Asosiy mavzular
12 may 2023

Mirziyoev Moskvada. Toshkentda qizil bayroq

RT: Siz bilan  yana gurunglashish nasib etganidan ichimga sig‘may sevinib o‘tiribman. 

MS: Nichiksizlar jollimisizlar mo‘chchi bika ham xo‘jik birrilar

Bormisiz, og‘am, inim, singlim, opam, onam. Siz borsizki, men borman. Siz taraf uzatgan qo‘lim istiqboliga minglab qo‘llar salom va olqish uchun uzalayotganini ko‘rib turibman. Saflarimiz kengaymoqda. Qo‘llarni qo‘llarga beraylik, ellardan ellarga yuraylik. Kunlar kaleydaskop kabi yetti marta aylandi. Xafta o‘tib sizlar bilan yuzlashdim. 

MS: 

Xayron bo‘ldim voh shirg‘a kal

Nerda boyrooqing saning

Ko‘chchalarda qiyzil boyroq

Nerda bayroqing saning 

RT: Matchonboy mustaqil O‘zbekiston bayrog‘i qaerda ekanligini bilmadimku ammo Toshkentning butun yerida jallodlarning qizil bayrog‘i. Xuddi bizni o‘ris qayta bosib olganday bo‘ldi. 9 may kuni Toshkentda SSSR bayrog‘i ostida yurish o‘tkazildi

Tadbirda yuzdan ortiq odam ishtirok etgani aytilyapti. Ular «Stalinga ura» deya hayqirishgan.

Bu kreml malaylarining Yangi O‘zbekiston hukumatidagi xomiysi kim? Nega Yangi O‘zbekiston rahbariyati moskva kalishiga poyi patak bo‘lmoqda? Nahotki bu yangi O‘zbekston rahbariyati Moskva bilan qo‘shilib botqoqqa botayotganini bilmasa. Kecha komsomol va kommunist bo‘lganlar atavizimi bu? Gapning qisqasi yoqmadi bu bizga va qizil karta ko‘rsatamiz.

MS:

Kallang kadi go‘zlaring ko‘rdir

Borjoq yering moskva dayan go‘rdir.

RT: Yasha Matchonboy davom ettiravaer asirtirip

MS: Man sani yorim dasam orqongda yoring bor akan

Qo‘lingda qizil boyroq ortingda putin bor akan

RT: Yasha Matchonboy. Jummi shix o‘lib o‘rniga sen qolibsan.

Chilonzordagi  maktabda o‘quvchi qizning onasi o‘qituvchini tagiga bosib urib kaltaklab tashadi. O‘qituvchining o‘g‘li yetib kelib enasini urg‘an xotinni tagiga bosib  do‘pposladi. Bir soatcha davom etgan bu tomosha xalq ta'lim tizimi ahvolini ko‘rsatuvchi shouga aylandi.

O‘qitishdan boshqa barcha ishlarni buyurilishi bilan itoatkor qulday bajaradigan mallimlar O‘zbekistonda surunkali kaltaklab turiladi. Oldinroq  Sariosiyodagi maktab direktorini ko‘plab ko‘maklab urib do‘pposlashgandi. 

Bir necha kun oldin  Toshloq tumanidagi maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchisining onasi tomonidan kaltaklangandi. 

9 may kuni O‘zbekiston mustaqilligi dushmani bo‘lgan jallodlarning qizil bayrog‘i va o‘ris bayrog‘ini bachalarga berib bayram qildiradigan, boshqa kunlari ilm o‘rniga diniy cho‘pchak aytib beradigan bu savodsiz, bilim va ilmdan mosuvo umurtqasiz yaratiqlar kaltaklanishi xalq ta'limidagi ayanch xolat xosilasidir.

MS: Ona langir, ona lungir. Ina langir lungir. Xudoy taoloni qudrati buyuk, karami geng, xar sopor bir gunohkorni ikkinchisini qo‘li bilan jazoliydi.

RT: O‘qituvchi kaltaklangan va o‘qituvchining o‘g‘li ota onani do‘pposlagan. Chilonzordagi 178-maktabdagi janjal 23 fevral Sovet armiyasi kunini nishonlash uchun ota onalardan pul to‘plash asnosida yuzaga chiqqan. Yanglish eshitmadingiz, mustaqil O‘zbekiston maktabida qodiriylarni o‘ldirgan jallod qizil armiya kuni 23 fevralni bayram qilish uchun direktor pul to‘plamoqda. Bu borada Kun.Uz nashri jurnalistlari o‘tkazgan surishtiruv olqishga sazovor. Eltuz muxbiri shu maktabdagi ota enalar bilan gaplashib mana bularni aniqladi. Maktabdagi yuqori sinf qizlari orasida o‘zidan mafiya yasab oladigan zo‘ravonlar paydo bo‘lgan. 

Maktab ta'rif berilganidan o‘n marta yomon. Chet tillarga Ixtisoslashgan maktab. Direktor o‘ta ketgan poraxo‘r. Maktab poraxo‘rlik o‘pqoniga aylangan.  Korruptsiyaga botib ketgan.  Ayniqsa keyingi yillarda yig‘-yig‘ avjiga chiqqan. (Gitler bilan Stalinning dnyuxasiga ham pul yig‘sa hayron bo‘lmayman bu mol o‘qituvchilar)  Maktabga uzoq-uzoq xududlardan bolalar kelib o‘qishadi. Chunki maktab chet davlatni tiliga o‘qitadi deb nomi chiqqan. Oldinlari ta'lim nisbatan yaxshi bo‘lgan bo‘lsa  xozir no‘l. Maktabda pul yig‘im boshlanganidan keyin xar safar direktor mashinasini o‘zgartiradi shekilli, xar kuni har xil mashinada keladi. Ota onalarning aytishicha, direktor qizil rangli poraxo‘r. (U qanday ekan desam faqat do‘llarda olarkan). O‘qituvchilar xam. «Aytsak gap ko‘payadi» deydi ota enalar.  

Bu gap chiqishi bilan  direktor o‘ziga o‘xshagan poraxo‘r vrachga pul berib bannisaga yotvolibdi. 

Direktor xozir kasalxonada. To‘satdan operatsiya bo‘libdi degan gap bo‘ldi bugun. Ishdan olinadi degan taxminlar bormish. 

Toshkent shahar IIBB matbuot kotibi Nilufar Isaxanovaga ko‘ra, yetkazilgan tan jarohatining og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.» 

Savol esa ministr xonimga. Xurmatli Xilola Umarova, nega mustaqil O‘zbekiston maktabida 23 fevral sovet armiyasi kunini nishonlash uchun pul yig‘iladi? Bular alohida olingan maktabda mustaqillikni bekor qilib SSSRni tiklashmoqchimi?

MS: 

O‘yingda kim bor. O‘yda o‘ris bor 

O‘ris bo‘lsa natadi o‘z yo‘lina getadi.

Mongobir qoro jon ukajon bog‘inga girsam

Rapida hey rapida mono galaqo‘y rapida…

Duz og‘o siza bir xot galipdi. Lopog‘o solib iyaripti. Inang og‘o ochmodim ichini.

(Jingl)

Rassom Tuz og‘a men bir narsani bildim. Kimki sizning qaxringizga yo‘liqsa, u odamning ustiga balo yopirilar ekan. Ko‘p kuzatdim. Sizning Urganchdagi uyingizni olib qo‘ygan zamhokim bilan jiyanim qamoqda birga o‘tirgan. Sizning uyingizni olish hujjatiga qo‘l qo‘ygandan keyin, pora bilan qo‘lga tushib qamalib ketdi. Bechoraning ko‘rmagan kuni qolmadi. Mol mulki sotilib ketdi. Xotini boshqa bilan yurib ketdi.  Mana siz Toshkent maktablarida mallimlar Rossiya flaglarini va soyuz davridagi flaglarni ko‘targani uchun nervnchit qilib rosa yozdingiz. Keyin mana, Chilonzordagi 178 maktabdagi 23 fevralga pul yig‘aman degan o‘qituvchini urib tashashdi. Maktabni tekshiruvchi bosdi. Ugolovniy delo ochildi. Direktorni gemoroyi irg‘ib bolnitsaga tushdi. Operatsiya bo‘larkan. Ishdan bo‘sha yaxshilikcha deyishibdi. Rassom Tuz og‘a, men tushungan narsam siz orqali odam ekansiz. Urug‘ aymog‘ingizda xislatli eshonbobolar bor deb eshitdim. Shu xislat sizga o‘tibdi. Iltimosim, faqat bad duo qilmay yaxshi niyatlarni ham qilib turing. Menga masalan grin kard chiqmadi. Duo qiling keyingi yil chiqsin. Amakim (otamning ukasi) qarzga botib qolgan. Shu kishining (Ismlari Shoraxim) qarzlariga adolar tilab duo qiling. Katta raxmat og‘a.

MS: 

Qoqroda qumri in atar

Chipro dalli dalli

Xolqni puli kima yetar

Chipro dalli dalli

Otiz dadim chel dadim

Chipro dalli dalli

Katman dadim bel dadim

Chipro dalli dalli

Og‘o bizani ulli yoshulli Mirziyoev Moskvag‘a egasini aldina borg‘onda yonqi georgoy poytovani doqmobdi. Ëmmon suvinib suvutlarga chiqib getdim.

Georgiy lentasi taqmaslik haqida anekdot

Afandining uyiga bosqinchilar kirib afandining xotinini zo‘rlashibdi. Bosqinchilar yerga bo‘r bilan dumaloq chizib afandiga  «shu chizilgan dumaloqdan chiqma» deb tayinlashibdi. Bosqinchilar afandining xotinini zo‘rlab, qolamasiga uyni ham o‘marib ketishibdi. Xotin ta'na qilibdi: «Qandoq odamsiz o‘zi? Ko‘z oldingizda meni zo‘rlashdi. Siz bir e'tiroz ham bildirmadingiz.» Afandi maqtanibdi: «Xotin seni anavi barzangilar zo‘rlayotgan paytda ikki marta chiziqdan chiqdim»  Erini jasur bilgan xotin tan beribdi. (Shu yerda kulinadi)

MS 

Xay xay  damaka bordi 

Chipro dalli dalli 

Qoymoq yemaka bordi

Chipra dalli dalli

Qoymoq baxona bo‘lib

Chipra dalli dalli

Yurtni sotmoqo bordi

Chipra dalli dalli

Rasmdagi ikki murda Italiya prezidenti Benito Mussolini va uning xotini Klara Petachchi. Aslida Mussolini Italiyani iqtisodiy rivojlantirish barobarida katolik cherkov zulmidan qutqargan, katolik ruxoniylarini vatikanga qamagan isloxotchi. Ammo bu odam Gitler chaqirsa, yugurib borib paradlarda qatnashavergani ortidan yomon otliq bo‘ldi. 1945 yilning 28 aprelida uni xalq ontarib tashadi. Mayli, siyosatni yig‘ishtirib, endi tinchgina yashayman, deb ketayotganida garibal partizanlari ushab olib qiynab o‘ldirishdi. O‘ligini xor qilishdi. Noto‘g‘ri odam bilan noto‘g‘ri paytda uchrashganlik tovoni edi bu. O‘zbek maqolida bu qozonga yaqin yurganga qorasi yuqar deya talqin qilinadi. Nega men tangrim bergan nafasni xarj qilib bu gaplarni oytib o‘tiripman. Chunki har bir narsadan muddao maqsad bor. Referendumdan maqsad muddatni no‘llashtirish¸ saylovdan maqsad¸ kelasi qish asoratlaridan oldin saylanib olish. Farzand va qarindosh urug‘dan maqsad, ularni sevish va qo‘llab quvvatlash. Xo‘sh unda tarixni o‘qishdan maqsad nima. Maqsad, saboq chiqarish. Bizdan oldin ham adashganlar bo‘lgan, bizdan oldin ham odamlar xato qilgan. Shu xatolarni ko‘rib, qadamni o‘ylab bosish. Navoiy bobomiz aytgandiku.  Oltin qafas ichida qizil gul deb. Ag‘i nima ediya? Nima degandilar bobomiz?

video

MS: 

Uchakingdan uchib kaptar o‘tmagay

Yurtdan boshqa yurta ko‘ngling getmagay.

Yurtni sotib putinlara barganingdayay

Topg‘on piling uch xaptaga yetmagay.

RT: Matchonboy, yaxshiyam sening nima deganiningni prezident adminstratsiyasidagi yoshi ulug‘ va yoshi kichiklar tushunmaydi. Moxovlar paradi tugadi. Endi oldimizdagi ikki oyda saylov haqida gaplashamiz. Havo anomal go‘zal, mevalar pishib tagiga tushib yotgan paytda yengi kalta kuylakda saylovga borish yoqimli. Xudo ko‘rsatmasin shu saylov dekabr o‘rtasi, yoki yanvarda bo‘lganida ruchkalardi zapasi to‘nglab saylov varaqasiga «ha biz ashi odamdi saylaymiz» deb yozishga ham yaramasdi. Ëz saylov, uchun soz. Naleva naprava qimasdan mashi xozirgi biratti saylab tashayvuramiz. Sizlarga qosa bitta radikal zo‘mbini saylaysizlar. Hammalaring nashida aytishasan. Lekin nashida bilan qorin to‘ymaydi. Tek o‘tirish xammang. Nashida o‘tin yoki gaz emaski uydi isitsa. O‘zbekistonda elektr simlari, gaz, suv va kanalizatsiya trubalarini yangilash kerak. Toshkent shahrida basseyn solig‘i solish kerak. Ichimlik suv bilan xovuzini to‘ldiradigan zam ministrni ekinchi xotinlari sag‘al o‘ylansin.

MS:

Qizil go‘kni aksang sarvi noz bilan

Soyasinda dursong samiz g‘oz bilan

G‘ofir bilan, Salim xo‘rozvoz bilan.

Oyjamol Guljamol oylonip galadi,

Oyjamol Guljamol oylonip galadi.

RT: Italiya shirkati Gitler nomli vino chiqarib boyib ketgan. Ayni sharobning oddiy shishaga quyilgani 2 yevro bo‘lsa Gitler deb yozilgan butilkaga quyilgani 10 yevro. Nega odamlar uchun bu shaxs qiziq. O‘zbeklar nima deb o‘ylaydi Gitler haqida? Aynan Gitler xomiyligida «Fanta» ichimligi yaratilganmi? Gitlerdan qo‘rqqan mashinistlar poezdni o‘z vaqtida manzilga yetkazganmi? Avtoban va kambag‘allar sotib olishiga mo‘ljallangan arzon avtomobil g‘oyasi ham shu sariq devga oidmi? Nega avtomobil korchaloni Ford Gitlerni olqishlagan? Nega Gitler chizgan rasmlar auktsionlarda qimmatga sotiladi? Nega insoniyat boshiga kulfat solgan Gitler koruptsionerlikda ayblanmaydi? 

MS: Ona langir lungir. Ina langir lungir… Navchun Urganch bozorindayi eng sipatli nosni odi Gitler?

RT: Matchonboy uni bilmadim. Lekin Gitler armiyasida uchuvchi bo‘lgan xotinning taqdiri qiziq. Beata Uze  xonim 1919—2001 yillarda yashagan. Ikkinchi jaxon urushi davrida xarbiy uchuvchi, undan oldin esa, Germaniyadagi ilk va yagona ayol kaskader bo‘lgan. Urush tugab, nemislar yutqizganidan keyin Beataga kasbiy ta'qiq qo‘yildi. U endi uchuvchilik qilolmasdi. Beata esa “Nikox gigienasi uchun maxsus do‘kon” ochdi. Bu dunyodagi ilk seks-shop edi. Pirovardida bu shirkat erotik ashyolar sotadigan dunyo yetakchisiga aylandi. Beata jinsiy seksual ma'rifat tarqatgani bois 1989 yili Germaniya oldida xizmatlari uchun degan medal oldi. Beatadan minglab do‘kon, kattalar uchun kinoteatr va internetda seks o‘yinchoq sotadigan tarmoq insoniyatga meros bo‘lib qoldi. Berlin markazida Beata “Erotik muzey” tashkil qilgan. Muzeyda 5000 dan ziyod eksponat bor. Qadim Misr, Yaponiya va Vizantiyada yaratilgan shaxvoniy haykallar. Damashq va Istanbulda chizilgan miniatyura rasmlar. Bitta miniatyurada bir turkning o‘z olati bilan kema yelkaniga machta bo‘lgani tasvirlangan. Men o‘sha muzeyga borib ko‘p bilgi oldim. Masalan, aka uka Lyumerlar kino ixtiro qilganidan sal o‘tib (100 yil oldin) uddaburronlar darrov porno kinolarni suratga ola boshlashgan. Muzeyda sovet davrida odamlar porno tomosha qilgan “Elektronika” videomagnitofoni ham bor. Eksponatlar orasida Sovet O‘zbekistonida soqovlar sotgan kartalar ham bor. Oq qora kartalarda yalang‘och qizlar tasvirlangan. Muzeyda ayni paytda dunyoning qaysi joyida internetda eng ko‘p porno tomosha qilinayotgani analitikasini kuzatsa bo‘ladi. Birinchi Pokiston, keyin Misr, undan keyinlarda bizning istonlar. 

MS: Qissadan xissa inson zoti borki  “yonqi narsaya qiziqadi”

Agar qiziqmin qo‘ysa, insoniyat ko‘palmin qolar akan.

Atmayan ishini mannan go‘rarlar,

Go‘rjaking bog‘dadir bog‘da…

Oyjamol Guljamol oylonip galadi

Oyjamol Guljamol oylonip galadi.

RT: Saylov qutisidan endi uzoqlashib, seniki menikini unutib, ko‘rpachaga uzanmoqchi edim. Poq etib bu gap chig‘di. «Dosrochniy saylov», Muddatidan oldin prezident saylovi. De fakto uchinchi sro‘k, lekin referendumda empti bo‘g‘animiz uchun birinchi yetti yillik sro‘k. Negaaa? Bu savolni hamma birdaniga berdi. Hatto magazinchi G‘aybilla aka ham. Rostdan ham nega? Hali bu sro‘kning tugashiga 3 yarim yil bor edi. Shu uch yarim yilni oshini oshab, yoshini yashasa bo‘masmidi. 

Mantiqan, agar men qonunan uzoq muddat prezident bo‘lmoqchi bo‘lsam, xozirgi qolgan uch yarim yil plyus ikki sro‘k qilardim. Bu 17 yarim yil prezident bo‘lishga garantiya edi. Xozir qiling‘an ishda sro‘kni barakasi uchdi. 17 yarim yil emas, balki 14 yil prezident bo‘lishga huquqiy makon qoldi. Sro‘k  ko‘tox bo‘ldi. Shu Matchonboy bilgani bilgan  ekan. Qo‘shiq aytib edi. Oldimizdagi 14 yil hammayoq endi cho‘l bo‘lib deb. 

Bu Matchon Suqilishning bilmagan narsasi, suqilmagan joyi yo‘q. Cho‘pni ko‘rsang, xoli ko‘rma degani shu. Xullas bu yerda bitta pozitivchik bor. Prezident 17 yarim yil emas, balki 14 yil o‘tirmoqchi.

Birovlar aytishi mumkin yana 14 yildan keyin yana bir seniki meniki qilib referedum o‘tkazvoradi deb. Ëki turkman variant qilib «anavi bachasiga beradi toxtni» deganlar ham bor. Og‘ziga kuchi yetmaganlarning gapi bu. Balki unday bo‘lmas. Otamdi o‘lishini bilsam, sotib yarim qop bug‘doy olardim, deydi anjanliklar. Ashnaqa xar xil gap demasdan tek o‘tirish. 

O‘zi 2005 yil 13 mayda ko‘chaga chiqib O‘zbekistonni o‘risga zavisimiy qilib qo‘yishga hissa qo‘shganam ashi biratlar edi. Ilk murojaati Putinga bo‘lgandi akramistlarning. Millat jips bo‘lishi kerak. Bir tarafdan o‘ris yeyman, ichaman deb, och nazar solib turibdi, bir tarafdan arab o‘z terrorchi mafkurasini tiqib, mamlakatni kartadan yo‘q qilmoqchi. Bir tarafdan o‘g‘ri mulozimlar nimaiki bo‘lsa, tashmalab xalqni jonidan bezdirdi. Boshqa tarafdan padxalim laganbardor oltiko‘tlar tili bilan jamiyki narsani yalab sip silliq qilib tashadi. Xalqning miyasini esa o‘ris propagandasi musor bilan to‘ldirgan. Ol birini, ur narigisiga degan ahvol. Shunaqa murakkab bir paytda bir el, bir mingboshi, bir yumuriq bo‘lsak o‘zimizga yaxshi. Nonni katta yesak ham, gapni katta gapirmaylik.

MS: Duz og‘a, lekin keyingi 30 yil ichinda quri yoshullilala hazzatdi. Shular jit qildi. Novvi balo galsa oddiy xolqni boshshinda sindi. Qorsildap uchip gursildap singanam shu oddiy xolq bo‘ldi. Shunuchun xolq unchalli rozimas bi gapladan.

RT: Karimov o‘lganidan keyingi rasmiy o‘zbek matbuotida 9 mayni «G‘alaba» bayrami va ikkinchi jaxon urushini «Ulug‘ vatan urushi» deya, stalincha putincha qiroatini keltirib aytish yana urfga kiritildi. Xalqning miyasida sovetparastlikni parvarishlash uchun atay kreml buyurtmasi edi bu. Kimdir yeb qo‘ygan bo‘lsa, nega butun xalq miyasini yana sovet mafkura musori bilan to‘ldirish kerak? 

Asosiy gap. 1991 yil O‘zbekiston SSSR qulligidan mustaqil bo‘ldi. SSSRning uni majburlab urushga haydab ketgani o‘zbeklar uchun faqat musibat edi. Ya'ni  SSSR o‘zbeklarning «Ulug‘ vatani emas»!  «Bobom urushga obketilgan» deb yoqa yirtadigan sholg‘om kallalar «bobomning erki o‘zida bo‘lganmi» degan savolni bera olmaydi. Chunki miyasi Putin propagandasi degan musor bilan to‘la. Bu haqda Sardor Salim to‘g‘ri fikrlagan:

«Ulug‘ Vatan urushi» — SSSR va Germaniya orasidagi 1941-45 yillar urushining bir yoqlama, mafkuraviy xolis bo‘lmagan nomi bo‘lib, u 1939 yilda boshlangan Ikkinchi Jaxon Urushining tarkibiy qismi hisoblanadi. Ulug‘ vatan urushining xronologik doirasi va mafkuraviy mazmuni Ikkinchi jaxon urushi  davridagi o‘zbek halqining tajribasiga mos kelmaydi. 

Birinchidan, o‘zbek uchun SSSR hali «vatan»ga aylanishga ulgurmagan edi. 1941 yilda Qo‘qonda qonga botirilgan milliy davlat qurishga bo‘lgan harakatdan 23 yil, o‘zbek millatining eng oldi ziyolilarini va umuman yuz minglab o‘zbeklarni qirgan «Katta terror» tugaganiga atigi uch yil bo‘lgan edi. «Bosmachilar» deb atalgan harakat O‘zbekistonning hududida to 1939 yilgacha faol edi. Bular bir avlodning hayoti davomida bo‘layotgan hodisalar, bu avlod SSSRni hali vatan deb bilmas edi. Aksincha, aksariyat oilalarda qatag‘on qilingan yoki bolsheviklardan chetga qochishga majbur bo‘lganlar haqida xotira hali tirik edi. Stalin qatag‘onlari va o‘tmish haqidagi xotiralar (hamda bolsheviklardan o‘ch olish ishtiyoqi) xalqning bir qismi Turkiston legioni safida bolsheviklarga qarshi kurashishiga sabab bo‘lgan.»

Eslatib o‘tamiz, Stalinchi bolsheviklar yasagan va aslida mustamlaka bo‘lgan O‘zbekiston SSR aholisi urushga molday haydab ketilgan. Faqat propaganda buni teskarisini yozib, xalqning miyasini atalaga aylantirgan. Sardor Salim masalaning yana bir muxim jihatiga e'tibor qaratadi? 

«O‘zbekiston zamonaviy kolonial imperiyalardan biri bo‘lgan  SSSRning koloniyasi edi, bu borada bir qator jo‘yali tadqiqotlar mavjud. Har qanday koloniya kabi o‘zbeklar o‘ziga yot bo‘lmish yevropaliklarning kolonial urushida qatnashishga majbur bo‘lgan. Ha, Ikkinchi Jaxon Urushi aynan Yevropa kolonial imperiyalarining zamonaviy urushi edi! Masalan, hindlar ham Britaniya imperiyasining koloniyasi sifatida Afrikada Gitler qo‘shinlariga qarshi kurashishga majbur bo‘lgan. Lekin ular ushbu urushda «bobosi qatnashgan»i uchungina uni «vatan urushi» deb bilmaydi.»

Shu o‘rinda tarix va ilmni inkor qilib, «Bobom unday degan», «Ammamning eri manavnaqa degan» gaplarga o‘xshash saviyasizlik haqida ham o‘ylaylik. Masalan mening katta bobom Xiva xoni askari sifatida Buxoro aholisini o‘ldirishda qatnashgan. Endi shuni dastak qilib yursam to‘g‘ri keladimi. Xozirgi O‘zbekiston rahbarlari 85 yil tugagan urushning mafkuraviy ta'siridan chiqishga siyosiy iroda va oddiy farosat ham topa olmayapti. 30 yil oldin Karimov sover askarlari haykallarini ontarib 9 mayni g‘alaba bayrami deyishni taqiqlaganiga kredit berishmiz kerak. Jasoratli ish edi. O‘sha davr mattbuoti urushga haydab ketilgan chollar ko‘skidagi choynak qopqoqlari va boshqa temir tersaklarni retush qilib qo‘yardi. Yana Sardor Salim fikrlarini eshitamiz:

«Bizning millatga hozirda ajratadigan emas, murosa qiluvchi tarix kerak. Qizil Armiya safida natsistlarga qarshi kurashgan ham o‘zbek, Turkiston legioni safida bolsheviklarga qarshi kurashgan ham o‘zbek. Ya'ni, o‘zbeklar uchun bu urush qaysidir ma'noda fuqarolik urushi desa ham bo‘ladi. Faqat tarixni g‘oliblar yozgani uchun va sovet propagandasi deb bizda boshqa tarafni eshitish imkoni bo‘lmadi va bo‘lmayapti. 

Shuning uchun ham, mustaqil O‘zbekistonda bu g‘alabaga «ezgulikning» «yovuzlik» ustidan g‘alabasi emas, bitta zulm imperiyasining ikkinchi zulm imperiyasi ustidan g‘alabasi sifatida qaralishi kerak. Xullas, chuma na vashi oba doma. 

Islom Karimov bu kunni Xotira va Qadrlash kuni deb nomlaganida, g‘alabaning aynan shu murosa qiluvchi talqinini taklif etgan edi.

Darhaqiqat, bu kunni Rossiya propagandasining ta'sirida jinlar bazmiga aylantirmasdan, o‘ziniki bo‘lmagan urushda ikki tomonda ham majburan qatnashib, vafot etganlar xotirasini yodga olish kerak edi.

Afsus, biz, doimgidek, boshqa yo‘ldan ketayapmiz. Lekin bir narsani aniq aytish mumkin: siyosat deb «g‘alaba» diskursi yaqin yillarda O‘zbekistonga qanday zafarona, Katyushalar aytib, «qaytgan» bo‘lsa, zamon fursat berganda, shunday tezlik bilan qayta ko‘rib chiqilib, Xotira va Qadrlash kuniga qaytiladi. Yap-yangi O‘zbekistonda, ya'ni 🙂. «

Sardor Salim shu bilan birga Ribbentrop-Molotov pakti, SSSR Gitlerning ittifoqchisi bo‘lgani, natsistlar va kommunistlar birga parad o‘tkazgani, Sharqiy Yevropa Stalin va Gitler o‘rtasida bo‘lib olinganligi kabi faktlarga faqat ishora qilib o‘tib ketadi. Bunga ko‘proq to‘xtalsa manavi sholg‘om kallalar bu urushning Stalin va Gitler kabi ikki alvasti urushi bo‘lgani va erki o‘zida bo‘lmagan o‘zbek biomassaning zambarak yemi sifatida foydalanilgani haqida yaxshiroq bilib olgan bo‘lardi.

Apachi xindilari bittagina qo‘tos go‘shtini yeyish uchun minglab qo‘toslarning ortidan quvlashgan. Minglab qo‘toslar daraga qulagan. Zelenskiy xazrat aytganidek, g‘alaba kuni bu Ukraina qachon o‘rislarni yengsa o‘sha kun bo‘ladi. Bu kun o‘zbek mustaqilligi bayrami va o‘risqullar motami bo‘ladi.

MS: Sho‘rda durib, yonqi gapni oyting indi og‘o!

RT: Assalom O‘zbekiston, Juma muborak!

Yutub kanalidagi video linki: https://youtu.be/JNKLA3CRzQU

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
5 iyun 2020
Oh yoz, qanday soz! Mana, o‘lmagan qul siz bilan yana bir yozning boshida gaplashib turibmiz. Ëzni yaxshi ko‘raman. Shu ...
28 yanvar 2022
Salom, azizlarim. O‘tgan galgidan ko‘ra davramiz yana kengayganini ko‘rib sevindim. Yaqindagina 200 ming edik. Mana, obunachilarimiz coni 289 mingga ...
26 noyabr 2019
Bu galgi «Yozarning sasi» ruknida «Eltuz» O‘zbekiston xalq shoiri, 98 yashar adib Shukrullo domlaning fikrlarini e'tiboringizga taqdim etadi. Shukrullo ...
6 may 2016
O‘tgan hafta boshida Eltuz.com O‘zbekistonda eng oliy hukumat izni bilan yagona monopolist pereferentsiyasi berilgan «General motors» shirkati ustamalari bo‘yicha ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...