Asosiy mavzular
24 mart 2016

Og‘zim bor deb…

Xalq (to‘g‘rirog‘i, xalqqa mas'ullar) butun xayoli bayram bilan bo‘lib, g‘am-tashvishini unutdi go‘yo.

«Hurriyat» gazetasi ham shu shodiyonlarga qanot bag‘ishlash niyatida bo‘ldi shekilli, «Dildagi gaplar» rukni ostida o‘z mushtariysining qishloq va tumanlardagi o‘zgarishlardan zavqi toshgan paytda kelgan ilhomi natijalarini e'lon qildi.

Xullas, Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanilik mushtariy Buxoroda o‘qigani, tumandosh bir kursdoshining to‘yiga aytuvchilikka tayinlagani, shaharlik do‘stini to‘yga aytganida u shodiyona hovlida o‘tadimi deb so‘ragach, restoranda degan javobni olib, «sizlarda ham restoran bormi», deb kinoya qilganidan yozg‘iradi.

Tayinki, shaharlik do‘st to‘yga kelgach, bu yerdagi «ulkan o‘zgarishlar»ni ko‘rib, uyalib qolgan.

«Men tuman, qishloq deganda ko‘chalari loy, uyida tezak yoqadigan… odamlar yashaydigan joyni tushunardim», degan oldin aytgan gaplari uchun izza bo‘lib qolgan bechora shaharlik do‘st.

Albatta, aslida nafaqat qishloqlar, balki katta-katta ayrim shaharlarda ham ahvol bunday og‘iz ko‘pirtirishlar noo‘rin ekanligini ko‘rsatib tursa-da, gazeta tahririyati rasmiylarga yoqadigan yolg‘onni jon-jon deb o‘z sahifasiga joylashtirgan.

«Hurriyat» muxlisining keyingi yozganlari yanada ensani qotiradi. U xorijga borib kelgan tanishi bilan gaplashgani, tanishi o‘sha mamlakatda bolalarning ko‘pchiligi eski maktablarga borishini, hatto chekka joylarida maktab qulab tushay deb turishini aytganini ta'kidlaydi.

Shunday gaplarni aytgan tanishi: «O‘zbekistondek go‘zal, farovon, tinch mamlakatni hech qaerdan topa olmasligimni tushunib yetdim», deb xulosa qiladi.

Aslida O‘zbekiston matbuotidagi bunday gaplar yangilik emas. Ammo nahotki gazeta tahririyati xalq shunday yolg‘onlarga ishonadi, deb o‘ylaydi? Yoki bu yozuvlar rasmiylarning yolg‘onga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun chop etiladimi?!

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
9 noyabr 2018
Inson baxtli bo‘lishi uchun nima qilishi kerak? Sevgan yorini topishi kerak dersiz? Lekin Farg‘ona viloyati rahbarlari bunday deb o‘ylamaydi. ...
5 noyabr 2018
Bu yilgi paxta terimi mavsumida Farg‘ona viloyatida olingani aytilayotgan, ijtimoiy tarmoqda paydo bo‘lgan fotosuratlarda “Paxtaga qo‘li tekkan odam – ...
13 may 2019
Xorazmlik shoir, 56 yashar Mahmud Rajab uyida tintuv o‘tkazilganidan uch kun o‘tib – 13 may kuni kasalxonaga yotqizildi. «Eltuz» ...
29 oktyabr 2018
«Amerika ovozi» radiosining Istanbul shahrida hibsga olinib sudlangan, Malik Mansur taxallusi ostida ishlaydigan 49 yoshli muxbiri Abdumalik Boboev 29 ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...