Asosiy mavzular
17 mart 2023

RTdan va'z: Ë o‘lasan, yo qolasan, – kimning do‘sti bo‘lasan?

Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman. 

Matchon Suqilish: Nichiksizlar mo‘chchi oybika ham xo‘jik birrila?

Rassom Tuz: Matchonboy, sen to‘ydagi xopizning yugurdak bolasi nima ish bilan shug‘ullanishini bilasanmi?

Bilaman. tapni qizdirib galadi, o‘yinchila go‘ynak olmoshtirg‘ondo po‘lundirada duradi jolotoy arkakla galip atib getmasin dap.

RT: Matchonboy bu yugurdakning yana bir vazifasi orani to‘ldirish. Xopiz choy ichishga o‘tirgandagi pauza paytida mikrofonni olib qo‘shiq oytodi. 

MS: Men she'r aytib berin, bo‘lmasa

RT: Ayt

MS: Nemis chiqdi o‘rmondan 

Pichoq oldi karmandan

Ë o‘lasan yo qolasan

Kimning do‘sti bo‘lasan?

RT: Matchonboy bu she'rni o‘zgartib aytish kerak

Blinkin chiqdi o‘rmondan

Ultimatum oldi karmandan

Ë o‘lasan yo qolasan

Kimning do‘sti bo‘lasan

MS: Ulli yoshulli Termizda juvop bardi bi gapa. Xalqni do‘sti bo‘laman dadi. Lekin qaysi xalq akanini oniq oytmoadi. O‘ris xolqinimi, yo bizani mongloyi qorolami

RT: Prezident Shavkat Mirziyoev 13 mart kuni Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida «O‘zbekiston kim tomonida?» degan savolga javob berdi:

«Zamon juda murakkab, hozir katta-katta davlatlar O‘zbekiston, sen kim tomondasan, deyapti. Neytral bo‘lib yurishing bo‘ldi endi, yo u tomonga, yoki bu tomonga o‘tgin. Qattiq-qattiq aytib, vakillari ham kelib, o‘zlari ham shunga da'vat qili bizga kerak O‘rta Osiyoda O‘zbekiston. [Aholisi] 36 million bo‘ldi, 3−4 yilda 40 million bo‘ladi, katta davlat bo‘ladi, kim tomonsan, deyapti. Qani, bunday og‘ir savolga qanday javob berish kerak?! Javobim bitta — bir tomonman. Millatim, xalqim buyuk O‘zbekistonimning manfaati uchun o‘lishga ham tayyorman, deb javob beraman», — dedi Shavkat Mirziyoev.

MS: Duzog‘o Mirziyoev minnin dayani bilan ministrlar o‘risni go‘ttini yolob yotibdiqu xoroplo

RT: Xopz Ozodbekning madturvazirligi Rossiya tsenzura idorasining filialiga aylanib bo‘lgan!!! Uyat!!

14 mart kuni taniqli Putin rejimi tanqidchisi, stendap komediyachi Danila Poperechniy Toshkentda «Quvnoq/hayot» nomli kontsert dasturida uning Putin, urush va Rossiya siyosatini tanqid qilgan xazillari paytida Madturvazir shotiri mikrofonni o‘chirib qo‘ygan. 

Kontsert  davomida mikrofoni ko‘p marotaba o‘chib qolgan qiziqchi O‘zbekiston hukumat vazirliklarida suvarakday o‘rnashgan Putin malaylari haqida yozdi: 

«Post Toshkentda 1500 kishi uchun qanday ajoyib kontsert tashkil etilgani haqida bo‘lishi mumkin edi. Lekin haqiqat shuki, kontsertimdan dunyoda sodir bo‘layotgan voqealar bilan bog‘liq barcha materiallar olib tashlandi. Har gal hazil yoki mavzu hozirgi kun tartibiga hech bo‘lmaganda bilvosita yaqin borsa ham, mikrofonni shunchaki o‘chirib qo‘yaverishdi. Ular hatto kontsertning ochilish marosimidagi „Rossiya“ so‘zi oddiy ma'noda qatnashgan hazillarni ham hech bir kelishuvsiz, o‘zlari bilganicha kesib tashlashdi», — dedi komediyachi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «mahalliy huquq-tartibot idoralari talabi bilan kontsert dasturining kamida 50 daqiqasi kesib tashlangan ». «O‘zimni Rossiyadagi uyimda kabi his qildim», — dedi u.

«Mayli, Toshkent, tugatamiz shekilli. Ko‘rinishidan, aytadigan hazillarim uchun mikrofonim o‘chirib qo‘yiladi. Urush yo‘q, xayrli tun», — deya qo‘shimcha qildi Poperechniy.

Danila Poperechniy tomoshabinlardan pul to‘lab kirgan shoulari ko‘ngildagidek o‘tmagani, uning bir qismigina namoyish etilgani uchun uzr so‘radi. Kontsert dasturi 2,5 soatga mo‘ljallangandi. Uning ta'kidlashicha, tomoshabinlar pulni qaytarish uchun ariza berishi mumkin. «Menda hech qanday savol bo‘lmaydi», — deydi u.

«Ayni paytda siz dasturni bu shaklda qabul qilgan yagona shaharsiz», — dedi komediyachi.

28 yoshli Danila Poperechniy urush tufayli Rossiyani tark etgan. U rafiqasi Polina Chistyakova bilan AQShga ko‘chib ketgan. «Quvnoq/hayot» dasturi bilan turli mamlakatlarda gastrollarda bo‘lib turibdi. Toshkentdan keyin uning Turkiyada ikkita kontserti bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Xullas oldin aytganimdek, bosqinchiga butxona qurgan Madturvazirning xopz otarchi vaziri mamlakat manfaati va davlat butunligiga tahdid bo‘lib qolmoqda. 

Savodsiz va joxil mulozim davlatnig birinchi dushmani.

MS: Og‘o siza xot galipbi. Loposini ochib o‘qib ichim yondi. Qochon mongo grin kort chiqar akan. Qochon manam odomnin yoshob yuriyman dap. 

Rassom Tuzga maktub

Tarix 1991. Har kuni  narx oshmoqda. Yaqindagina kimdir jigulisini 15 ming so‘mga sotib pulni banka ichiga tiqib qo‘yuvdi. Ikki oy o‘tib 15 mingga 10 kesma sovun berib turibdi.  Odamlar har kuni ko‘tarilayotgan narxga havotir bilan qarashar. «Bunday bo‘lishi mumkin emas!!! Albatta narxlar avvaligisiga qaytadi. Yana arzonchilik bo‘ladi» degan umid bor edi. Odamlar yana «SSSR qaytadi» degan ishonchda edi. Yana boshqa birovlar esa MMM piramidasiga pul eltib poyda olish payida edi. Bir do‘stim parkdagi gul do‘konni ijaraga olib ichida jiguli lobovoy oynasini yasab sotmoqchi bo‘ldi. Oyna eritadigan temir pechka bosimga dosh bermay yorilib  ketdi.  Portlashda do‘stim va uning qaynog‘asi o‘ldi. Bollari yetim qoldi. Men ham o‘shanda tushkunlikka tushib osmondagi narxlarga qo‘lim yetmaydi deb o‘yladim. Shu payt rassom do‘stim genial bir gapni aytib qoldi. U aynan  mana bunday dedi. «Narxlar arzonlamaydi. Ko‘proq pul topib narsalarni qimmat narxda olaverish kerak» Tuya bir so‘m qani bir so‘m. Tuya ming so‘m mana ming so‘m degan maqol  ijobati edi bu. Shundan keyin biznes daryosiga boshim bilan sho‘ng‘idim. Xotinlarning ishtonidan tortib emchak haltasigacha sotdim. Matn tarjima qilardim. Italiyan kinochilariga dasyor bo‘ldim. Barcha pulimni to‘plab AQShga bilet oldim. Pasportda 5 yillik AQSh vizasi.  Nyu Yorkdagi Jon  Kennedi aeroportiga kelib tushganimda cho‘ntagimda 20 dollar pul bor edi. Meni kutib oladigan odam chiqmadi. Pulni yarmi telefon avtomatga sarf bo‘ldi. Men xuddi  dengizda kemasi cho‘kib qirg‘oqqacha suzgan odamday toliqqan edim. Atrofga alang jalang qarayman. «Sen nima kessak nima» degan nigoxlar. Shu payt bir odam menga qarab «senda ozroq problema borga o‘xshaydi» dedi.  «E tog‘ajon, ozroq emas, ancha ko‘p probemam bor. Bir o‘ris bola kutib olishi kerak edi. Chiqmadi. Men endi ko‘cha ko‘yda qurtga qushga yem bo‘lamanmi.» Negadir bu odam menga qarab tirjaydi. Birov o‘laman desa bu kulaman deydi. Tagi irlandiyalik odam ekan. U kutgan odamning vizasi chalkashib kelmay qolibdi. Meni shaharga tashlab qo‘yadigan bo‘ldi. Kennedi havo limanidan shaharga qadar bir soatlik yo‘l.  Gaplashib ketdik. Mening yog‘och o‘ymakorligidan habarim borligini bilgach mashinani yo‘ldagi benzin stantsiyasiga burdi. O‘sha yerda menga agar istasang mebel restavratsiya qiladigan usta oldiga olib boraman. Soatiga 6 dolllarga rozimisan dedi. Albatta rozi edim…….

Oradan 30 yilcha vaqt o‘tdi. Bugun Nyu Jersidagi uyimni  600 mingga so‘rab kelishdi.Balki sotarman. O‘zim okeanga yaqin Orinj shahrida yashayman. Kaliforniya viloyati. Los Anjelos taraflarda. Ishim yaxshi. Qachondir yashaganim alg‘ov dalg‘ov vatanimni qo‘rqinch tush kabi eslayman.

Yuldash Tangriberganov.

MS: Og‘o lekin, deshono chiqib getganlani ko‘pi jilli nimkalo

RT: Kuninng oydin bo‘lsin Matchon. Bugun yana oydin fikrli donishmandlar, tili burro fitnachilar hamda olomon haqida o‘yladim. Nega olomon bir grafoman maishiy buzuq mulla yoki bozorchi shallaqining plintusdan past aljirashlariga maxliyo bo‘ladi?

Aksar ko‘pchilik Behbudiy, Sog‘uniy, Rauf Parfi, Muhammad Solih kabi oydinlar fikriga etiborsiz?

Shularni o‘ylab tursam, Dehqonobodlik dietolog vrach do‘stim osongina tushuntirdi qo‘ydi.

Johil olomon fast-fut, jank-fut kabi sog‘liqqa zarar arzon garov tezpishar narsalarga ruju qo‘yadi. Kamgina oqillar salomatlik uchun zarur bo‘lgan yaxshi yemak tanavvul qiladi.

Qissadan hissa shuki, – kallavaranglar aljirashi joxillar uchun arzon yemakdir.

Behbudiy, Sog‘uniy, Rauf Parfi, Muhammad Solih kabi oydinlar fikri esa oqillar uchun fikr ozig‘idir.

Ko‘knori takyasiga tushib qolgan odam

Aytaylik siz yopiq bino ichida ko‘knori chekayotganlar orasiga tushib qoldingiz. Atrofni ko‘knorining zangori  tutuni bosgan bo‘lsa bundan siz ham istar istamas  bahramand bo‘lasiz.

Boshingiz aylanib o‘sha bangilarga o‘xshay boshlaysiz. Tabiatingizda nashavandlikka moyillik bo‘lsa tamom bo‘ldim deyavering. 

Taqdir taqozosi bilan Turkiyadagi johil va aksil ota turk  radikal to‘dalar orasiga tushgan o‘zbek «ziyoli»sining FBda aljiragani ko‘rib achinib ketdim.

Muhammad Bekjon qamoqdan ozod bo‘lsa, nega dindorlar ozod bo‘lmaydi, nega jurnalist ozod bo‘ladi deb yozg‘iradi bu mazlumning akasi Muhammad Solih dasturxonidan tuz yegan bu «ziyoli». Go‘yo Muhammad Bekjon musulmon emas.

O‘zini kim musulmon yoki musulmon emasligi haqida tashxischi deb hayol qilsa kerak.

Har hil johil  bangilarning gapini takrorlab kunora  «Amerikaga o‘lim» tilaydi. Umrida bormagan G‘arb o‘lkalarini shallaqi xotinday qarg‘ab o‘tiradi.

Bilmay muxolifatga yaqinlashib qolganidan tazarru qilib, Shavkat Mirziyoev meni qaytarmasmikan deya mo‘ltillaydi.

Shafqatsiz bo‘lganimda bu odamninig ismini yozib qo‘yardimu, ammo o‘zi hudo urgan odam, ikki lager o‘rtasida arosatda qolib darbadar bo‘lganiga achindim.

O‘zi saviyasi past bo‘lgan odam chuqurga tushib ketsa ko‘rinmay qolar ekan.

Balki ko‘rinmay qolgani ham yahshidir, nima qiladi quyoshni to‘sib.

MS: hamma potxolim. Lagan qoqib yotibdilo.

Sig‘inish mayli

RT: Nega odamlar tabiatida birovga sig‘inish mayli bor? Umuman sig‘inish ijobiy hodisami yo salbiy? Va nihoyat, inson bunday odatdan qutilishi mumkinmi yo yo‘qmi?..

Men institutda «Tarixda xalq va shaxsning roli» mavzuida saboqlar olganman. Bu saboqda tarixiy shaxsning xizmatlari e'tirof etilgani holda tarixning asosiy yaratuvchi kuchi — millat ekani uqtirilgan. Hayotda esa… nuqul buning aksini qildik. Stalin, Xrushchev, Brejnev… Ne-ne avlodlar bunday zotlarni ko‘klarga ko‘tarib Yerdagi xudo darajasiga olib chiqmadi deysiz! 

1949 yili nashr etilgan «Xalqlar otasi»ga kitobining mualliflari (G‘afur G‘ulom, Hamid Olimjon, Oybek, Uyg‘un, Ramz Bobojon, Asqad Muxtor, Mirmuhsin, Shukrullo va boshqalar)ni ko‘rib ko‘zingga ishonmaysan kishi. O‘sha kezlardagi gazeta sahifalariga azbaroyi ko‘z yugurtirib bo‘lmaydi. Tozi it  bolalasa ham, Stalinning xizmati, plandan ortiq metall eritilsa ham xalqlar otasiga tashakkur, Abdulla Qahhordek to‘g‘ri so‘z adib ham «dohiyning yana bir marta nafas olishi uchun har bir sovet kishisi butun umrini berishga tayyor edi» deb yozishdan qalamini tiyolmaganiga aql bovar qilmaydi…

(«Qizil O‘zbekiston» 1953 yil 9 may)

MS: Xoziram top shunnin blo. Inobi rasmni qorong severniy koreya dap o‘yliydi go‘rgan odom. Zulpiyachimish bi xorpolo. Birava she'r yozdirib zulpiyachi bo‘lib o‘tib, keyin yurfak yo toshmiga giradi bi juvonnamak qon toshog‘onlo.

RT: Zulpiyachilik instituti ontarilib barcha zulpiyachilar ashi instititut toshlari ostida majaqlanib o‘lgan minutdan boshlab O‘zbekistonda ijobiy  o‘zgarish bo‘ladi. Shimoliy Koreya tipidagi bu yolg‘onni baqib o‘tirgan hukumatni ham qo‘shib ontarish kerak. Jinni, ovsar, odam o‘ldiradigan buyurtma killer va g‘arlar to‘dasi bu zulpiyachi degani. Qani qo‘llaringni ochish. Iloyim yer yutsin zulpiya institutini.

MS: Vunga qo‘shilib O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasam yo‘q bo‘lsin!

RT: O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi turizm elchisi Sofi Ibbotson O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi haqida nima deydi?

“Kamina, shubhasiz, mafkuraviy va amaliy jihatdan, Yozuvchilar uyushmasiga nisbatan salbiy munosabatdaman. Menga “Ipak yo‘li” adabiyot festivali direktori sifatida uyushma rahbariyati bilan hamkorlik qilish oson bo‘lmadi. 

Bir-birimizni ko‘rarga ko‘zimiz qolmadi, va ishonamanki, har ikki tomonning ham hafsalasi pir bo‘lgan. Men bu uyushmaga nopok o‘tmishi va haqiqatdan uzoqlashishi bilan o‘ziga dog‘ chaplagan dinozavr (eskirgan) muassasa sifatida qarayman. Men bu boradagi qarashlarimni O‘zbekiston hukumatidagi hamkasblarimga aniq-tiniq bildirganman. Ular ham odatda meni yaxshi tushunishadi. 

Biroq, real haqiqat shuki, hozir O‘zbekistonning juda katta va murakkab islohotlar dasturi mavjud va Yozuvchilar uyushmasi bilan shug‘ullanish bu dasturning ustuvor vazifalari ro‘yxatining boshida emas. Uning parchalanishini yana ozroq kutishga to‘g‘ri keladi”

MS: Omin, iloyim tongri toyoqi bilan solsin biloni. Og‘o savol siza. Navchun biza yomon yoshiymiz? 

RT: Matchonboy  «Inson huquqlari deklaratsiyasi»ning 23-moddasini o‘qi. «Har bir ishlovchi odam o‘zi va oilasi inson sha'niga munosib ravishda yashashini ta'minlovchi halol va qoniqarli taqdirlanish huquqi»ga ega deb yozib qo‘yibdi. 

MS: Biza SSSR voqtinda yaxshi yoshovadik hazzatip.

RT: Ëlg‘on gap bu Matchonboy. SSSR oziq-ovqat mahsulotlari eng arzon mamlakat deb bilganam bilmagan ham aytadi. SSSRda kartoshka GFRdagidan ikki marta, sut va go‘sht AQShdagiga qaraganda uch marta qimmat. Yog‘ AQShdagiga nisbatan 10, Yaponiyadagiga nisbatan 5 marta qimmat bo‘lgan  Hamma «arzon» deb o‘ylaydigan non Kanada nonlaridan ikki baravar qimmat bo‘lgan. 

MS: Lekin rabochchi odom SSSRda yoxshi oyliq olg‘on.

RT: Marks Kapital  asarini  yozgan davrda kapitalist ishchiga u ishlab chiqarganining 30—40 foizini bergan. Marks, ishlab chiqarilgan qiymatning 50—60 foizi maosh tariqasida berilishini kapitalistik jamiyat uchun ideal deb hisoblangan edi. Tasavvur qilasizmi, hozirgi paytda shved ishchisi o‘zi ishlab chiqarganining 80 foizini oladi! SSSRda esa 8 foizi ishchiga tekkan.

MS: Hozir asa nol. Ne to‘lko prezident sroki, hammasi no‘l bo‘ldi. 

RT: Matchonboy, san bugungi davrning qadrini bil. SSSR yaxshi bo‘lsa, nega odamlar o‘zlarini yoqib o‘ldirishgan, 1987 yili SSSR bo‘yicha 54105 kishi o‘zini o‘ldirgan.

MS: Hozirchi?

RT: Xoziram o‘ldirishayapti o‘zini. Oqdaryolik 18 yashar student qiz ko‘prikdan Qoradaryoga sakrab o‘zini o‘ldirdi. 

MS: Qiz nerda?

RT: Qiz go‘rda.

MS: Qiz go‘rda. Dirilar portolo xat yozib yotibdi. Ar garak, yer garak dap.

RT: Biz so‘rovchilarga, iltimoschilarga aylanib qolganmiz! Uyalmaymiz, insoniy qadr-qimmatimizni oyoq ostiga olib tepkilayotganimizni his qilmaymiz — butun muomala madaniyatimizni, uddaburonligimizni, so‘z san'atimizni, aqlu-idrokimizni nimalarnidir so‘rashga — undirishga isrof qilamiz. Tirik jon sifatida zarur bo‘lgan eng oddiy manfaatlarimiz quliga aylanib qolganimizni yashirmaymiz, bizni — odamlarni shu ko‘yga solgan muhit illatlarini ro‘y-rost ochib tashlashni o‘ylamaymiz!.. Abdulla Oripovning «Mayli o‘tda yongil, mayli suvda cho‘k. Hargiz iltimosga kuning qolmasin!» degan satrlaridan jo‘shib ketmaymiz…

Buzuq mashina uni tuzatmoqchi bo‘lgan ustaga maslahat bera olmaydi. Usta oldin buzuq mashinani aynan nimasini tuzatish haqida diagnoz qiladi va ishni boshlaydi. Mashina jarrox yotog‘idagi kasal kabi narkoz xolatida bo‘lishi joiz. Jamiyat ham shunday. Hech kim hali o‘zi yaxshi ko‘rib tish duxtrga bormagani kabi jamiyatdagi aksariyat reformalarga salbiy munosabat bildiradi. Salbiy munosabat bildirganlar chirigan tishini sug‘urmoqchi bo‘lgan duxturni tavqi la'nat qilayotgan kasal kabidir. Faylasuf Nikolo Makiavelli «Har qanday reforma jamiyatdagi o‘zgarishlar uchun to‘shaladigan yo‘ldir» degan edi. raxmalli. Bugun siz mashinangizda g‘izillab o‘tayotgan yo‘l bir paytlar tog‘ tosh bo‘lgan. Kimdir shu toshlarni chopib kesib yo‘l qilgan. Yana bir gap. Ëng‘in bilan bu yong‘inni o‘chirmoqchi bo‘lgan pojarniy komandani adashtirib yubormaslik kerak. Ëng‘inni vaqtida o‘chiradiganlar xuddi og‘riq tishni sug‘uradigan emchi kabidir. Og‘ritadi ammo shuni qildirmasangiz bo‘lmaydi.

MS: Og‘o, xozirqi zomon do‘g‘rissinda yozish oposniy. Ina siz Gunnora apikani yozing. Tozo o‘g‘illiqi chiqipti. 

O‘zbekiston prezidentining qizi Gulnora Karimovaning ashlachi eri Rustam Madumarov 2010 yilda 40 million dollarga xususiy jet uchoq sotib olgan. Bir pasdan keyin prezident qizining o‘g‘irliklari haqida Avstriyada joylashgan the Freedom For Eurasia tashkiloti yostiqday hisobot chig‘oradi. Britaniya, Shveytsariya, Frantsiya, Dubay va Gongkongda 14 koshona va bitta qasr. Bitta Londonning o‘zida beshta imorat ovobdila Gunnora poshsho. Bitta uy qirolga qo‘shni. Bukengem saroyi biqinida. 2013 yili Gunnoraning ustida qora bulut paydo bo‘gan paytda Londondagi ikki imoratni sotishga ulguribdi. 

Gulnora Islomovna nega unaqa qildiz?

O‘zbekistonda qiz bola bo‘lib tug‘ilsang erga tegish uchun maqsadli harakat qilishga majbursan. Ota enang yemay ichmay sep yig‘adi, kelajakdagi qashshoq erning ispalnisini to‘ldirish uchun. Sal katta bo‘lsang ashi erdi va uning ajdarxo onasini baqishni o‘rganish uchun seni pazandachilk kursiga berishadi. Xozir er degan takasaltanglar yoppasiga zombi bo‘lib machitda tekin shavla yeb, arab propagandasini eshitib, konchat qiladigan parazit alfons muxa urodga aylangan. Ularga yoqish uchun seni otin oyiga berib qoriya qilishadi. Xozir endi arab ko‘t raqsiga tushish kurslari bo‘lg‘usi qoriya kelinlar bilan to‘lib ketibdi. Rijol erga arab ko‘t raqsi tushib berish vojib bo‘pti. Mabodo er taloq qilsa halol islovotda ishlash perspektivasi ham bor. Gulday xunar.

Xotinqullar o‘tda yongan davr

Kelinlar qaynonasini yomonlasa, hamma qo‘shilib yomonlaydi. «Xotinim bilan mazza qilib yashayman», deb, ona uyini tark etib, alohida ro‘zg‘or qilgan «erjon»lar esa ko‘pchilik nazarida «supper qahramon». Xozir meni o‘qiyotganlar orasida o‘g‘il o‘stirayotgan xotinlar bordir. To‘qqiz oy qorinda tashib, yirtilib tug‘ib, yemay yedirib, kiymay kiydirib katta qilgan o‘g‘lingizni uylantirsangizu u sizni emas, xotinini aziz qilsa, yoqadimi? Xotinini maqtab onasini siltagan o‘g‘ilning nimasi yaxshi? Mang‘itda eshitganim bir doston qahramoni «bolam belimda, xotin yo‘limda, onamni qaydin toparman», deya onasiga gap qaytargan xotinini og‘zini urib sindirib, cho‘lga tashab ketadi.  Sahih hadislarda muborak qilinishcha, «jahannamning asosiy kontingenti qaynanasi va eriga gap qaytargan» xotunlar bo‘larkan. Vallohi A'lam. Men yaqindan tanigan va hurmat qilganim rahmatli Fozil qorining aytishicha, Oxir zamon payg‘ambari Muhammad Mustafo (sallallohu alayhi va olihi vasallam) ham qaynanasiga gap qaytargan kelinlaru, xotinini behurmat qilgan xotinqul erkaklarni la'natlagan ekan. Fozil qori aka Rohimahulloh rivoyat qilishicha, «Ummat nabiysi Muhammad Mustafo (sav) xotinini gapiga kirib, onasini behurmat qilgan sahobai kirom Al Qamani gulhanda yoqib tashashni amr bergan ekanlar. Al Qama ikki marta jihod janglarida qatnashgan, diniga va payg‘ambariga sodiq sahoba edi-ku axir. Nega Al Qamaning onasi kelib, «o‘g‘lim, xotinining gapiga kirib, meni behurmat qildi», deb, shikoyat qilganda Muhammad Mustafo (sallallohu alayhi va olihi vasallam) so‘fi Bilol va Hazrati Shohi mardon Aliga o‘tin yig‘ib, maydonda gulhan yoqishni buyurdilar. Bu gulhanda esa xotin quli Al Qama yonishi kerak edi. Lov-lov yongan gulhanni ko‘rgan ona o‘g‘lini kechirib, jonini so‘rab olgani boshqa mavzu. Meni aytayotganim esa xotiniining gapiga kirib, onani behurmat qilishlik shunchalik og‘ir gunohmi? 

Qaynonasiga tik qarab gapirib, behurmat qiladigan kelinlar jahannamda o‘tin o‘rniga yoqiladimi? Qaynonasini yomon ko‘rgan kelinlar boshini do‘zax farishtalari gurziyu gavron bilan majaqlaydimi? Bu savollarga siz aziz kelinlardan javob kutaman. Sizni tuqqan ona azizmi yoki daraxtni bir tepsangiz, duv etib tushadigan kelinlarmi?

MS: Lekin qoynonani kobra cho‘qso, kobra o‘ladi, lekin qoynona o‘lmiydi. 

RT: Bundan 100 yil oldin Uchko‘priklik shoir Muqimiy «Bo‘lsa kiroyi tushsang purjinalik kalaska» deb orzu qilgan edi. Mana uchko‘prikning sobiq va shu kunda Sirdaryoning muvaqqat hokimi Akmalxon Mahmudaliev minib yurgan prujinalik kalaska oqposhshoning marjasi Alina Qoboydayam yo‘q.

Tur Muqim sayoxat agentligi brashyurasi

Muqimiy Qo‘qondan chiqib Shohimardonga borganida besh yuz paranjili xotinni bir diniy propagandist avrab turganiini ko‘radi. 

Bir ma'raka ko‘rdim butun,

Jam'i yopingan boshga to‘i,

Boqsamki, besh yuzcha xotun,

Voiz so‘zin tinglor ekan.

Muqimiy bu zombilandni kezar ekan,  xojaka rahbarlarning korruptsiyaga botganini ko‘radi:

Har gapda yuz ichgay qasam,

Takjoy olur moxovdanam

Hoji o‘zi murdor ekan.

Muqimiy «yoqasini har soat tutub» butun ko‘cha o‘g‘rilar bilan to‘lgani va «Dashti qaroqchizor» bo‘lgan joylardan o‘tib Volost rahbari haqidagi shikoyatlarni eshitadi:

Unda bo‘lus G‘ozi dedi,

Ham mufti, ham qozi dedi,

Yurt barcha norozi dedi,

Qilg‘on ishi ozor ekan.

Diniy propagandachilarning narkoman ekani ham shoir nazaridan qochmaydi:

Boz IZDIHOMI voizi,

Badkayf ochilmas ko‘zi,

Yuqori boshidin tizi,

Ermaklari ko‘knor ekan.

Choyxo‘ridin ko‘knori ko‘p,

Bir rasta nosu bang ekan.

Ayvonchalar misli katak,

Bir yo‘lki, odam siqqudak,

Chit birla bir yerda alak,

Bozori toru tang ekan.

Muqimiy qashshoqlik ko‘lamiga ham e'tibor beradi:

So‘rsam dedilar «Bo‘rbaliq>

Birmuncha echkilar ariq,

Kelsa kishi yeyar tariq,

Shomu sahar tayyor ekan.

«Oq yer»din o‘tdim, boylari—

Oliy imorat joylari,

Mehmonsiz o‘tkay oylari,

Kelsa birov nochor ekan.

Muqimiy Oltiariqda yomg‘irda loyga botib ozorlanadi

«Oltiariq» qursin o‘shal,

Sellarda qoldim bir mahal,

Bo‘ldim ivib yomg‘urda shal,

To‘n shilta, ho‘l ezor ekan.

Oltiariq havosidan ham uning rahbarlari yomon deydi Muqimiy:

Mingboshisi so‘finamo,

Tasbihu bo‘ynida rido,

Cho‘qub qochar zog‘i alo,

Bir dog‘uli ayyor ekan.

Xayru saxo vajhiga kar,

Bir pulni yuz yerdin tugar,

Kelsa gadoy nogah agar,

Bir non chiqish dushvor ekan.

Muqimiy shou biznes obzorini ham unutmaydi

Xuftonda kirdim bir do‘kon,

Qildi ashula bir juvon,

Eshak demang, undin yomon,

Hangrarda yaxshi hang ekan.

Qiyg‘ir ko‘targan uch yigit,

Uxlatmadilar bir minut,

Ham boshda tong otquncha it,

G‘ingshib chiqib, vang-vang ekai.

Biznes muxit yomonligini ham shoir qalamga oladi:

Bordim shahardin «Yakkatut»,

Bakkoli duzdi badburut,

Bir tanga sotkay bir qurut,

Insofi yo‘q, tarror ekan.

Mingboshi Eshdavlat akam,

Ammo quruq savlat akam,

Qilsa chikim gar bir diram,

Uyqu kochib, bedor ekan.

Gar mevasi bir tup sotar,

Bir pulni yuz yerdin tugar,

Bersa gadoga non agar,

Ming yilda ham dushvor ekan.

Boyvachchasidur badburush,

To‘g‘ri so‘zi achchig‘-turush,

Sil, eski bachcha, choyfurush,

Hofiz Umar, Qahhor ekan.

Men mamlakatim geografiyasini olayotganim maktublardan o‘rgandim.

Qorako‘lning eshakchisidan Shovotning bo‘yrachisigacha. Xazoraspning ovsharidan Farg‘onaning qirqlar qishlog‘igacha. Mamlakatim. Mamlakatim. Noming turli, darding esa darmonsiz. Sen «sodiq yorim qoro to‘proqdir» deya Oshiq Veysal kabi umidsiz bo‘lma.  Jaxli chiqsa tuklari charm chakmonini teshib chiqqan¸ dushman otini bir urganda  belini sindirgan Go‘ro‘g‘li kabi bo‘l. Yiqilgan yeringdan bir qisim to‘proq olda g‘oz tur. To‘proqni dushman ko‘ziga soch. Ko‘r qil dushmanni. Senga kichik tosh otganni ulkan qoya parchasi bilan majaqla. Senga rogatka o‘qtalganni zambarak bombasi bilan vasti vayron qil. Seni haqoratlamoqchi bo‘lib og‘iz juftlaganni shartta yerga yotqizib tilini sug‘urib ko‘tiga tiq. Sen hech o‘zingga savol berdingmi? Bu qavm nega qamoqxona nachalnigi, prokuror, mirshab va o‘g‘rilarni izzat qiladi. Ularga bukilib, tagiga ko‘rpacha soladi. Kitob o‘qiganni esa «prapessor» deya mazaqlab oshoqlaydi. Nega? Chunki bu notavonlar to‘dasi kuchni tan oladi. Zo‘rni ko‘rsa ko‘tini qisadi. Bu to‘daning fitrati shunday. Ishonmasang eksprement qil. Galstuk taqib qimmat ustvosh va qimmat moshinda bozorga borib lyuboy birini aylantirib sol. Bonusiga onasi  (qizi singlisi va xokazolarni keltirib) so‘k. G‘iring demaydi. Kechiring boshliq deb boshini egadi. Qul bu. Otasi ham bobosi ham qul bo‘lib o‘tgan. Itdan bo‘lgan qurbonlikka yaramas. Bu gaplarni taksida ketayotib tizzamdagi labtopda yozayotsam taksichi g‘ingshib boshladi. «Doyi  gashirni kilosi 12 minga chiqibdi. Xorop bo‘ldiq.. bla bla» Men unga «hey bola xo‘ko‘mot siyosatina qarshi bo‘lsang ochiq ayt. Bo‘lmasa og‘zingni yum go‘ttingni qis. Yo‘lga qara. Men seni dardingni eshitish uchun taksiga chiqmadim. Kirakashmisan sur aravangni» dedim. Jiim bo‘lib yerga qarab indamay ketdi. Har kim o‘z ishini qilsin. Etchi etini, sutchi sutini sotsin. Sen esa qo‘rqma. Navchun qo‘rqmaysan desalar. Rassom Tuz og‘om oytdi de. Mendan bular tochniy qo‘rqadi. Poka biratlar. Chao pompidu. Kurva kokain.

MS: Alingizni ochip, uring potyani!

Assalam O‘zbekiston, Juma Mubarak!

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
19 iyul 2016
Bugun O‘zbekistonning taniqli va jasur jurnalistlari bo‘lgan Galima va Bagila Buxarboevalarning onalari Manzura Buxarboeva vafot etgani haqida xabar topdik. ...
7 sentyabr 2022
Bugungi maktublar, ishlamayotgan konstitutsiya, buzuq transformator, yordamga muhtoj ikkinchi guruh nogironi, attestatsiyadan yiqilgan o‘qituvchi, o‘quvchi formasi olishga qurbi yetmagan ...
9 oktyabr 2018
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyani rivojlantirish vazirligi oktyabr oyining boshida O‘zbekistonda ko‘rish taqiqlangan 103 film ro‘yxatini provayderlarga taqdim etdi. Nazorat ...
20 may 2020
Abduvali DPNK boshlig‘iga doklad qilib bo‘lganidan so‘ng menga notanish bo‘lgan katta leytenant uni so‘roqqa tuta boshladi. – Qaysi oqimdansan? ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...