Karimov davrida ezilgan Stalin Yangi O‘zbekistonda yayramoqda
Toshkent shahar IIBB axborot xizmati rahbari Nilufar Isaxonova ko‘chada yuzlab odamlarning Stalinni olqishlab, qichqirishini qonuniy deb baholadi.
Toshkent shahrida 9 may kuni yuzdan ortiq shaxs “Birodarlar qabristoni”da sovet bayrog‘i ostida “Birodarlar qabristoni”da «Stalinga urra» deb yurish qilgan edi.
Voqeani o‘z Telegram kanalida joylagan Nikita Makarenko “Kecha Bratskiydagi (Toshkentdagi “Birodarlar qabristoni”) ushbu karnavalda jiddiylik bilan “O‘rtoq Stalinga, ura!” deb qichqirgan holda O‘zbekiston SSR bayrog‘i ostida yurish qildi. Qodiriy, Fitrat va boshqa minglab yurtdoshlarimizning qotili uchun “ura”mi?”, —deya o‘z e'tiroz bildirdi.
Toshkent shahar IIB zobitlarining kavakka kirib «axmoqni yoqib olgani»ga qaraganda jallod Stalinni ulug‘lashga «dobro» Yangi O‘zbekiston tepasiga o‘rislar ekib qo‘ygan rahbarlar tarafidan berilgan.
Tonirovka masalasida tomog‘ini yirtadigan balogirlar suruvi o‘sha kuni tinchgina boshqa o‘tloqlarda o‘tlab yurdi. @eltuz2022 Toshkentda SSSR bayrog‘ini hilpiratib yurish IShIDning qora bayrog‘ini kӯtarib yurishga teng ekstremistik jinoyat bӯlishi kerak aslida.