Ota Turk yonida turgan rassomlar
Bugun turk millati o‘z tarixida ilk marta demokratik respublika qurgan kunga yuz yil to‘ldi.
O‘zini turk deb bilgan Rassom Tuz uchun bundan ham sharafli va bundan ham arzirli kun yo‘q. Tug‘ilgan kuning qutlug‘ bo‘lsin Turkiya respublikasi!!!
Uzun tekst o‘qishni yoqtirmaganlar shu yozganim ikki jumlani o‘qib ilovadagi rasmlarni tomosha qilib qo‘yaveringlar.
Bu yozganim maqola Turkiya respublikasi davrida Ota Turk davrimini qo‘llagan rassomlar haqida.
Usmonli podshoxligi davrida professional rassomlik sulton saroyidagina mavjud edi.
Shaxzodalarga yevropa musiqasi tarixi¸ royal chalish bilan birgalikda rassomlik ham o‘rgatilar edi.
Italiyadan maxsus kelgan rasm professorlari dars berardi saroyda.
1922 yilda sulton va islom halifasi o‘laroq taxtga o‘tirgan ikkinchi Abdulmajid yaxshigina rassom edi.
U chizgan yalang‘och ayollar rasmlari bugun muzeylardan sharafli o‘rin olgan.
Ammo tagini chizmoqchi bo‘lganim satr shuki¸ bu san'at saroy ichida yashagan bir lyuks ermak edi xolos .
Mustafo G‘ozi poshsho Kamol Otaturk zamonida tasviriy san'at¸ haykaltaroshlik millat orasida yoyg‘inlik kasb qildi.
Rassomlar millat oydinlari bilan yelkama yelka demokratiya¸ dunyoviylik va respublika qadriyatlari uchun kurashdi.
Ularni bugun shon bilan eslaymiz. Ular shoir Botu yozgani kabi bizdan umidvor. «Ey muarrix ushla yozg‘ich¸ bizni esla shon bilan» deb yozgandi Botu.
Rassom Halil Dikmanning «Mustaqillik urushida o‘q ko‘targan ayollar» kartinasini maqolaga ilk ek ilova o‘laroq qo‘ydim. Ko‘rib tomosha qilinglar.
Respublika e'lon qilinishi bilan rassomlar o‘z asarlarida katta ishtiyoq bilan yangi davrni tasvirlashdi .
Bu davrda yozuvchilar ham, rassomlar ham respublika ideallari, inqilob va modernizm bilan chambarchas bog‘liq edi.
Ular bu mavzularni o‘z asarlariga kiritdi.
Respublika e'lon qilingandan so‘ng, san'atning ta'sirchan kuchidan xabardor bo‘lgan davlat san'atni o‘z himoyasiga oldi.
Respublika tashkil topgan yillardan boshlab san'atga nafaqat estetik vazifa balki unga jamoatchilk fikri modernizatsiyasini ta'minlash va Ota Turk xalq tinqilobini go‘zal bir tarzda elga anglatish vazifasi ham berildi.
Davlat o‘z navbatida tasviriy san'atni rivojlantirish uchun yangi madaniy siyosatni belgilab berdi va rassomlarni turli yo‘llar bilan qo‘llab-quvvatladi.
Mamlakat rahbari sifatida Mustafo Kamol Otaturk yangi ochilgan yangi ko‘rgazmalarga tashrif buyura boshladi.
Bu esa ko‘rgazmalardagi asarlarning obro‘sini joxil amaldorlar va avom o‘rtasida oshishi uchun omil bo‘ldi.
Rassomlar asarlaridagi mavzu millatning o‘z mustaqilligi uchun kurashi bo‘ldi.
Afsus o‘zbek rassomlarining mustaqillikka munosabati «sovet davrida gugurt bir tiyin edi» deya qul bo‘lish uchun to‘nqayib yotgan avomdan nariga o‘tmadi.
Sovet davrida sabzavot chizgan o‘zbek rassomlari mustaqillik davrida anor chizishga o‘tishdi. Farqi nima?
Xullas gap mavzusi Ota Turk davridagi turk rassomlari edi. Chalg‘imaylik.
Turk rassomlar bu davrda bosqinchilarga qarshi urushni qo‘llab-quvvatlab va inqilobni alqab rasmlar chizdi.
Bu suratlarda turk millatining muvaffaqiyati aks etadi. Rassom Sami Yetikning rasmini tomosha qilaylik.
Rasmda muntazam armiya askarlari bilan birga o‘z mamlakati uchun kurashayotgan odamlar ko‘rinadi.
Odamlar harbiylar bilan birga to‘p aravalarini itarish uchun harakat qilmoqdalar.
Bu asarni o‘sha davr roman yozari Rashid Nuri Gultekin asarlariga tasviriy illyustratsiya o‘laroq tomosha qilsa ham bo‘ladi.
Halil Dikmen vizgan » Mustaqillik urushida o‘q ko‘targan ayollar» surati, erk va istqilol kurashida ayollarning samarali rolini namoyish etish nuqtai nazaridan ham qimmatlidir.
Ushbu rasmda turk ayollari o‘q va boshqa turli xil materiallarni frontning old qismiga olib ketayotgani ko‘rinib turibdi.
Rasmdagi ayollar tog‘ toshli va qiyin geografik iqlimda o‘z mamlakatlari uchun yalang oyoqlari bilan frontga yugurishmoqda.
Asardagi bu ayollar nihoyatda kuchli, ta'sirchan va qat'iyatli ko‘rinadi.
Rasm markazidagi ayol figurasi u bilan birga kelgan boshqa ayollarga yo‘lni ko‘rsatadi.
Halil Dikmen, «Mustaqillik urushida o‘q ko‘targan ayollar» asarini moy bo‘yoqlar ila 1933 yil matoga muxrlagan.
Muxtasham rasm!!!
Mustaqillik urushida o‘q ko‘targan ayollar temasiga yaqin bo‘lgan tushunchani o‘sha davrda ijod qilgan boshqa ko‘plab rassomlar asarlarida ko‘ramiz. Ko‘pincha bu ayollar olovli ko‘ylakda tasvirlangan.
Bu asarlarga prototip bo‘lgan xotin sifatida izmirlik kurashchi ayol tanlangan.
(Bugun ham aynan izmirlik ayollar Erdo‘g‘on boshchiligidagi mullakratiyaga qizil karta ko‘rsatmoqda)
Vatanning erki uchun qattiq kurashayotgan turk ayoli mavzusi bugun ham aktual.
Bundan yuz yilcha oldin chizilgan asarlardagi bosh personaj vatanparvar, ongli turkiyalik izmirlik ayol bo‘lib, u Vatanning butun o‘zini o‘zi bilan boshdan kechirayotgan notinch jarayonni his qiladi va befarqlikka qarshi oyoqlanadi.
Vatan mustaqilligi, millat mustaqilligi uchun jonini fido qiladi. Bu ayol erning quli¸ «qovurg‘adan bo‘lgan nochor» o‘laroq taxqirlangan ojiza emas.
Bu xotin faqat uy ishlari bilan band bo‘lgan, yagona vazifasi eriga tomoq pishirish bo‘lgan odatiy turk ayoli emas.
U teng huquqli respublika vatandoshidir.
Bu yillarda rassomlar o‘zlarining buyuk yo‘lboshchisi Mustafo Kamol Ota Turkga samimiy minnatdorchilik va hayrat ta'siri ostida uning portretlarini yaratdilar.
Rassom Nazmi Ziyo yaratgan portret biz keltirishmiz mumkin bo‘lgan eng go‘zal misollardan biridir.
Ushbu rasmda Ota Turk harbiy kiyimda tasvirlangan. Qo‘lida durbin bilan turibdi. Tomoshabin uning dushmanni hozirgina frontda kuzatganini his qiladi.
Bugungi Turkik tepasiga kelganlar ichida dushmanlar talay. Shu bois Ota Turk durbini bu bugun ham dolzarb.
Rasm fonida old ko‘rinish bo‘lmasa-da Ota Turkning pozitsiyasi tomoshabinga ush paytini his qildiradi.
Bundan tashqari, Mustafo Kamol Otaturk nazarida qat'iyat va ishonch kelayotgan g‘alabaning belgisiga o‘xshaydi. Bu pozitsiya jamoatchilikka ishonch bag‘ishlaydi. Bu ishonch bugun ham muxim.
Bundan tashqari, rassom Zaki Foyiq chizgan «Erkinlik odamlar uchun kompas» deb nomlangan rasm Ota Turkning inqilobiy yo‘lboshchi va yetakchi fazilatlariga aniq ishora qiladi.
Asarda Mustafo Kamol Otaturk chap tomonida barmog‘ini ko‘tarib, boshqalarga katta qat'iyat bilan yangi maqsadlarni ko‘rsatgani tasvirlangan.
Bayroqni qo‘lida ushlab turgan ayol o‘z rahbarining rahbarligi ostida oldinga siljiydi.
Xuddi shu tarzda, davr romanlari va she'rlarida Ota Turk mavzusi paydo bo‘lgan edi.
Albatta, og‘ir urush yillaridan keyin o‘rnatilgan yangi tartibga ko‘nikish jarayoni xalq uchun oson bo‘lmadi.
Ayni paytda davlat inqiloblarni o‘zida mujassam etish uchun san'atning kuchi va ta'siridan foydalanishni afzal ko‘rdi.
Bunga berilishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi misollardan biri bu rassom Cemal Tolluning alifboni o‘rganayotgan dehqonlar haqidagi rasmidir.
Rasmda ikki yosh qiz mahalliy kiyimlarida yangi alifbo bilan o‘qish va yozishni o‘rganayotgani ko‘rinib turibdi.
Yosh qizlarning yonida ularni kuzatayotgan erkak figurasi ham bor.
Qishloqda daraxt tagida o‘tirgan, yangi alifboni o‘rganishga urinayotgan yosh qizlar ham inqiloblar katta shaharlar bilan chegaralanib qolmasligi va butun mamlakatni qamrab olishining yorqin namunasidir.
Bu davrda yozuvchilar, xuddi rassomlar singari, yosh Respublika mafkuralari va inqiloblarini jamoatchilikka tarqatish maqsadini qabul qildilar.
Mualliflar ushbu tushunchani qo‘llab-quvvatlovchi maqolalarni o‘sha davr jurnallarda chop etishgan edi.
O‘sha davr adabiyotshunoslari, ayniqsa Kadro jurnalining yozuvchilari, xuddi rassomlari singari, kamolizm mafkurasini va ushbu mafkuraning mahsuli bo‘lgan inqiloblarni ommaga tarqatish uchun roman va hikoyalar yozishgan.
Rassomlar mamlakat geografiyasini eng ajoyib tomonlari bilan aks ettirishga harakat qilish barobarida shu el mansublarining eskilikni rad qilib moderniz tarafga ketayotgaini ham chizishdi.
Shu tariqa ulr Turkiyani mafkuraviy tushuntirishga harakat qilishdi.
Respublika e'lon qilingani ortidan xotin qizlar muhim shaxs sifatida paydo bo‘ldi.
Rasmlarda aks etkan xotinlar o‘z mamlakatlari erki uchun frontda erkaklar bilan birga kurashadi. Ko‘p asarlarda ular modernizatsiya ramzi sifatida mujassamlangan.
Endi turk ayollari og‘li sharvor ishtonlar¸ paranji chimmat bilan emas balki yangi va zamonaviy kiyimlari bilan zamonaviy shahar maydonlarida, jamoat joylarida va ijtimoiy hayotda ko‘rinadi.
Shu o‘rinda rassm Nazmi Ziyoning «Taksim maydonida» rasmini eslatib o‘tish to‘g‘ri bo‘lar edi.
Ushbu rasmda zamonaviy Istanbuldagi respublika monumenti oldida zamonaviy kiyimdagi chiroyli ayollar tasvirlangan.
Xuddi Yaxyo Kamol yozgan she'r kabi. Bu she'rni Rassom Tuz o‘zbek turkchasida o‘qisak:
Ne zamon siqilsa jonim beton uy ichinda
Bir oz havo olaman Taqdimdagi maydonda
U yerdan og‘ir qadam tashlab Beyo‘g‘liga yuraman.
Ko‘zlarim taroq kabi ko‘chadagi go‘zallarni taraydi….
So‘ng so‘z o‘rnida. Rassom kim? Yaxshi rasm nima?
Xotinlar yoz mevalarini kompot qilib bonkalarga yopishadi. Qishda esa bu bonkalar ochilganda yoz tarovatini his qilamiz.
Rassom ham shunday. U o‘z asarlarida davr ruxi va hissiyotlarini «bonkaga yopadi».
Oradan yuz yil o‘tib bu asarlarni ko‘rish asnosida hujjat¸ tarix kitoblari bera olmagan his tuyg‘u bilan yuzlashamiz.
Bugun o‘rnak berganim asarlar Istanbuldagi Me'mor Sinon nomli muzeyda saqlanadi. Borib ko‘ringlar albatta.
Turkiya boshiga bugun o‘rnashgan zaxchalarga tarix atagan vaqt nihoyasiga yetmoqda.
Turkiya respublikasi bugun yuz yoshda. Shu yuz yillik boshida rassom og‘alarim Ota Turk yonida turganidan faxrlanaman.
Turk rassomlari ichki hisiyot bilan yaxshilik tarafda bo‘lgani tarixiy faktga aylanib bo‘ldi.