni berib qo‘ygan hozirgi hukumat hamma muammolarda aybdorligidga, aynan shu uchun Rossiyada bugun sharoit shu qadar yomonligiga ishontirish kerak.

Maqola Global Voises nashridan olindi. Muallif Filip Noubel, Muallif Yevgeniya Plakhina, Tarjimon Elchin Mustafa

Tag‘in o‘qing
2 aprel 2024
Shahrisabzlik mashhur polvon To‘ra Avroqulovning otib o‘ldirilgani rasman tasdiqlandi. Shahrisabz tumani prokuraturasi tomonidan To‘ra Avloqulovning hayotiga suiqasd qilinganligi holati ...
2 aprel 2016
Bu albatta bir xazil maktub, masalaning jiddiy tomoni, «VimpelCom” chindan ham feyk-hisobotlar uchun Gibraltarda ro‘yxatga olingan Gulnora Karimovaning bank ...
11 aprel 2021
Prezident Shavkat Mirziyoev o‘zining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Rustam Qosimovni ishdan “sharmanda qilib” haydadi. ...
23 aprel 2019
«…voqeadan taxminan bir haftacha vaqt o‘tib, «qora zona»lar chig‘iriqlaridan o‘tib, “mujik”ligini yo‘qotmagan Erix ismli yigit (laqabi “Nemis”) o‘sha Garrining ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...