«O‘zbek-tojik do‘stligi» arog‘i qadoqlandi
10 aprel kuni ijtimoiy tarmoqda O‘zbekiston va Tojikiston davlat bayroqlari ramzi tushirilgan, tojik tilida «Xalqlar do‘stligi arog‘i» – «Araqi do‘stii xalqxo» degan nom bilan qadoqlangan aroq fotosuratlari tarqaldi.
Ayni paytda tarmoqqa tashlangan aroq surati ikki xalq o‘rtasidagi bahslarga ham sabab bo‘lmoqda.
«Do‘stlik vinosini chiqarishni niyat kilganlar uchun Umar Xayyom ruboiysi:
May ichsang oqilu dono bilan ich,
Yoki bir gul yuzli zebo bilan ich,
Kam-kam ich, oz-oz ich, ham yashirin ich,
Ezma rasvo bo‘lma, hayo bilan ich», deya qadah so‘zi yozadi Nilufar ismli yuzer.
Feysbuk yuzeri Bahrom ruschalab pisanda qiladi: «Murad Damedov, butыlki malo budet, davay yeщyo, smotri skolko kommentarii».
«Alkasho hamai chida povod yofta araq mexo‘ran», deya gap qaytaradi unga javoban Payravi Peshvoi Millat ismli yuzer.
«Bu narsa evaziga qurilgan do‘stlik yaxshilikka emas! Bu aniq», deya yozadi Baxtiyor Ochilov.
Spirtli ichimlik shinavandalaridan birining «Eltuz»ga bildirishicha «Araqi do‘sti xalqxo» sal ilgari tarqalib ommabop bo‘lgan SNB nomi bilan qadoqlangan aroqning ayni o‘zidir.
Eltuz.com