Kundalik
17 fevral 2016

Sud mulozimi: «Aramais ishi bo‘yicha hukm tez kunlarda o‘qiladi»

Kuni kecha bir qator OAV tomonidan, Aramais Avakyan ishi bo‘yicha yashirincha xukm chiqarilgani, va ushbu jinoiy ish ayblanuvchilari 14 yildan qamoqqa xukm qilingani xaqida xabar tarqatilgandi.

Bugun, Aramais Avakyanning rafiqasi Shirin Tursinova va sudlanuvchi Furqat Jo‘raevning onasi Maxkam Jo‘raevalar, shu masala bo‘yicha Jizzax viloyat jinoiy sudiga borishgan edi.

Ularni qabul qilgan Viloyat Jinoiy sudi xodimi Jamol Qo‘ldoshev, «Araiais Avakyan ishi» bo‘yicha xukmning yashirincha o‘qilgani xaqidagi xabarlarni inkor qildi.

«Biz xuquqiy davlatda yashayapmiz. O‘zbekistonda yashirincha xukmlar o‘qiladigan davrlar o‘tib ketgan. Bu ish bo‘yicha xukmni tayyorlash uchun sudya katta xajmdagi ma'lumotlar bilan tanishib chiqadi va bu jarayon ancha vaqt oladi.

Hukm tez kunlarda o‘qiladi va Sizlar albatta maxkamaga chaqirilasiz» dedi ularga Jamol Qo‘ldoshev Viloyat Jinoiy sudining xodimi. Bundan sal avvalroq, Aramais Avakyanning advokati Olim Qobilov lintsenziyasi bekor qilinganini aytib, bu ishda ortiq qatnasha olmasligini bildirgandi. Lekin u xam bugun Aramaisning yaqinlari bilan suxbatda, ish bo‘yicha xali xukm o‘qilmaganini aytib, ularni tinchlantirgan.

Ulug‘bek Ashur,

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 sentyabr 2018
Bu yil bahordagi yig‘ilishda fermerlarga achchiq qalampir ekish topshirildi.  Bunga O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 yanvardagi qarori ijrosini ta'minlash asos qilib ko‘rsatildi. ...
21 fevral 2020
Karamzin degan rus yozuvchidan «Rossiya amaldorlari nima qilyapti?» deb so‘rashsa, «O‘g‘irlayapti», degandi. Mendan o‘zbek amaldorlari nima qilyapti, deb so‘rasangiz, “o‘g‘irlayapti ...
30 iyun 2016
Shanxay hamkorlik tashkilotining sammiti davrida tahlillar, qarashlar borasida sukut saqlab, go‘ng bo‘lib o‘tirgan O‘zbekiston matbuoti nihoyat turli arboblaru sharhlovchilarning ...
13 oktyabr 2024
Salom qadrli muxlislar, nihoyat Eltuz portaliga yog‘ilayotgan xatlarni o‘qish navbati yetib keldi. Bugungi murojaatlar O‘zbekistonning Surxondaryo va Toshkent viloyatlaridan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...