Paxtaning narxini kim biladi?
Agarda, muxokama qilgan bo‘lsa, nima uchun bu haqida ommaviy axborot agntlarida biror marta hamxabar qilinmagan?
Bugungi kunda, yurtimizda SSSR davridagi umum paxta siyosatini o‘zgarganmi? Ming afsuski, bugungi kunlarda ham, paxta yakkahokimligini saqlab qolish istagi majburiy mehnatning Sovet davridagidan ham yomonroq ko‘rinish olishiga aylangan.
Shu kecha-kunduzda hukumat amaldorlari, viloyat hokimlaridan tortib, maktab-kollej direktorigacha – rasmiy mas'ullarning asosiy vazifasi paxta yig‘im-terimiga imkoni boricha ko‘p sondagi odamni safarbar qilishmoqda.
Bizga kelayotgan habarlardan, hozirgi kunda barcha barchani, paxta yihim terimiga majburiy safarbarlik qilishmoqda. Bu yo‘sinda, paxta yig‘im terimiga bormaslik uchun pul yig‘ish hollari ham keng yo‘lga qo‘yilgan.
Paxta yig‘im terimiga bormaslik uchun, pul yig‘ish holatlari keng yo‘lga qo‘yilar ekan. Demak, paxta dalalri atrofida ma'murlar orqali qo‘shib yozishlar, ya'ni qalbaki, soxta ko‘rsatkichlar ham ko‘payishiga olib keladi.
Bu esa, o‘z yo‘lida davlat g‘aznasidan, davlat pullarini noqonuniy ravishda o‘zlashtirishni keng yo‘lga qo‘yilganidan dalolat bo‘la oladi.
Xo‘sh, Orol dengizining qurishi, O‘zbekiston tuprog‘ini pestitsidlar bilan zaharlanishi va tuproq unumdorligi pasayishi, insonlari salomatligiga putur yetkazishi, yil-o‘n ikki oy qilingan mehnat evaziga arzimas haq to‘lanishi mavzulari 1986-1991 yillardagi O‘zbek matbuotida keng va batafsil yoritilgan paxta yakkahokimligidan nega mustaqillikdan 24 yil o‘tib ham voz kechilmaydi?
Yurtimiz mustaqilligining dastlabki yillarida, ya'ni 90 yillarda mamlakat qishloq xo‘jaligi va sanoati paxta yetishtirishga moslashtirilgani uchun paxta ekinidan voz kechish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ko‘pchilik yaxshi angladi.
Bu narsani mustaqil O‘zbekiston xukumati ham anglaganiga amin bo‘ldik.Paxta yetishtirish rejasini kamaytirish haqida dastlabki qarorlar o‘z o‘rnini yurtimiz siyosatidan joy oldi.
Yetishtirilayotgan 3 million tonna paxtaning 70-80 foizgachasini O‘zbekistonning o‘zida mato, yoki tayyor mahsulot sifatida qayta ishlashga o‘tilishga qaror qilindi, va ushbu yo‘nalishda, horijlik sarmoyadorlar bilan hamkorlikda Turkiya, Janubiy Koreya paxtani qayta ishlash qo‘shma korxonalari tashkil etildi va bu fabrikalar insonlarni ish bilan ta'minladi ham.
Lekin, bu narsa uzoqqga yetmasdan, 2000 yillardan keyin ko‘p qo‘shma korxonalar faoliyat yurgizilishlari har xil mushkulliklarga duch kela boshladilar, O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov va hukumatning eng yuqori mansabdorlari borib tantanali ochib bergan va faxr-iftixor manbai qilib ko‘z-ko‘z qilingan tolani qayta ishlash korxonalari yopila boshladi, yuzlab, balki minglab insonlar ishsiz qoldilar, ular Rossiyadagi «dangasalar» sonini ko‘paytirishga majbur bo‘ldilar.
1996 yillardan buyon e'lon qilinib kelinayotgan paxta xomashyosining 70 foizgachasini O‘zbekistonning o‘zida qayta ishlashga o‘tish haqidagi bayonotlar Rossiya yoki Bangladeshdagi xomashyo xaridorlari ko‘zi o‘ngida «narxini oshirish» ogohlantirishidan boshqa narsa emasligi yaqqol ayon bo‘lib qoldi. Maqsad, dunyo bozorlarida paxta narxini tushib borishi sababligida, O‘zbekiston paxtasini olivchu haridorlar oldida, paxtaning tan narxini ko‘tarishda ekanligi bilinib qoldi.
O‘zbekisto hukumati paxta xarid narxlarini erkinlashtirish, agrosanoatni diversifikatsiya qilishni o‘rniga, yurtimizning millionlab odamlarini har kuzda dalaga majburan olib chiqadigan bo‘lib qoldi.
Bugungi kunda O‘zbekiston dunyoning oltinchi eng yirik paxta yetishtiruvchisi va paxta eksportchisi bo‘yicha 5 o‘rindadir.
Bugungi kunda bir talay savollar javosiz bo‘lib kelmoqda:
– Chet el shirkati bir tonna tolani necha puldan sotib oladi?
Bu savolga, hattoki o‘sha tolani chigitidan tozalagan paxta tozalash zavodi ham, bu zavodlar tepasidagi «O‘zpaxtasanoatsotish» uyushmasi rahbarlari ham bilmaydilar.
Bu yil ham paxta yig‘im-terimiga chiqish «savob ish» ekani haqidagi chaqiriqlar yangramoqda.
Bu SSSR zamonidagi «paxta milliy boylik» shiorini eslatadi.
Sovet davrida, paxtadan tushgan daromad O‘zbekiston iqtisodiga, dalada ishlagan kolxozchining kolxozi moliyaviy ahvoliga bevosita ta'sir ko‘rsatgan, buni oddiy odamlar o‘z hayotlarida his qilib ko‘rishgan.
Bugungi kundachi? O‘zbekiston parlamenti “mustaqil” bo‘lganidan buyon, bir yillik paxta hosilidan respublika byudjetiga qancha daromad tushgani, bu daromad qaysi ijtimoiy maqsadlarga sarflanishini muhokama qilgani haqida biror marta ham xabar qilinmagan.
Bu esa, O‘zbekistonda paxta yetishtirish yurtimizdagi bir hovuch amaldorning boylik manbaiga aylanganligi haqida gumonlarga olib keladi.
(c) O‘zbekistonda korruptsiyaga qarshi kurash Fondi