chorshanba,
18 dekabr 2024
20 aprel 2018
Avtomobillarning davlat raqamlari O‘zbekistonda tag‘in almashadi
Prezident Mirziyoev 18 aprelda imzolagan qarorga ko‘ra, O‘zbekistonda amaldagi davlat raqamlarini xalqaro namunadagi raqamlarga almashtirishni ko‘zda tutuvchi transport vositalarini hisobga qo‘yish tizimi joriy etiladi.
“Investitsion loyihalarni amalga oshirish va idoraviy axborot tizimlari jadal integratsiyalashuvining tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga ko‘ra, nafaqat ilgarigi davlat raqamlari, balki avtotransport hujjatlari bekor qilinib, barcha tegishli ma'lumotlar avto egalarining ID kartalariga kiritiladi.
PS: Keyinroq IIV rasmiylari ko‘pchilik bu qarorni noto‘g‘ri tushunganini, amaldagi dvlat raqamlari yaqin orada almashtirilmasligini ma'lum qildi.
Eltuz.com