Asosiy mavzular
3 mart 2023

Hokimning $1000 dollarlik ilgichi

Mana o‘lmagan qul ko‘klamga ham yetdik. Qish to‘qsoni ortda qoldi. Anomal sovuqda o‘lmasdan bugunga yetib keldik. Bu kunlarga yetganlar bor yetmaganlar bor

MS Baxor galsa o‘rtoqlar uyg‘onadi o‘tloqlar. Ëmg‘ir yog‘aloq gechchi do‘g‘oloq  xokimni qizini qonni yumaloq

RT: Matchonboy ko‘klam kelib senga ilxom bitib shoir bo‘lib ketibsan. 

MS: Ovong og‘o, xozir she'r oytish mo‘do. Oxshom bir yuzi qotti tilzoro chiqib bir sher oytovardi go‘rsangiz. Qoydirib qoydiripardi.

Video ko‘k bo‘ri she'ridan parcha

RT: She'riyat bu doimiy qaytariq. Biz uchun xayratli tuyulgan satrlar atigi 30 yil oldin shunchaki ritorika edi. Saroyga qarg‘a qo‘ngani haqida she'r yozgan zamondosh Najmiddin Ermatovni olqishlagan xolda Muhammad Yusuf¸ Omon Matjon¸ Halima Xudoyberdieva va Abdulla Oripovda ham ayni gradusdagi she'rlar borligini eslatib qo‘ymoqchiman. Masalan Muhammad Yusufning Hamma yoqni bosgan to‘ng‘izlar haqidagi shig‘irini eslang.

Xullas misol keltiray.

1. 

Qay tomonga boqmang bari yo‘lsizlar

 Tolelar ayqashu uyqashga tushdi (O. Matjon)

2.

Men yopiq qo‘rg‘onda yashadim qo‘rqib,

Najot devoriga tirmashdim uzoq.

Sen nega dunyoga qaraysan hurkib,

Nega sen bo‘lishing kerakdir qo‘rqoq?

(Abdulla Oripov)

3.

Ko‘rdim qishloq¸ guzar¸ shaharlar ko‘rdim¸

Ohorlari ketib borar bilmaslar¸

Jamalak soch pari-paykarlar ko‘rdim¸

Bahorlari ketib borar¸ bilmaslar.

(Halima Xudoyberdieva)

4. 

Qachon tug‘aqolding otabezori,

Onabezorilar sulolasini?

Haromi kimsalar makri, ozori

Yurtning bulg‘adi-ku piyolasini.

(Gulchehra Nurillaeva)

5. 

Betavfiq rahbarni so‘kkanim uchun,

Uch yil yotar bo‘lsam yotganim bo‘lsin.

Uning yo‘q obro‘yin to‘kkanim uchun,

To‘lov bersam borim sotganim bo‘lsin.

Xalqimga qadringni bil desam agar,

Kurash, haqni oshkor qil desam agar,

Bu qutqu atalsa davlatga zarar,

Qancha azob bo‘lsa tortganim bo‘lsin.

Amaldor der esa, tuzum ‒ men o‘zim,

Farmon farmonimdir, so‘z mening so‘zim,

Men bunday tuzumdan o‘girib yuzim,

Tamom jinoyatga botganim bo‘lsin.

(Erkin Vohidov)

RT: Bular parchalar xolos. Yana o‘nlab balki yuzlab she'rlar bor. Agar yurt she'r bilan o‘zgarsaydi O‘zbekiston Shveytsariya bo‘lardi.

MS: Og‘o shu dasangiz shoirlar indi dirildi. Bi xoroplo qishni suvuqinda nerda adi

RT: Matchonboy qirq yil qirg‘in bo‘lsa ajali yetgan o‘ladi. Men tabiat anomaliyasidan qo‘rqmayman. Anomal sovuqda  hamma vohmaga tushdi. Men esa o‘ta xotirjam edim. Chunki Bosh vazir hammasini hal qilishiga o‘ta ishonardim. Ho‘ko‘matimga e'timodim tom edi. Huddi toqqa suyangan echki kabi himoyada edim. Shu bois svet o‘chsayam¸ suv kemay qolsayam qilt etmay  nim tabassum qilib joyimda o‘tiraverdim. Hukumat o‘zi biladi. O‘zi hal qiladi. Biz norozi bo‘sak hukumat imidjiga putr yetadi. Imidj yomon bo‘sa turist kemaydi. Turist kemasa iqtisod o‘tiradi. Iqtisod o‘tirsa odamlar hatto Rossiya va Turkiya kabi bizdan anchayin qoloq va manaviyati past do‘latlarga borib ishlashga majbur bo‘ladi. Men pursatdan poydalanib svetni¸ gazni¸ suvni o‘chirib bizni o‘ylagan g‘amxo‘r hukumatimizga minnatdorlik izxor qilaman. Svet muxim emas sodaqat muxim. Ishdan ketgan imomberdi soli birbaloxo‘jaev aytganidek «ustimizdan siyvorsangiz» ham mingdan ming rozimiz. Yaxshiyam ho‘ko‘mat bor. Agar yo svet yoki ho‘ko‘matni tanlash zarurati tug‘ilsa. Men hech ikkilanmay ho‘ko‘matni tanlayman. Bizga renesans ato qilgani uchun hannarsaga tayyorman. Darvoqe renesansni dodasi yettinchi asr ya'ni saodat asridayam svet bo‘magan. Kelinglar, ho‘ko‘matga madxiya aytib maqtaylik.

MS: Maxtag‘an bilan ish bitmiydiqu oxir. O‘zi xozir quri hamma yerni potxolim bosdi. Boshqo kasp kor atadon yo‘qmi. Bel kutarib yer og‘dorodo‘nlro nerda?

Pыlesos

Oldin sleser, tokar, frezerovshik degan kasblar bo‘lardi. Keyin kasblar soni qisqardi. Usta va biznesmen degan ikki kasb rosayam ommalashdi. Asnoda ilgari ko‘rilmagan kasblardan non yeyayotgan mardum vujudga keldi. Toshkentlik Ro‘shan – zotdor itlar sartaroshi. Agar, mabodo, xotiningiz 2 ming dolllarga Chixuaxua kuchugini sotib olsa bu kuchukni albatta Ro‘shanni oldiga oyda bir oborish kerak. Odamlar uyidagi katta akvariumlarni tozalovchilar ham yangi kasb. O‘nta klient bo‘lsa, tirikchilik gulday o‘tadi.  Yana bitta kasb – oila menedjeri. Uning vazifasi chetda yurgan akalarining pulini sistemali sog‘ib turish. 

Yangi va talab katta bo‘lgan kasblardan biri «pыlesos» («changyutgich»). To‘yga boradigan artist sostavining eng muhim a'zosi. Pыlesosning vazifasi to‘yda qistirilgan pullarni tezda terib olishdan va pullarning begana bo‘lishini oldini olishdan iborat. Odatda to‘yda qistirilgan pulni o‘g‘irlaydigan mehmonlar ham bor. Bundan tashqari raqqosalar ham pul bekitadi. Pыlesos bularning hammasini nazorat qiladi. Doirachi, naychi, tiqilib yotibdi ammo talantli pыlesoslar oz…

MS: Og‘o qo‘ying bu pilesosni, shumxovorlordon, o‘lgan qotqonnon oyting.

RT: Ohangaron shahar prokuraturasi tergovchisi 9 ming dollar pora olayotganda ushlandi. Prokuror qamag‘da.

Sergelida skoriy chaqirgan kasalning yarim yovvoyi qarindoshi oldin duxrtni keyin skoriy sho‘prini kaltakladi. Sho‘pr bannisada. Duxtrlar endi bu maxallaga bormaydigan bo‘ldi. Kasalga chalinib o‘lib ketishsin

Eltuzda tanqidiy maqola chiqqanidan keyin Chirchiq shahar hokimi Xidoyatov shifoxonaga yotqizilgan. Vakolati boshqa odamga o‘tgan. Bilmaganlar uchun bilgi: Hidoyatov ishdan olingan Toshkent hokimi Ortiqxo‘jaevning cho‘talchi shotiri edi.

Toshkentning Chilonzor tumanida qornida to‘qqiz oylik bolasi bo‘lgan xotinini bo‘g‘ib o‘ldirgan odamsimon maxluq 18 yilga kesildi. Yaqinlarining iddao qilishicha, marhuma ayol 3 kundan keyin egazak qizlarni tug‘ishi kutilayotgan edi. Bo‘g‘oz ayol go‘rda, qotil er qamag‘da.

O‘zbekistonning Nukus shahrida  jugari kurdik bayrami bo‘layotgan ekan. Yaxshi tadbir. Kurdik bu xamir va go‘shtdan beshbarmoqqa o‘xshab tayyorlanadigan tomoq. Xorazmda tarqalgan.  Kurdikning turi ko‘p. Qayish kurdik. Uzma kurdik, jugari kurdik, solma kurdik…

MS: Kurdik issi bo‘ladi. Shunuchun vuni puflab sovutib keyin yeyiladi. Kurdik – ufladik urdik diyani shu. Bobolov yoxshi go‘radi qoyish kurdikni.

RT: Kamchiligi prezident tarafidan aniqlanib, tanqid qilingan Surxondaryoning sobiq hokimi To‘ra Bobolov Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga imi jimida tayinlangani 24 fevral kuni oshkor bo‘ldi. (Majlisda ko‘rinish berdi bu tog‘a) Nima o‘zi bu? Nega butun bir viloyatni botqoqqa botirgan xokimga yana lavozim beriladi? O‘zbekistonda shunchalik malakali kadrlar qaxatga uchraganmi?

Urilgan xokimlarni qozonda qaynatib yog‘idan sovun qilinsa o‘sha sovunam ko‘pirmaydi.

MS: Ishitdingizmi og‘o, Sirdaryo hokimi o‘quvchi qizlarni maktabdan qoldirib tondira girizip non yoptirjoq. Xorop qon toshog‘on hokim. Non yopomon o‘xshotib rapidani qoqshotip.

RT: Shu hokim degan yaratiq gapirmay qo‘liga bloknot ushab humkdorga mushtoq tikilib tursagina aqlli ko‘rinarkan. Aslida ular umuman tamal savodi  yo‘q¸ institutda otasi mol sotib o‘qitgan yirik shoxli mollardir xolos. Ularning xotin qizlarga munosabati g‘or davrida qolib ketgan. Bu urod chmo hokimlar nazarida har qanday qiz bu potentsial cho‘ri. Sirdaryo tuman hokimi Botirjon Mirzaqulov o‘quvchi qizlarga non yopishni o‘rgatish kabi taklif bilan chiqibdi. Birinchi savol nega qizlarga? O‘g‘il bolalarchi? Ikkinchi nega non yopishni? Nega fizika, matematika yoki raqamli texnologiyani emas. Xulosa shuki, dunyo trendlaridan xabarsiz yirik shoxli xokimlar suruvi O‘zbekistonni jarlikka eltayapti. Kim hokim bo‘lib ishlagan bo‘lsa aqlan ojiz degan maxsus ro‘yxatga tirkalishi kerak. Mabodo hokimlikdan quvilsa kibernetika institutiga rektor qilib tayinlanmasligi uchun.

MS: Og‘o indi qo‘yonlo ininnan chiqdi, pishiklar mor o‘ldi, xo‘rozlo tuvuqloni quvolop boshlodi. Bizani dang dushlaram kadilani suvita dirashni boshlapardila. To‘y sezon yaqin. Lekin to‘yni xorojoti ulli. Oyniqsa gullanli qizlani qolingi qimmot.

Karantin davridagi to‘y stseneriysi

Kelin bo‘lgich ota uyida uyg‘ondi. Ertalab ota onasi aka singillari bilan birga o‘tirib choy ichdi. Ota fotixa beradi. «Borgan joyingda qumtoshday qotgin qizim»  

Ko‘chadan mashina bippillagani eshitiladi. Kuyov bola kepti. Qizning chamadonini akasi obchiqib mashina yukxonasiga joyladi. 

Mashinaning oldi aynagiga bitta shar puflap osib qo‘yilgan. Qiz mashinaga o‘tiradi. Mashina ichida uch kishi. Kelin. Kuyov va sho‘pir. 

Kecha onlayn qilib zagsdan o‘tishgandi. 

Tushlik paytda kelin bola kuyovning uyiga kirib boradi. 

Prosto boshini sal egib, nim tabassum bilan.

Dasturxon atrofida to‘rt kishi ijtimoiy masofa saqlab o‘tiribdi. 

Qaynona qaynota va ikki qaynsingil. 

Dasturxonga kelin bilan kuyov ham qo‘shiladi. Ja'mi 6 kishi bo‘ldi.

Qaynota fotixa o‘qiydi «iloyim qo‘shgani bilan svarka bo‘pketsin» degan ma'noda. 

Ovqat tortiladi. Oldin qiymali suyuq sho‘rva. Keyin ichiga qiyma solingan bulg‘or qalampiri. Ya'niy golubtsi. 

Qaynata xazratlari  kelin kuyov sharafiga 100 gramm argentina konyagi  solingan billur qadaxni ko‘tarib alyor aytadi. 

Kelin bilan kuyov kivi sharbati ichishadi. 

Ana shundan keyin kelin kuyov davrani tark etib ular uchun yasatilgan aloxida xonaga kirishadi.

Xona yaqinda remontdan chiqqan. Kichikroq dushkabina ham o‘rnatilgan bir chetiga. Uyog‘i 18 qo‘shuv. 

To‘y xarajati deyarli yo‘q: Mashinada kelin obkelishni kuyovning  oshnasi tashkil qildi. Yagona sharni kelinning qayinsinglisi mashinaga taqib qo‘ydi. 

Uyda odatdagidan sal ko‘proq va sal sergo‘shtroq ovqat pishdi. Argentina konyagini esa qo‘shni sovg‘aga bervoripti.

Sal oldinroq kelin tushadigan xonani kuyovning boy tog‘asi  remont qilib bergandi.

Har ikkala qaynona bittadan oltin yuzuk berdi. Kelin bilan kuyov bir birining barmog‘iga taqib qo‘yishdi.

Zagsdan virtual o‘tishga  va  masofavoy imom nikoxiga ozroq internet magabayti sarf bo‘ldi.

Asosiysi kuyov va kelin baxtli.

Buni karavot g‘ichirlashidan ham bilsa bo‘ladi.

Ne baxtki visol sevgiga muhabatni qo‘sholsa mangu. 

Ne baxtki ikki otash dil orzulari ushalsa mangu.

Qaynana hisoblab ko‘rsa 40 ming dollar yonga qolibdi. Shu pulga sag‘al qo‘shib kelin kuyovga Chilonzordan alohida kvartira oberishmoqchi.

40 ming dollar qaerdan chiqdi demang. Xozir sanab boshlasam yetmaydi u zo‘o‘r to‘yga. Masalan Ozodbekka 10 ming…

Xullas karantinda ham xayr bor. To‘ylar muborak!!!!!

Stsenariy muallifi Rassom TUZ

MS: Lekin og‘o siz to‘y disiz. Jizzax hokimi bir vishilkani ming dollora olibdi.

RT: Har to‘g‘ri, Matchonboy. Mana xujjat. Jizzax viloyati hokimligi, byudjet mablag‘laridan, 118 mln 500 ming so‘mlik mebellar xarid qilgan. 

Shartnomada, 1 ta «Prezidium» stolining narxi 31,7 mln, 1 ta «Carella» ilgich «veshalka»ning narxi 11,4 mlndan ko‘rsatilgan. Hokim bo‘l insof bilan bo‘l.

MS: Sho‘rda to‘xtab yonqi gapni oyting

RT: Assalom O‘zbekiston, Juma Muborak!

Tag‘in o‘qing
18 aprel 2018
Mirziyoev N viloyatining olis bir tumaniga vertolyotda uchib keldi. Yurtboshi tikuchar zinasidan tushib, atrofga alanglab qaradi. Atrof ivirsib yotibdi. ...
27 mart 2017
Farg‘ona viloyatida shoqollar to‘dasi uch kun ichida 22 ta qo‘yni bo‘g‘izlagani ortidan mahalliy hukumat 20 martdan boshlab ularni yo‘q ...
20 avgust 2023
Calom qadrli muxlislar, Eltuz o‘zining kundalik ko‘rsatuvlarini davom ettiradi. Eltuz ilgari xabar berganidek, 15 avgust kuni Zo‘r TV jurnalisti ...
1 yanvar 2021
Mana, o‘lmagan qul siz bilan 2021 yilning ilk kunida diydorlashib o‘tiribman. 364 kunlik kitob turibdi oldimda. Bir-bir varaqlayman. Ko‘chada ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...