Catira
3 fevral 2020

Adliya vaziri notariuslar oldiga qaysi din talabini qo‘ydi?

Adliya vazirligining kengaytirilgan hay'at yig‘ilishida notariuslarga diniy talablar qo‘yilgani haqida 2 fevral kuni O‘zA xabar berdi.

«Ularga qonuniy ishlash talabini qo‘yish bilan birga, inson sifatida to‘g‘ri ishlash kerakligini tushuntirishga ham ko‘p bor urindik. Hatto diniy asoslarni keltirib, halol bo‘lish, haromdan hazar qilishni uqdirdik», deya adliya vaziri Ruslan Davletov so‘zlaridan iqtibos keltirdi O‘zA .

Biroq mamlakat adliyasi rahbari, Buyuk Britaniyaning Varvik universitetida tahsil ko‘rgan huquqshunos Ruslan Davletov qaysi dinni nazarda tutganini ochiqlamadi.

Holbuki, bugungi kunda O‘zbekistonda o‘ndan ziyod turli din va konfessiya mavjud, diniy qarashlardagi farqlar va qarama-qarshiliklar ham shundan kam emas.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 aprel 2021
O‘zbekiston jazoni ijro etish tizimida “birinchi raqamli jallod” sifatida nom chiqargan Nozim Jumaev birinchi aprel kuni Buxoroda ko‘mildi. Bundan oldin u ...
23 mart 2016
Vazirlik vakilining aytishicha, ish beruvchi xodimdan uning xizmat vazifalariga kirmaydigan ishlarning bajarilishini talab qilish huquqiga ega emas. Bundan tashqari, ...
12 may 2021
Rassom Tuz karikaturasi
9 oktyabr 2020
Mana, gir etib bir hafta o‘tdiyu ketdi. Hafta ichida qirg‘izlar hukumatni ag‘darishga ham ulgurdi. O‘zbek mulozimlari esa hukumat xazinasini o‘marishda ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...