O‘zbekistonning ShHTda uchinchi marta raislik qilayotgani mamlakatning muhim o‘rni deya iddao qilinmoqda
«Jahon» axborot agentligining bir qancha mahalliy nashrlarda bosilgan xabarida Shanxay hamkorlik tashkiloti rasmiy saytida «O‘zbekiston iqtisodiyotidagi barqaror o‘sish tamoyili kelajakda ham saqlanib qolishi» haqida yozilgani ma'lum qilindi.
Eng e'tiborlisi, O‘zbekiston 15 yillik yubileyini nishonlayotgan ShHTda uchinchi marta raislik qilayotgani mamlakatning ushbu tuzilmada tutgan muhim o‘rnidan darak berishi ta'kidlangan.
Aslida bu tuzilmada a'zo davlatlarning rotatsiya tartibi asosida raislik qilish tamoyili mavjud. O‘zbekiston ham ushbu tamoyil asosida yubiley yilida raislik qiladi.
Ammo oddiy rotatsiyaning ham O‘zbekistonning yutug‘i e'tirofi sifatida taqdim etilishi sodda o‘quvchini rostdan ham mamlakatimiz ShHTda yetakchi o‘rin tutadi, degan fikrga olib kelishi hech gap emas. Har holda maqola mualliflari aslida shu niyatni ko‘zlagani yaqqol ko‘rinib turibdi.
Eltuz.com