Asosiy mavzular
3 noyabr 2024

Toshkent bozorlarini chirmovuqdek egallagan poraxo‘r kim?

Toshkent dehqon bozorlaridagi korruptsion jinoyatlarni guvohlar tasdiqlamoqda.

Toshkent shahrida jami 20 ta bozor mavjud. Bozorlar shahar hokimligi tasarrufidagi Munitsipal aktivlarni boshqarish markaziga bo‘ysunadi. Markaz rahbari Ahad Razzoqov, muovinlar esa rahbarning amakivachchalari. Birining ismi Kamoliddin, yana birovi Otabek (laqabi Otabek nos).

Bozor mas'ullarining ta'kidlashicha, Ahad Razzoqov bozor rahbarlari bilan muloqot qilmaydi. Iddaolarga ko‘ra, bozorlardan kunlik o‘lpon soliq yig‘ishga Otabek nos javobgar. Bozordan yig‘ilgan kunlik “soliq”ni Otabek nos kechki payt avtoturargohlarda oladi. Bozor rahbarlarini ishdan olish, yangi rahbar tayinlash, kunlik soliq hajmini belgilash – bularning barchasi Otabekning vazifasi.

Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi xodimlaridan To‘lqin Ibroximov va Shohruh degan shaxslar bozorlarni kuzatadi, kunlik tushumni o‘rganib, Otabek nosga dalolat qiladi. Otabek esa tushumdan bir qismini byudjetga topshirib, qolganini o‘ziga olib qoladi, deydi tizim vakillari.

Bozorlardagi barcha avtoturargohlarning rahbari Timur ham rahbar Ahad Razzoqovning qaynisi. Razzoqovning yana bir qarindoshi O‘ktam Yangiobod ixtisoslashgan bozorini boshqaradi. Otchopar buyum bozorida esa Razzoqovning vakili Shuxrat tojik ismli shaxs ekani ma'lum qilindi.

“Otabek nosning vakillari har bir bozorda bo‘lib “kassa”ni nazorat qilishadi. Masalan, bitta katta bozorda 1000ta savdogar bor, shulardan patta puli yig‘iladi. Lekin kassaga yarmi kirim qilinadi. Kirim qilinmayotgan pullar esa mahsulot narx-navosi ustiga minadi. Qimmatchilik sabablaridan biri ham shunda. Bu kabi fitnalar juda ko‘p”, deydi savdogarlardan biri.

Eltuzga yetib kelgan ma'lumotlarga ko‘ra, Eski juva bozorida “go‘sht qiroli” sifatida tanilgan Anvar Muhammedov asli 20 yildan beri farrosh lavozimida rasmiylashtirilgan. Amalda esa Gumbazni boshqaradi. “Cho‘chqa” va “jugut” laqabi bilan tanilgan Anvar Muhammedov avval bozorqo‘mga pora bergan bo‘lsa, endi bozor tushumini Otabek nos bilan bo‘lishadi.

Eltuzga ma'lum faktlarni Bosh prokuratura, DXX kabi organlar bilmasligi mumkinmas. Ahad Razzoqov oilasi poytaxt bozorlarini chirmovuqdek egallagani aniq. Bu korruptsion faoliyatga chek qo‘yiladimi? Nega bozor tushumlari, bozor faoliyati shaffof emas – bular hanuz ochiq savol bo‘lib qolmoqda.

Tag‘in o‘qing
16 yanvar 2018
O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati raisining sobiq o‘rinbosari Shuhrat G‘ulomov o‘z qo‘li ostida bo‘lgan ikki zobit – Javdat Sharifxo‘jaev va ...
13 may 2021
(Shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” audiokitobining 26-qismi. Matnni muallifning o‘zi o‘qigan. Audiokitobning boshi va oldingi qismlari “Eltuz”ning “Imperativ” ...
15 mart 2023
«Brilliant qo‘l» kinofilmi qahramoni chet elda «it odamga do‘stdir» «bizda esa domkom do‘stdir» deydi. O‘zini «domkom» yoki «etajkom» deb ...
14 aprel 2016
O‘zbekiston Milliy Xavfsizlik xizmati buyurtmasiga ko‘ra tayyorlangan “GTA yohud o‘yinga aylangan xayot” xujjatli filmi Oliy o‘quv yurtlari, maktab va ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...