Caid Muxtorovning plagiat «Hiyonat girdobi»
Rejisser Said Muxtorov, “Xiyonat girdobi” filmi tufayli ancha obro‘ topdi, matbuot nazariga tushdi. Chunki, film triller janrida bo‘lib, o‘zbek kinosida bu janrdagi filmlar juda kam suratga olinadi.
Film stsenariy muallifi G‘aybulla Razzoqov va Ruslan Mirzaevlar xam, film ekranlarga yo‘l olganidan keyin shou biznes vakillari va jurnalistlar o‘rtasida juda mashxur bo‘lib ketishdi.
Biroq, oradan ko‘p o‘tmasdan, “Xiyonat girdobi” filmi voqealari , Gollivudda ishlab chikarilgan “Xiyonat baxosi” filmidan o‘g‘irlab olingani ma'lum bo‘ldi.
Taniqli kinorejisser Mikael Xofstrem tomonidan 2005 yilda suratga olingan “Xiyonat baxosi” filmini ko‘rganlar, ijtimoiy tarmoqlarda rejisser Said Muxtorovni plagiatlikda ayblay boshlashdi.
Va bu ularning to‘g‘ri baxosi edi.
Said Muxtorov, Mikael Xofstremning filmini “ipidan ignasigacha” o‘g‘irlagan va bu o‘g‘irlikni oddiy tomoshabin bila olmaydi deb o‘ylagan.
E'tiboringizga xavola etilayotgan videoda, ikki filmning naqadar bir biriga o‘xshashligi ko‘rsatib berilgan.
Ulug‘bek Ashur
Eltuz.com