Asosiy mavzular
27 oktyabr 2024

Saylov – 2024: O‘ZLIDEP yetakchi partiya

Saylov natijalariga ko‘ra O‘ZLIDEP partiyasi g‘olib bo‘ldi. Ushbu partiya parlamentda 64 ta o‘rin egalladi. Qonunchilik palatasida 38 ta o‘rin qozondi. Saylovda O‘ZLIDEP 34,75% ko‘rsatkich bilan yetakchilik qildi.

Raqamlar o‘z yo‘liga – O‘ZLIDEP g‘arb uslubidagi saylovoldi sammiti bilan boshqalardan ajralib turdi.

«Ovozimiz biror narsani hal qilganda bizdan saylash huquqi tortib olinardi» degan edi Mark Tven. Bu yanglish tushuncha, saylov hukumatga Xalq jo‘nata oladigan «biz sizlarni kuzatyapmiz» degan signal.

Siyosatga aralashmadingmi, demak, kun kelib siyosat sening hayotingga aralashadi. Shunday ekan deputatlarni tanib olish, ularning faoliyatini kuzatib borish, xatolari va jinoyatlarini yoritish shart. Tuman va shahar kengashlaridagi deputatlar faoliyatini kuzatib ochiq munosabatni bildirib borish muhim.

Bunda erkin matbuotning xizmati katta. Zotan yovuzlikning g‘alaba qozonishi uchun atrofdagilarning jim turishi kifoya.

O‘zbekistonda deputatni saylashdan ko‘ra uni ishlata olish muhim. Eltuz xalq manfaatiga qarshi chiqqan, o‘z vazifasini bajarmagan, lavozimini suiste'mol qilgan «xalq vakillarini» fosh qilishda va shu bilan birga samarali ishlayotgan amaldorlar, deputatlar haqida axborot berishga doim hozir.

Tag‘in o‘qing
4 dekabr 2019
O‘zbekiston prezidenti 3 dekabr kuni qabul qilgan Tojikiston prezidentining katta o‘g‘li Rustam Imomali Shavkat Mirziyoevga otasining «salomi va eng ...
24 mart 2018
Sil (tuberkulyoz) kasalligiga qarshi kurash xalqaro kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tashabbusi bilan har yili nishonlanadigan esdalik sanadir. Bu ...
30 oktyabr 2017
Marhum prezident Islom Karimov zamonida jinoiy javobgarlikka tortilgan juda ko‘p amaldorlar amaldagi davlat rahbari davriga kelib yuksak lavozimlarga tayinlanmoqda. ...
22 avgust 2024
Eltuz Portaliga navbatdagi beshta hat O‘zbekistonning Jizzax,Farg‘ona, Namangan va Toshkent viloyatlaridan kelgan.  Dastlabki maktub Jizzax viloyatining Forish tumanidan. Zavod ishchilari ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...