Lo‘li bolasi o‘ldirilib eshagi o‘mariladigan o‘lka – RTdan va'z
RT: Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana hafta aylanib siz bilan birgaman. Sizlarning yuzingizga qarab tabassum qilish imkoniga noyil bo‘lganimdan bahtiyorman.
MS: Do‘st yuzga qaraydi dushman oyoqqa
RT: Matchonboy har bir narsaning yuzi bor. Sening nazaringda davlatning yuzi kim?
MS: Abdula Oripov. U o‘zbekiston gimnini yozgan. Serquyosh hur o‘lka erta baqlajon
RT: Birinchidan Abdulla Opripov davlatning emas adabiyotning yuzi. Ikkinchidan baqlajon emas baxt najot. Davlatning yuzi bu Bosh vazir Abdulla Aripov. Tamoyilga ko‘ra shunday. Aslida uyda yotgan paytingda bemahal eshik qoqib kelgan milisa ham davlatning yuzi.
MS: Og‘a Bo‘kadagi siyg‘on o‘g‘rini milisalar urib o‘ldirdi. Demak uni davlat urib o‘ldiribdida. Agar siz aytganday milisa davlatning yuzi bo‘lsa.
RT: 4 iyun kuni Toshkent viloyati Bo‘ka tumani IIB JQB xodimlari lo‘li millatiga mansub bir bolani o‘g‘irlikda gumonlab, IIB binosida kaltaklab urib, o‘ldirib qo‘ydi.
MS: Lo‘lini ashakini suvor pulini ol deyishadi.
RT: Xozirgi O‘zbekiston Lo‘lini bolasini o‘ldirib eshagini o‘maradigan o‘lkaga aylandi. Bo‘ka tumanida tergovga jalb qilingan gumonlanuvchi shaxsning vafoti bilan bog‘liq holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 235-moddasi (Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Voqeaga aloqador bo‘lgan 2 nafar tezkor xodim hibsga olindi. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Xizmat vazifasiga mas'uliyatsizlik bilan yondashgan Bo‘ka tumani IIB boshlig‘i A.Babaxanov, uning birinchi o‘rinbosari V.Xudayqulov, jinoyat qidiruv bo‘limi rahbari J.Subanov, tergov bo‘limi boshlig‘i J.Achilov, shuningdek navbatchilik qismi mas'uli Sh.Ibragimovlar egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
MS: Duz og‘o bizlar eng mehribon xalq edikqu oxir. Xindi o‘zbek bxay bxay qilib drujba narodov edik.
RT: Odamlar o‘ziga sifat taqishni sevadi. «Nemislar bolasini sevmaydi biz o‘zbeklar rossa bolasevarmiz» deyishadi. Asnoda bolani kallasini sapchadek olgan ham¸ tug‘ib hojatxonga tashlagan ham¸ obchiqib sotgan ham o‘zbek. Bonusiga o‘zbek hukumaat bolalarni itdek ishlatadi. Biz nomusli xalqmiz¸ bizdan fohisha chiqmagan va chiqmaydi ham deyishadi. Asnoda bir milliardlik Xindistonda ham¸ Dubay¸ Turkiya¸ Gruziya¸ Ozarbayjon va Birlashgan arab amirliklarida guras-guras bo‘lib o‘zbek jalablari oldim falon so‘m orqam pistiyon so‘m deb yuribdi.. Yana qanaqa sifatimiz bor bir maqtanaylik Matchonboy?
RT: Xozir bizada hamma o‘rangan¸ Bosh vazirdan tortib zamhokmigacha o‘zida mullani yoqib olgan. Bular shessekunndda islomiy davlat qurajak. Tunin Samarqandga kelgan qatarlik ro‘dapolar kabi go‘zzini sharavasini oqizib og‘li ishtona sikkini osiltirib yurijakla hiyolinda
Hali daryo yo‘q joyga ko‘prik qurmoqchi bo‘lganlar haqida
Bugun bir do‘stimiz O‘zbekistonda islomiy davlat qurilishi imkonlari haqida so‘radi.
Men bu imkonni nolga teng deb aytdim.
O‘zbekistonda islomiy davlat quramiz yoki O‘zbekistonni butun dunyo islomiy imoratining bir bo‘lagiga aylantiramiz deganlar nazarimda daryo yo‘q yerga ko‘prik quramiz deb yurgan idealistlardir.
Albatta ularning istagi eng kamida Andalusiyadagi tarixiy islom davlati o‘rnagi bilan uyg‘un bo‘lsa.
Ammo ular O‘zbekistondagi mavjud totalitarizm g‘ilofini o‘zgartirishmoqchi bo‘lsa bu boshqa narsa.
Xozir soqollilarni nazorat qilib yurgan o‘zbek mentlariga buyruq berilsa bas¸ soqolsizlar ustidan tazyiqlarini boshlab yuborishaveardi.
Bu xolatda mavjud totalitar tizimning nomi o‘zgaradi xolos.
MS: Og‘o man bir sher yozavdim
RT: Ayt.
MS: Bizda indi ikki xotun –
Biri kirill biyri lotun.
RT: Matchonboy kirillcha imlodan to‘liq voz kechish vaqti keldi! Lotin yozuviga o‘tkan yili tug‘ilganlar o‘ttizga kirib o‘tin bo‘lishga ham ulgurdi.
MS: Ibiyay. O‘ttiz yil bo‘ldimi!?
RT: Yozuv haqida gap ketganda yaqin o‘tmishizga biroz nazar tashlasak. 1989 yil 21 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi bilan, ziyolilarimiz tomonidan o‘sha davrdayoq lotin yozuviga asoslangan alifboga o‘tish taklif qilingandi. Amalda bu bizni, jahon hamjamiyatiga kengroq integratsiyaga o‘z tilimiz orqali kirishishimizda birinchi qadam bo‘lgandi.
1993 yil sentyabr oyida bu borada hukumatimiz tomonidan lotin yozuviga asoslangan alifbo bo‘yicha muhim hujjat qabul qilindi (1995 yilda o‘zgartirish kiritildi). Bu ko‘pchilik uchun yaxshi, katta avlod vakillari uchun biroz o‘ylantiradigan voqea edi.
Lotin yozuvi bugungi kunda xalqaro hamjamiyatda eng ko‘p qo‘llaniladigan eng yirik ko‘lamdagi jahon yozuviga aylangan.
MS: Lotin yozuvidan foydalanadigan davlatlarni sanang qani og‘a!
RT: Bugungi, XXI «axborot texnologiyalari asri»da lotin yozuvi eng qulay va samaralidir. Bosma nashrlarda ham matnda 10–15 foiz joy tejaladi. Yozuv masalasida xalqaro standartlarga moslik darajasi ortadi. Hatto, lotin yozuvidan foydalanmaydigan tillarda so‘zlashuvchilarning ko‘pchilik qismiga lotin yozuvi tanish. An'anaviy yozuvdan foydalanadigan tillarda ham ular o‘z tillarining xalqaro miqyosda lotincha transkriptsiyalaridan foydalanadi. Masalan xitoy tilida Pinin, yapon va koreys yozuvining lotinchada yozilish qoidasi, hatto rus tilining xalqaro miqyosda foydalaniladigan bir qancha lotincha transkriptsiyalari bor.
Ayni vaqtda, biz uchun o‘quvchilarni ingliz, frantsuz, ispan, nemis, italyan va boshqa tillarni tezda o‘zlashtirishiga (ortiqcha imlo muammosi bo‘lmaydi) zamin yaratadi. Endi tanganing ikkinchi tarafi bor. Ayni paytda o‘zbek tilini o‘rganish istagida bo‘lgan xorijliklarning ham savod chiqarishida yengilliklar ko‘payadi.
1940 yilda mustabid tuzum bosimi ostida o‘zbek tilini rus tili ohangi va orfoepikasiga bo‘ysundirgan kirill alifbosi qabul qilindi (aslida 1956 yilgacha bir necha marta o‘zgartirishlar bo‘lgan). Mazkur alifboda o‘zbek tiliga yot bo‘lgan – yumshatish, ' – ayirish belgilari (arab tilidan o‘tgan so‘zlardagi ayirish, tutuq nisbati mustasno), yetti uxlab tushimizga kirmagan — Ts, «g‘alati unli»lar — Ya, Yu, Yo, Ye, «og‘a tili» mahsuli bo‘lgan yumshoq unli hodisasi (albom, shampun) o‘ylamasdan o‘zlashtirilgan. Shuningdek, o‘sha davrdagi tilshunoslarimizning bu masalaga nisbatan, no‘noqligi va xatosi bilan ikki xil bir-biridan mustaqil tovushni anglatadigan — J («jurnal» va «jahon») va O («polk» va «dono») chala harflari kiritilgani yetmaganday, rus «og‘a»larning og‘ziga havas qilinib «H» – harfimizni nafaqat xalqaro balki o‘zbekcha so‘zlardan «G» va «X»ga almashtirildi (Gaydar Aliev, Rasul Gamzatov va boshqa). Bu kirilldagi bir nechta nuqsonlardan biri xolos.
O‘sha davrlarda Sobiq Ittifoqdagi kuchli ideologiya natijasida, bu borada o‘nglanishlar ko‘zga tashlanmadi. Tilning shakl shamoyili, imlosi va talaffuzi jiddiy tarzda rus tiliga bo‘ysundirishga harakat qilindi. Demak, anglashimiz kerak-ki, kirill yozuvi – turg‘unligimiz belgisi.
Lotin yozuvini bizga o‘tgan asrning 20-yillaridan ham, mustaqilligimizning boshlarida ham hech kim va hech qanday kuch majburlamadi. O‘z tashabbusimiz bilan, ongli ravishda o‘tdik. Alqissa, bu mustaqil O‘zbekiston belgisi, kerak bo‘lsa o‘zbek tilining mustaqilligi belgisi.
1995 yil may oyida kiritilgan o‘zgartirishlardan keyin 2000 yilgacha lotin yozuviga o‘tish rejalashtirildi. Keyin bu muddat 2005, 2010 yilgacha uzaytirildi. Endi masalani asl mohiyatiga to‘xtalamiz.
MS: Nega shuncha paytdan buyon lotinga o‘tishimiz qiyin kechayapti?
Birinchidan, 1995 yildan keyin faqat maktablarda o‘quvchi va o‘qituvchilar uchun darslik va boshqa o‘quv qo‘llanmalari chiqarildi, xolos. Ta'lim muassasalarida tahsil olmaydigan, ishchi va xizmatchilar, chekka hududlardagi aholi qatlami, shuningdek, katta avlod vakillari uchun lotin yozuvi targ‘iboti bo‘yicha aniq tizimli ishlar amalga oshirilmadi;
Ikkinchidan, bu boradagi targ‘ibotning eng katta mashinasi OAV orqali ham lotin yozuvining ijobiy xususiyatlari va qulayligini va ommabopligini targ‘ib qilish masalasida ko‘zga ko‘rinarli harakat bo‘lmadi. Haligacha O‘zbekiston va boshqa telekanallardagi ko‘rsatuvlarda, asosiy informatsion dasturlar «Axborot» va «Tahlilnoma» qo‘rsatuvlari titrlari kirill imlosida. Yaqindagina orziqib kutganimiz, jahon talablari darajasida deya aytilayotgan «O‘zbekiston 24» telekanali ham kelajakka emas, o‘tmishga havas qilib, efirda kirill yozuvidan foydalanyapti;
Uchinchidan, telekanallarimizda ingliz tilini o‘rgatuvchi bir nechta teledarslar tashkil etilayapti, lekin katta avlod uchun lotin yozuvini o‘rganish masalasida birorta ham dastur mavjud emas;
To‘rtinchidan, keng aholi qatlami, xususan katta avlod vakillari uchun kundalik yonda olib yurishga qulay bo‘lgan, sodda qo‘llanmalar mavjud emasligi;
Beshinchidan, haligacha davlat va nodavlat tashkilotlarda ishlaydigan kadrlarning lotin yozuvi masalasida bilimi haminqadar ekanligi va lotin yozuviga o‘tishga, tan olish kerakki, «erinchoqlik» qilayotgani, bu masalaga konservativ qarashda yondashilayotgani;
Oltinchidan, bu borada lotin yozuviga o‘tishni nazorat qiladigan respublika darajasidagi tashkilotning faoliyati ko‘zga ko‘rinmayotgani va amalda mavjud emasligi;
Yettinchidan, lotin yozuviga mulkchilik va yuridik shaklidan qat'i nazar o‘tish bo‘yicha huquqiy jihatdan aniq majburiy xarakterga ega bo‘lgan qonunosti hujjati mavjud emasligi;
Sakkizinchi, kadrlarni ishga qabul qilishda, ularni nafaqat lotin yozuvi balki, o‘zbek tili bo‘yicha ham bilim saviyasi deyarli inobatga olinmayotgani;
To‘qqizinchi, yoshlar uchun chop ettiriluvchi ommaviy nashrlarning hali ham kirillda chop etilayotgani (holbuki 1994 yil boshlab lotin alifbosi o‘qitilmoqda, demak aholining salkam yarmi lotinda tahsil olgan);
Agar yaxshilab o‘ylab qarasak, hammasi oddiygina bee'tiborlik natijasida kelib chiqqan sabablar. Hamma kimdir boshlab berishini kutdi, nazarimda. Aslida, qonunchilik hujjatlarida davlat va nodavlat tashkilotlarida rasmiy hujjatlarni lotin yozuvida yozmaslik to‘g‘risida hech qanday taqiq yo‘q. Ayni paytda, faqat kirillda yozilsin, degan topshiriq ham yo‘q. Demak, bu borada yuridik jihatdan ham aniqlik yetishmayapti.
Bu boradagi mavjud ishlar o‘z vaqtida amalga oshirilganda edi… Allaqachon lotin yozuviga o‘tishni yakunlagan bo‘lardik. Ba'zi pessimistlar (asosan kirillda tahsil olgan va lotinga hushi yo‘q) fikricha, O‘zbekistonni lotinga o‘tkazish qiyin emish. Bu bekor gap! Hammani o‘ziga o‘xshatmasin ular! Chunki bu ham jamoatchilik ichida ishonqiramaslik kayfiyatini keltirib chiqarishi mumkin. Bu faqat o‘zgarishlarga moyil bo‘lmagan, eskichalikni saqlab qolish tarafdorlarining fikri. Marhamat, yoshlar o‘rtasida so‘rov qilib ko‘ring-chi, natija qanday chiqarkan?
Eng yomoni, ziyoli qatlam, ba'zi filolog va olimlar orasida ham bunday zararli fikrlarning mavjudligini nima bilan izohlash mumkin? Amalda, kirill alifbosi o‘zbek tilining orfografik va orfoepik qonuniyatlariga yetarli darajada mos kelmasligini bilib turib, bunday yondashish kerakmas, nazarimda. Emishki, o‘tgan asr davomida arab yozuvidan, lotin va kirillga, keyin yana lotinga o‘tish xalqimizni savodsiz qilishi va bebaho ilmiy merosimizdan ayirar emish. G‘alati holat!
MS O‘sha ilmiy me'rosimizni kim bizdan tortib olib qo‘yyapti? Uni qaerga yo‘qotyapmiz? O‘sha ilmiy me'roslarni ingliz, rus va boshqa yevropa tillariga o‘girish mumkin-u, shunchaki, kirilldan lotinga o‘girib bo‘lmaydimi?
«Erinchoqligimiz tutdi», desang to‘g‘ri bo‘lardi, menimcha. Bugun buni oddiy kompyuter dasturlari orqali, bir necha soniyada 99,9 foiz holatda to‘g‘ri o‘girish mumkin.
Keyingi bahona, xalqning savodsizlashishi. Hatto sobiq ittifoq paytida ham qishloq maktablarigacha nemis, ingliz, frantsuz tillari o‘qitilgan. Butunlay so‘zlashish bo‘lmasa ham, katta avlodda o‘sha lotin yozuvi 70-80 foiz yodda.
Undan keyin 22 yildan buyon OAV, ko‘cha-ko‘ydagi, binolar peshtoqidagi yozuvlar, yangi nashr etilgan kitoblardagi lotin harflarini ko‘raverib, hammaning ko‘zi pishib ketgan. Hozirgi kunda, katta avlod vakillari ichida lotin yozuvini o‘qiy olmaydiganlarni topish qiyin.
Tan olish kerak, 1995 yili qabul qilingan imlo qoidalarida mustaqillik shamoli bo‘lsa-da ba'zi o‘rinlarda kirillni xatosini takrorlaganimiz ham rost. Lekin, bu juz'iy kamchiliklarni tuzatish mumkin. Hatto, kirill yozuvimiz ham yuqorida ta'kidlab o‘tganimizdek, bir necha o‘zgarishlarni boshidan o‘tkazgan. Lekin, o‘sha davrda hech kim bundan norozi bo‘lmagan.
Yana bir «dangasalik»ka misol: Lotin yozuviga o‘tish odamlarda qiyin kechishi… Ingliz va hatto xitoy tilini o‘rganish qiyin emas-u, o‘z ona tilimizni lotinda o‘qish qiyin ekanmi?
Marhamat, biz bilan birga boshlaganlardan, 2000 yildayoq Turkmaniston, 2001 yilda Ozarboyjon lotinlashtirish jarayonini to‘liq yakuniga yetkazdi (Alifbosiga ikki-uch marotaba o‘zgartitish kiritishga ham ulgurishdi). Hatto yoshi 50 dan oshganlar ham lotinchada bemalol o‘qib yoza olishadi. OAV, jamoatchilik, ta'lim, siyosat, iqtisod boringki, eng quyi darajagacha rusiyzabonlargacha, hamma o‘zini lotinda KOMFORT his qilmoqda.
Xo‘sh bizga nima yetishmayapti?
MS: Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev aytganiday «eskicha ishlash vaqti o‘tgan»ini chin yurakdan his qiladigan rahbarlar, faollar va eng muhimi TURTKI yetishmayapti
RT: Yanayam, osonroq aytganda kimdir boshlab berishi lozim.
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlar orqali adabiyotshunos olim Shuhrat Rizaevning «O‘zbek tili hakka cho‘qigandek chuchmal tilga aylanayotganidan xavotirdamiz», degan maqolasini ko‘rib qoldim. Juda ham g‘alati taklif bilan chiqilgan! Kirillni birinchi, lotinni ikkinchi alifboga aylantirish masalasi. Qaerda ko‘rgansizki, bir tilning ikki yozuvi bo‘lganini? Lotin yozuvi, o‘zbek tili tabiatiga mos emas ekan. Siz aytgan o‘sha mutaxassislar isbot qilib bera olarmikan, kirill lotindan ustunligini? «Domla, kirill alifbosi mos edimi?», degan savol tug‘iladi. Yana aytibsizki «sho‘rolar undan avvalroq alifboni uch bora o‘zgartirib (arab, lotin, kirill), xalqimizni savodsiz etganlaridek»… demak sho‘ro yozuviga qaytaylikmi yana?
Endi o‘ylab ko‘ring-chi, 1995 yilda butun dunyoga jar solib lotinga o‘tishni aytib maqtangan edik. Bugu nima deymiz xalqaro jamoatchilikka? Kulgili taassurot qoldirmaymizmi? «Uzr, jo‘jani xom sanagan ekanmiz», deymizmi? Yo «sho‘rolar»ni unuta olmaskanmiz», deymizmi? Yoki shunchaki «Hazillashgandik!» deymizmi?
30 yildan buyon savod chiqargan o‘n milliondandan ortiq qorako‘zlarimizgachi, ularning yuziga qanday qaraymiz? Bu savollarga domlamiz va boshqa kirillga qaytish ishtiyoqidagi «mutaxassislarimiz» nima deyisharkan?
Yaqindagina, Qozog‘iston rahbariyati O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarboyjon tajribasini aytib, yil oxiriga qadar qozoq tilining lotin yozuviga asoslangan imlosini ishlab chiqishni buyurdi va yaqin yillarda to‘liq o‘tish dasturi tayyorlangan. Bu orada, Qirg‘iziston hukumati tomonidan ham shunday tashabbus o‘rtaga tashlandi, ishlar boshlab yuborildi. Rossiya Federatsiyasida bo‘lsada, Tatariston va Qrimda lotin yozuvining o‘z tillariga mos imlosi tayyor holga keltirilgan. Tojikistonda ham lotin yozuviga o‘tish bo‘yicha bir necha takliflar mavjud.
Eng muhimi bizda, Turkmaniston va Ozarboyjondan farqli 22 yillik tajriba bor. Savodlilik darajasi 99,9 foizlik marrani urgan imkoniyatimiz bor gap! Lotin yozuviga to‘liq o‘tish O‘zbekistonda inqilob darajasi emas, kichikroq islohot darajasida o‘tadi xolos. 2–3 yillik muddatda lotin yozuviga o‘tishda katta muammolar kelib chiqmasligi kunday ravshan. Jamiyatimiz mentalitetida shunday, hukumat tomonidan qat'iy, majburiy ko‘rinishdagi qaror ishlab chiqilsa, ijrosiga hamma kirishib ketadi. Tavsiyaviy xarakterdagi islohot esa… Rusiyzabonlar masalasida esa, davlat tilini bilish fuqaroning o‘sha mamlakat qonunlariga nisbatan hurmatining belgisi ekanligini eslatish kifoya.
MS: O‘ychi o‘ylaguncha tentak yopdan o‘tibdi
Xullas, lotin imlosi masalasida, o‘yimizni o‘ylaganimizcha tavakkalchilar allaqachon ishini bitirib bo‘lishdi. Biz nimani kutayapmiz? Birinchi qadamni, tashabbusni kutayapmiz!
Unutmasligimiz kerakki, lotin yozuviga to‘liq o‘tish va unga ketagan xarajat, aslida mamlakatimiz kelajagi uchun kiritiladigan ham moddiy ham ma'naviy INVYeSTITsIYaDIR.
MS: Go‘z — qo‘rqoq, qo‘l — botir. Aytganlaringiz eshitgan odamning qulog‘iga yoqadigan gaplar.
RT: Siyosatda buni populizm deb atashadi.
Ko‘pincha populistik ritorikada aytilgan gaplar o‘sha majlisning o‘zida qolib ketadi.
Masalan Turkiyaning eski Bosh vaziri Damiral xalq bilan uchrashuvida har bir turkka ikkita kalit va'da qilgan edi.
Kvartira va avtomobil kaliti. Keyingi yig‘ilishda xalq Damiraldan «kalit qani?» deb so‘raganida Bosh vazir «Kechaning gapi bugunga to‘g‘ri kelmaydi» deb javob qaytardi.
O‘zbek qavmi rahbarga va'dani bajarmaslik haqida eslatishdan andisha qiladi. Masalan hech kim «Qani tovuq¸ qani tuxum¸ qani echkini suti va limon» deb so‘ramadi.
So‘rasam go‘shtni narhi yana balandlaydi deb irim qiladi.
Bu qavm faqat «qo‘llab quvvatlaydi»Tarixiy xotira bor bu qavm genida.
Gorbachevning aroqqa qarshi ma'rakasini qo‘llab quvvatlab turib «choynakka aroq solib ichishni kashf qilgan» bu qavm Mirziyov qarori bilan joriy qilingan echki tovuq uchun bankdan kredit olib pulni to‘yga yo bolasini institutga kiritish uchun poraga sarflashni ham «uddalaydi»
Yasha uddaburron.
Ya'ni tashqaridan o‘zini Mirziyoev gaplari «qulog‘iga yoqqandek qilib ko‘rsatgan» bu qavm baribir o‘z bilganidan qolmaydi.
Karimov «Dabadabali to‘y qilma» deganida TVga chiqib Behbudiyni eslagan mulozim sal o‘tmay Samarqandning Sherdor maydonida to‘y qilgani esimda. Men eslamasam Yutub eslaydi. Yutub o‘zbek mulozimlarning dabdabali to‘ylari aks etgan videolar bilan to‘la.
Bir professor TV ga chiqib oliygohlarni bitirib diplom olgan mutahassis respublikanunng olis joylariga borib ishlasin. «Vatanning har bir nuqtasi aziz» deb aytganida ta'sirlanib ko‘zim namlangan edi.
Ammo bir hafta o‘tib bu professorni tog‘amning uyida ko‘rib qoldim.
Ministr bo‘lib ishlaydigan tog‘amdan bu professor institutni bitirgan o‘g‘lini Toshkentda ishda qoldirish (albatta vazirlikda) iltimosi bilan kelgan edi….
Mavzu populizm edi. Mulozim og‘zidan chiqib vatandosh qulog‘iga saryog‘dek yoqadigan gaplar haqida mulohaza yuritayotgan edim.
O‘z vaqtida marhum Turkmanboshi Saparmurod Niyozov haqida maqolalar yozish asnosida bunday gaplarni ko‘p eshitgan edim.
«Nega dorilarning ustiga lotincha analgin deb yozadi¸ bosh og‘rig‘i dorisi deb yozsak hamma tushunadi» degan edi marhum.
Va bu gap turkman xalqi va «ziyoli»larga yoqqan edi.
Bir kun o‘tib dorilar ustidagi qutiga «Bosh og‘rig‘i dorisi» deb yozib ham qo‘yishdi.
Ammo bu bilan siyosatning asosiy bosh og‘rig‘iga davo topilmadi.
Siyosatchilar odato hukumatga kelguncha populizm bilan shug‘ullanadi.
Iqtidorga kelgan siyosatchidan reforma kutiladi. Kasal odam uyiga doktor chaqirsa undan davo kutadi.
Doktor kelib latifa aytib qaytib ketsa kasal ham uning yaqinlari ham g‘alati ahvolda qoladi.
Singapur qaddini ko‘targan Li Kuan Yu¸ Gruziyada korruptsiyani yo‘q qilgan Saakashivili¸ Rossiyada bozor iqtisodini joriy qilgan Yegor Gaydar¸ 1979 yilda Britaniya iqtisodini reforma qilgan Margarit Tetcher aynan jiddiy va kasal ko‘z yoshiga ichi achimaydigan doktor kabi ish tutishgan edi.
Rezultat esa tarix hukmida turibdi.
28 yil Karimov populizmiga bangi bo‘lgan 32 millionlik qavm endi o‘zining «lomkasini» Yangi O‘zbekiston populizmi bilan davolamoqchidek.
Shu o‘rinda men chor davridagi reformator Stolыpinning 1907 yilda Rossiya Dumasi deputatlariga qarata aytgan mashxur gapini sal o‘zgartirib so‘ng so‘z qilsam.
Janoblar sizga buyuk hayajon kerak¸ bizga esa reforma qilingan kuchli davlat kerak.
MS: Og‘o! siz bu galringiz bilan yoshulliga qarshi chiqqanday turibsiz. Cho‘nqir mo‘llolar nima deydi bu haqda?
RT Mullalar «Rahbar zulm qilsa ham unga qarshi chiqmaslik kerak.Hokimiyatni boshqarib turgan rahbarga itoat masalasi xuddi Alloh va Rasulullohga itoat qilish bilan teng turadi. » deyishadi. Bu haqda ahli sunnat aqidaviy yo‘nalishida bosh matnlardan hisoblanmish «Aqidatut-tahoviya”da aytilgan.
MS Taxoviya. Vohay odingnon oynonin
Imom Abu Ja'far at-Tahoviydan iqtibos keltirsam:
«Imomlarimiz, boshliqlarimiz agarcha zulm qilsalar-da, ularga qarshi chiqishni haq deb hisoblamaymiz. Ulardan birortasini qarg‘amaymiz. Ularga bo‘ysunishdan bosh tortmaymiz. Ular modomiki ma'siyatga amr qilishmas ekan, ularga itoat qilishni Allohga itoat qilish o‘laroq farz deb bilamiz. Ularning haqqiga salohiyat, muvaffaqiyat va salomatlik so‘rab duo qilamiz»
MS Ëshulli ursa un oshi so‘ksa so‘k oshi. Bir yuzinga ursa ikkinchi yuzingni tutish garak. Ëshulli urib durib og‘ridimi deb so‘rasa yozib og‘ridi deyish garak. Lekin siz aytgan Taxoviy afrikada yashagan mo‘llo. Biza tarafdagila novvi diydi. Masalan Imam Buxarskiy
RT Buxarskiy emas Buxoriy. Imom Buxoriy keltirgan xadisni eshitgina menga bo‘ysungin Matchon. «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: quloq solinglar va bo‘ysuninglar! Garchi sizlarga boshi mayizdek habashiy hokim etib tayinlangan bo‘lsa ham» (Buxoriy. 694, 7142).
MS Og‘o oching alingizni uring potiyani
RT Assalom O‘zbekiston juma muborak