Tutni kesganga jazo bor, chinorni kesgangachi?
«Diyonat» gazetasi tabiatga oqilona munosabatda bo‘lish mavzuidagi maqolasida O‘zbekiston «Qizil kitobi»ga kiritilgan baliqlarga qiron keltirganlarning jinoyati fosh etilgani to‘g‘risida maqola e'lon qildi.
Unda, shuningdek, Namangan viloyatining Mingbuloq tumanilik fermer ruxsatsiz ravishda 87 tup tut daraxtini kesgani uchun ma'muriy javobgarlikka tortilgani ham xabar qilingan.
So‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonda daraxtlarga, ayniqsa, chinorga keng ko‘lamda qiron keltirilayotgani haqida erkin matbuot juda ko‘p bong urmoqda. Lekin bu yuzadan biror shaxs jazoga tortilgani haqida hech gap yo‘q.
Qolaversa, aslida qish mavsumida nafaqat tut, balki mevali daraxtlar ham juda ko‘p miqdorda kesiladi. Buning asosiy sababi esa joylarda tabiiy gaz bilan ta'minlashdagi uzilishlardir. Lekin bu haqda maqolada hech gap aytilmagan.
Eltuz.com